Vaxobov h, mirzamahmudov o. T


Gidrosfera mavzusini o’rganishda tajriba metodidan foydalanish



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/145
tarix14.12.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#177488
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   145
УКУВ КУЛЛАНМА география методика

6.2.2.Gidrosfera mavzusini o’rganishda tajriba metodidan foydalanish. 
Gidrosfera mavzusini o’rganish jarayonida quyidagi tajribalarni 
o’tkazish mumkin: 
-suvni isiganda kengayib, soviganda torayishi; 
-tog’ jinslarining o’zidan suvni turlicha o’tkazishni; 
-suvning tushish burchagiga qarab tog’ jinslarini yuvilishi va jarlarni 
xosil bo’lishi; 
-sharsharani vujudga kelishini. 
Suvni isiganda kengayishi, soviganda torayishini quyidagi tajribada 
ko’rish mumkin (O.Mo’minov, 1986): 
-kolbaga suv quyiladi va suvga bir necha tomchi siyoh tomizib rangli 
qilinadi; 


-suvning kolbadagi satxi (kolbaning tor og’zi)ga ip boylab belgilanadi 
va kolbaning og’zi o’rtasidan shisha naycha o’kazilgan qopqoq bilan 
yaxshilab berkitiladi; 
-kolbadagi suvni spirt lampasi yordamida qizdiriladi. Shunda suv ip 
bilan belgilab qo’yilgan sathdan yuqori ko’tarilib, shisha naycha ichiga 
kiradi. 
Turli tog’ jinslarini suvni turlicha o’tkazishini quyidagi tajribada 
ko’rsatish mumkin: 
-ikkita shisha voronka shtativga o’rnatiladi va ularning pastki teshigi 
paxta bilan berkitiladi; 
-birinchi kolbaga yarim stakan gil (tuproq), ikkinchisiga yarim stakan 
qum solinadi; 
-voronkalardagi gil va qum ustiga yarim stakan suv quyiladi; 
-tajribada suv qumdan tez o’tishi va gildan juda sekin o’tishi 
aniqlanadi. 
-suv quyilishi va uni qum yoki tuproqdan o’tishi vaqtini belgilab yer 
osti suvlari tezligini ham aniqlash mumkin. 
Bundan tashqari turli tog’ jinslarini suvda eruvchanligini ham 
o’rganish mumkin. Buning uchun tslindrga suv quyiladi va unga 
o’rganilayotgan tog’ jinslarining bir bo’lagi solinadi va uning to’la erish 
vaqti kuzatiladi. Eriydi tog’ jinslariga turli xil tuzlar, tuproqlar va 
qumtoshlar kiradi. 
Mazkur tajribalar asosida o’quvchilar turli tog’ jinslarini turlicha suv 
o’tkazishi va yer osti suvlarini xarakati xaqida bilimlarga ega bo’lishadi. 

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin