Cho’kindi jinslarni xosil bo’lishini tajribada quyidagicha ko’rsatish
mumkin. buning uchun 1l shisha bankaga yarim litr suv quyiladi. Unga
qum va gil solinadi va so’ngra banka silkitiladi. Silkish jarayonida qum va
gil suv bilan aralashadi va loyqa hosil bo’ladi. Shundan so’ng banka stol
ustiga qo’yilib tindiriladi. Tindirish jarayonini o’quvchilar kuzatib
turishlari lozim. Tindirish jarayonida banka tubiga avval og’irroq jins yani
qum tusha boshlaydi va qum qatlami xosil bo’ladi so’ngra yengilroq gil
qatlami cho’ka boshlaydi hamda qum qatlamini tepasida gil(loyqa) qatlami
xosil bo’ladi, uni tepasida suv qatlami joylashadi.
Tajribadan so’ng o’qituvchi sinfga quyidagi savollar bilan murojat
qiladi:
-qaysi tog’ jinslari oldinroq cho’kdi;
-qaysi tog’ jinslari keyinroq cho’kdi;
-nima uchun idish tubida hosil bo’lgan jinsni cho’kindi tog’ jinsi deb
ataladi;
-cho’kindi tog’ jinslarini qanday belgilarga qarab aniqlash mumkin;
Tog’ tizmalarini yoki burmalarni xosil bo’lishini ko’rsatish uchun 20-30
dona qog’oz varag’i yoki o’quvchilarni daftarlaridan foydalanish mumkin.
buning uchun qog’ozlar qatlami yoki sinf daftari stol ustiga gorizantal
xolatda qo’yiladi. So’ngra ikki tomonidan siqiladi, natijada tog’ tizmasi va
tizmalar orasidagi vodiy (botiq) xosil bo’ladi. Vertikal qatlami esa
burmalarni vujudga kelishini ifodalaydi. Bundan tashqari graben va
gorstlerni xosil bo’lishini plastilindan foydalanib o’quvchilarga ko’rsatilsa
ham bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: