Vaxobov h, mirzamahmudov o. T


 Geografiya darslarida o’tkaziladigan tajribalarga qo’yiladigan



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/145
tarix14.12.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#177488
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   145
УКУВ КУЛЛАНМА география методика

6.2.4. Geografiya darslarida o’tkaziladigan tajribalarga qo’yiladigan 
talablar. 
O’tkaziladigan tajriba ko’zlangan maqsadga erishish va unda 
beriladigan bilimlarni o’quvchilar yaxshi o’zlashtirishlari uchun tajriba 
quyidagi talablarga javob berishi lozim (Gerasimova, Korinskaya) 


1.O’qituvchi dars rejasini tuzayotganida qanday masalalarni tajriba 
yordamida tushuntirishni oldindan belgilashi zarur. Tajriba o’rganilayot-
gan mavzu bilan bevosita bog’langan bo’lmog’i lozim. 
2.Tajribani boshlashdan avval o’quvchilarni tajriba mavzusi, uning
axamiyati va tajriba o’tkazishni asosiy bosqichlari bilan tanishtirish lozim. 
Masalan, o’qituvchi shag’al va gilni suv o’tkazuvchanligini o’rganish 
bo’yicha tajriba o’tkazishdan oldin o’quvchilar mazkur tajriba orqali 
nimalarni bilib olishlarini aytib berish lozim. Mazkur bilimlar buloqlarni 
artezian va oddiy quduqlarni o’rganishda zarur bo’lishini takidlashi lozim. 
3.O’quvchilarni faolligini oshirish va o’tkazilayotgan tajribani mo-
hiyatini tushunayotganini tekshirish maqsadida sinfga savol bilan murojat 
qilish va har bir o’quvchini kuzatib turish lozim. 
4.Tajriba davomida o’qituvchi o’quvchilarda kuzatilayotgan xodisa 
xaqida mustaqil fikrlash qobiliyatini uyg’otish zarur va tajribani oxirida 
ular mustaqil xulosalar qilishlari lozim. Masalan, quruqlik va suvlikni 
isishi va sovushini tajribada o’rganish davomida o’quvchilar quruqlik 
okeanlarga nisbatan tez isib va tez sovishi xaqida va buni oqibatida turli 
iqlim va tuproqlarini shakillanishi xaqida bilimlarga ega bo’lishadi. 
5.Tajriba davomida rasmlar, jadvallar, chizmalar va ko’rgazma 
qurollarni ham ko’rsatib borishi lozim. 
6.Tajriba o’tkazish uzoq davom etmasligi lozim. O’ta murakkab 
tajribalar bir soatdan ortiq davom etmasligi lozim. 
7.Tajriba o’tkazilishga o’quvchilar puxta tayyorlanishi lozim. 
8.Tajriba o’tkazilayotganda priborlarni shunday joylashtirish kerakki 
ularni o’quvchilarni hammasi ko’rib tursin. 
Maktab geografiya maydonchasida quyidagi tajribalarni o’tkazish 
mumkin: suvni yemirish ishi; yer yuzasini yonbag’rini qiyaligi va nima 
bilan qoplanganini bog’liq holda turlicha isishi. 
Suv va quruqlik yuzasini havoni isishiga ta’sirini o’rganish uchun 
quruqlik va suv havzasi yuzasida harorat turli vaqtda o’rganiladi va tahlil
qilinadi. 
Relefni haroratga ta’sirini o’rganish uchun havo xarorati tekislik va 
tog’ yonbag’rida o’rganiladi. Olingan ma’lumotlarni tahlil qilish asosida 
tekislik va yonbag’rini turlicha isishi haqida o’quvchilar bilimlarga ega 
bo’lishadi. Ya’ni o’quvchilar tajriba asosida yonbag’irlarni shimoliy va 
janubiy qismlarida o’simliklar xillarini turlichaligini tushunib olishadi. 


Gruntlarni turi, mexanik tarkibi, rangi, o’simlik bilan qoplanganlik 
darajasi, namligini yer yuzasini isishiga ta’sirini saqlash uchun quyidagi 
tajriba o’tkaziladi: 
-chuqurligi0,5 m, kengligi 0,5 m, uzunligi 1 m bo’lgan bir necha 
chuqur qaziladi; 
-mazkur chuqurlar turli xil tog’ jinslari va tuproqlar bilan to’ldiriladi; 
-ma’lum vaqt o’tgandan so’ng ularni harorati o’lchanadi; 
-turli vaqtlarda turli tog’ jinslari va tuproqlar haroratining qiymatlari 
tahlil qilinadi va tog’ jinslaring turlari mexanik tarkibi hamda namlik 
darajasi haroratga qanday ta’sir etishi aniqlanadi. 
Geografiya maydonida yoki ochiq joyda o’quvchilar tomonidan 
tuproqlarni va tog’ jinslarini haroratini mustaqil o’rganilishi geografiya 
ta’limini hayot bilan bog’liqligini mustahkamlaydi. 

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin