Ma’ruza o’quvchilarni qiziqishini oshirish uchun va uni o’zlashtirishni
osonlashtirish uchun quyidagilarga amal qilish lozim:
-ma’ruzani rejasini e’lon qilish yoki sinf taxtasiga yozib qo’yish;
-ma’ruza davomida turli xil mavzuga oid ko’rgazmali vositalardan
foydalanish (kartalar, jadvallar, chizmalaar, rasmlar);
-ma’ruzani eng muxim joylarini baland ovozda, alohida urg’u berib
o’qish;
- o’quvchilarni ma’ruzani yozib olishga o’rgatish;
-ma’ruzani o’qish davomida faqat ko’rgazma vositalardangina emas,
balki sinf taxtasidan ham turli xil xomaki kartalar va chizmalar chizishda
keng foydalanish;
-ma’ruza davomida uchraydigan barcha geografik nomlar nomi sinf
taxtasiga yozilishi lozim. Bunday sharoitda o’quvchilar geografik nomlarni
yozishda va talaffuz qilishda xatoga yo’l qo’yishmaydi;
-o’quvchilarni faolligini oshirish maqsadida o’kituvchi vaqti-vaqti
bilan sinfga savol bilan murojat qilishi va ma’lum bir vaqtdan so’ng unga
o’zi javob berishi darkor:
-ma’ruzani so’ngida o’qituvchi o’quvchilarning savollariga javob
beradi.
Mazkur talablardan tashqari ma’ruza mazmunani bir butun bo’limni,
ma’ruza qamrab olgan masalalar tugal bo’lishi, ilmiy jihatdan mukammal
va ko’rgazmali bo’lishi lozim.
Ma’ruza yuqori sinflarda 30-40 minutga mo’jallanadi. Ma’ruza boshqa
metodlar bilan bilan birga olib boriladi. Mazkur darslarda mustaqil
ishlarga vaqt qolmaydi, o’quvchilar asosan nazariy bilimlar olishadi va
keyingi darslarda olib boriladigan mustaqil ishlar uchun zamin yaratiladi.
Savollar ma’ruzani oxirida berilgani maqul.
Dostları ilə paylaş: