Vaxobov h, mirzamahmudov o. T


Kartografik tasavvurlarni shakllantirish texnologiyasi



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/145
tarix14.12.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#177488
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   145
УКУВ КУЛЛАНМА география методика

 
7.7.Kartografik tasavvurlarni shakllantirish texnologiyasi. 
Kartografik 
tasavvurlarni 
shakillantirish 
geografik 
bilimlarni 
o’zlashtirishda katta axamiyatga ega. Kartografik tasavvurlar quyidagi 
usullar yordamida shakllantiriladi: geografik borliq, voqea va xodisalarni 


kartada ko’rsatish; geografik voqea va xodisalarni nomlarini yozish; 
geografik borliq, voqea va xodisalar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish; 
didaktik materiallardan foydalinish; geografik diktantlar tayyorlash; turli 
xil karta chizmalarini chizish; chiziqli kartalar bilan ishlash; globus va turli 
xil kartalar bilan ishlash. 
Geografik tasavvurlarni shakillantirshdan maqsad o’quvchilar 
tomonidan geografik ob’ektlar va ularni nomlarini hamda joylarini 
mustahkam o’zlashtirishdir. 
Kartografik tasavvurlarni shakillantirish texnologiyasi quyidagi 
bosqichlardan iborat: 
1. Kartalar xaqida tasavvur hosil qilish; 
Dunyo kartasi , yarimsharlar kartasi, materiklar va okeanlar kartasi, 
tabiiy geografik o’lkalar va jaxondagi davlatlar kartalari. Kartalar geografik 
borliq, voqea va xodisalarni kichraytirilgan tasviri ekanligi haqida 
tasavvurlarni shakillantirish. 
2. Kartalarning masshtablari haqida tasavvurlarni shakillantirish. 
Masshtab bilan ishlash yo’llarini tushuntirish. Kartalarni masshtabiga ko’ra 
yirik, o’rta va mayda masshtabli kartalarga bo’linishi haqida tasavvurlarni 
shakillantirish. Kartalar masshtabi qancha mayda bo’lsa undagi borliq, 
voqea va xodisalar shuncha kichraytirib tasvirlanishi haqida tasavvurlarni 
shakllantirish. 
3.Geografik kartalarning shartli belgilari haqida tasavvurlarni 
shakillantirish. Shartli belgilarning turlari va ularni o’qish va ulardan 
foydalanish texnologiyasini shakillantirish. Shartli belgilar asosida turli xil 
kartalarni o’qish, o’lchash ishlari olib borish, ko’nikmalarni shakillantirish. 
4.Geografik kartalarning matematik asosi (ekvator, meridian, parallel, 
daraja to’ri, geografik kenglik va uzunlik, geografik kordinatalar) va 
ulardan foydalanish texnologiyasini hosil qilish; 
5.Geografik nomenklaturani o’qitish va aniqlash texnologiyasidan 
foydalanish ko’nikmasini shakillantirish. Geografik nomenklaturani va 
geografik ob’ektlarni Yer yuzasida joylashishini bilmasdan o’quvchilar 
karta bilan ishlay olishmaydi va o’qituvchi dars jarayonida berilgan 
bilimlarni o’zlashtira olmaydi. Kartografik tasavvurlar tabiiy va iqtisodiy-
ijtimoiy geografiyaning asoslarini o’zlashtirishda va har bir insonni amaliy 
faoliyatida katta axamiyatga ega. Kartografik tasavvurlarni shakillantirish 
geografik ma’lumotlarni o’rganish davomida amalga oshadi. Bunda 
o’qituvchi o’quvchilarning xotirasini turli xil turlariga suyansa (eshitish, 
ko’rish, xarakat, so’z, mantiq) katta natija beradi. 


Geografik 
nomenklaturani 
o’rganishda 
fazoviy 
tasavvurlarni 
shakillantirish muxim o’rin tutadi. Geografik nomenklaturani o’rganishni 
ikkita muxim guruhga ajratishimiz mumkin: tabiiy geografik, iqtisodiy-
ijtimoiy geografik. Tabiiy geografik nomenklaturaga tog’lar, tekisliklar
daryolar, ko’llar, okeanlar, dengizlar, qo’ltiqlar, bo’g’izlar, okean osti tog’ 
tizmalari, cho’kmalar, vulkanlar, botqoqlar, tabiat zonalari, iqlim 
mintaqalari, muzliklar, materiklar, qit’alar, o’lkalar nomlari kiradi. 
Iqtisodiy geografik nomenklaturaga davlatlar, shaharlar, portlar, harbiy 
bloklar, sanoat rayonlari, foydali qazilma konlari, ko’mir, neft, gaz 
havzalari nomlari kiradi. 
6.Kartografik tasavvurlarni shakillantirishda geografik yozma 
(diktant) ishlar muxim o’rin tutadi. Bunda o’qituchi bergan ma’lumotlar 
asosida geografik yozma ishlar tuzish kartalar yordamida turli xil 
chizmalar yoki karta- chizmalar chizish katta axamiyatga ega. Dars 
davomida o’qituvchi so’zlagan geografik voqea va xodisalarni (tog’lar, 
daryolar, shaharlar) chiziqli kartaga tushirib borish va x. k. 

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin