Kartalar miqyosiga qarab quyidagi turlarga bo’linadi:
- tarxlar, miqyos 1:5000 va undan katta;
- yirik miqyosli kartalar 1: 1 0000 dan 1:200000 cha;
- o’rta miqyosli kartalar 1: 200000 dan 1:1000000 cha;
- mayda miqyosli kartalar 1: 1000000 dan kichik
Kartalar ularda tasvirlanadigan maydonning ko’lamiga qarab
quyidagi turlarga bo’linadi:
- yulduzlar kartasi;
- sayyoralar va Yer kartasi;
- yarim sharlar kartasi;
- quruqlik va okeanlar kartalari;
- tabiiy geografik o’lkalar kartalari;
- mamlakatlar haritalari;
- ma’muriy birliklar kartalari;
- maxsus hududlar haritalari (qo’riqxona, sayohatbon joylar);
- shaharlar va aholi punktlari kartalari ;
- shahar va viloyat tumanlari kartalari;
Mazmuniga ko’ra kartalar
.- umumgeografik va mavzuli kartalarga
bo’linadi. Umumgeografik kartalar o’z navbatida yana
a) topografik ( 1: 100000 va undan katta);
b) umumtopografik (1: 200000 dan 1: 1000000 cha)
v) umumtasavvur (obzor) kartalarga bo’linadi (miqyosi 1:1000000
kichik).
Mavzuli kartalar tabiiy va iqtisodiy (iqlim, tuproq, o’simlik, qishloq
xo’jalik, sa’noat va x. k.) kartalarga bo’linadi:
Vazifasiga ko’ra kartalar quyidagi turlarga bo’linadi:
a)ilmiy kartalar;
b)madaniy va tashviqot kartalari;
v) texnik kartalar (kosmik, havo, dengiz, yo’l va muxandislik
kartalari);
g)o’quv kartalari;
d)sayohat kartalari;
Tuzilishiga ko’ra kartalar 3 turga bo’linadi:
a)tasviriy kartalar alohida voqea va xodisalarni tasvirlaydi. Masalan
havo xarorati, yog’inlar va bosim kartalari;
b)jamlama kartalar ma’lum bir hodisaning hamma o’lchamlari birga
tasvirlanadi. Masalan, bitta kartada shamol va bosimni tasvirlash mumkin:
v)yakuniy kartalar bir biri bilan o’zaro bog’langan hodisalar bir butun
holda tasvirlanadi (iqlim mintaqalari kartasi).
|