Andozalarlar (proektsiyalar) - bu Yer yuzasining kartada tasvirlash
usulidir. Yer dumaloq bo’lganligi tufayli uni tekislikda tasvirlanayotganda
ma’lum bir xatoliklarga yo’l qo’yiladi. Bunday xotaliklarga asosan
maydonni, uzunlikni va burchaklarni tasvirlayotganda yo’l qo’yiladi.
Shuning uchun turli hil (teng burchakli, teng maydonli, teng masofali va
aralash andozalar) qo’llaniladi.
Shartli belgilar – voqea va hodisalarning ma’lum bir belgilar
yordamida kartada tasvirlanishidir. Miqyosli shartli belgilar yordamida
voqea va hodisalar haqiqiy o’lchamlari bilan tasvirlanadi. Miqyosziz
shartli belgilar bilan, kartalarning miqyosida ko’rsatib bo’lmaydigan voqea
va hodisalar tasvirlanadi (TETS, kon, aholi yashaydigan joylar). Chiziqli
shartli belgilar bilan daryo oqimining yo’nalishi, o’rmondagi daraxtlarning
turlari ko’rsatiladi. Bundan tashqari yozuvli, harfli, sonli shartli belgilar
ham bo’ladi.
Kartada voqea va hodisalar quydagi usullar bilan tasvirlanadi:
- belgilar usuli – miqyosda tasvirlab bo’lmaydigan narsalar, voqea va
hodisalar tasvirlanadi;
- chiziqli usuli – asosan uzunlik bo’yicha joylashgan daryo, yo’l va
chegaralar tasvirlanadi:
- rang berish usuli – voqea va hodisalarni maydon bo’yicha
tarqalishini tasvirlashda qo’llanadi (o’simlik, tuproq, iqlim kartalari);
- teng qiymatli chiziqlar usuli – bir xil qiymatga ega bo’lgan voqea va
hodisalar tasvirlanadi (harorat, balandlik, aholi zichligi);
- bog’langan diagrammalar usuli – ma’lum bir joydagi meteorologik
stantsiyada haroratni mavsumiy o’zgarishini, yog’in va shamollarni
taqsimlanishini tasvirlashda qo’llaniladi;
- chegara usuli – bir xil voqea va hodisalarni tasvirlashda qo’llanadi,
foydali qazilmalar, hayvonlar va qishloq xo’jaligi kartalari.
- nuqta usuli – narsalarni, voqea va hodisalarni tarqoq holda miqdorini
beradi. Masalan bitta nuqta 200 bosh sigir;
- harakat belgilari usuli – voqea va hodisalarni harakat yo’nalishini
ko’rsatadi ( daryo oqimi, shamol va oqim yo’nalishi, yuk tashish yo’llari).