SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1.O’qitishning og’zaki metodlari qanday talablarga javob berishi lozim?
2. Og’zaki bayon usullari to’g’ri qo’llanilganda u o’quvchilarda qanday
xususiyatlarni rivojlantiradi?
3.Og’zaki bayon usullarini yutuqlari haqida gapirib bering.
4.Og’zaki bayon usullarining kamchiliklari nimalardan iborat?
5.Og’zaki bayon metodlari qanday xollarda qo’llaniladi?
6.Tushuntirish metodi qanday turlarga bo’linadi?
7. Tushuntirish metodi qanday xollarda o’rganiladi?
8.Tushuntirish metodi qanday shaklda olib boriladi?
9.Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kurslarida qaysi mavzularni tushuntirish
metodi yordamida o’rganish mumkin?
10.Hikoya metodi deb nimaga aytiladi?
11.Hikoya metodi qanday talablarga javob berishi zarur?
12.Suhbat metodining mohiyati nima?
13. Katexezik suhbatda qanday savollar beriladi?
14.Evristik suhbatda savollar qanday tuziladi?
15. Katexezik va Evristik suhbatni orasida farqlar xaqida gapirib bering va
ularga misollar keltiring.
16.Yangi o’quv materialini o’rganishda qanday suhbat metodlari qo’llaniladi?
17.Didaktik jihatdan suhbat necha turga bo’linadi?
18.Kirish suhbatining vazifasi nimadan iborat?
19.Suxbat davomida beriladigan savollar qanday talablarga javob berishi
lozim?
20.O’qib berish metodi qanday hollarda qo’llaniladi?
21.Geografiya darslarida nimalarni o’qib berish mumkin?
22. Ma’ruza metodi qaysi sinflarda dars berishda qo’llaniladi?
6-BOB. KUZATISH VA TAJRIBA METODI Tabiatda va ishlab chiqarish jarayonida bevosita olib boriladigan
kuzatishlar bilim olishning muhim manbalaridan biri hisoblanadi.
Geografik bilimlarni berishning yana bir shakli bu tajriba metodidir.
Bunda o’quvchilar tabiatda kuzatib bo’lmaydigan voqea va hodisalarni
labaratoriya yoki sinf sharoitida tajriba yordamida ko’rishadi va
o’rganishadi.
Ko’zatish deganda tabiiy sharoitda geografik borliq, voqea va
hodisalarni ma’lum bir maqsadli yo’nalishlarda o’quvchilar tomonidan
qabul qilishi tushiniladi.
Tajriba deganda geografik voqea va hodisalarni sodir bo’lishini suniy
sharoitda amalga oshirish va o’rganish tushuniladi.
Kuzatish metodini ko’proq maktab hovlisida, o’quv sayohatlari
jarayonida o’tkaziladi. Tajriba metodi geografiya ta’limida juda kam
qo’llaniladi. Bu geografiya kabenetlarida tegishli asbob-uskunalarning
yo’qligi, geografiya o’kituvchilarining tajribasizligi va uni ximiya, fizika
o’qituvchilari bilan yaxshi aloqada emasligi tufayli sodir bo’ladi.