Vaxobov h, mirzamahmudov o. T


 Globus bilan ishlash texnologiyasi



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/145
tarix14.12.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#177488
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   145
УКУВ КУЛЛАНМА география методика

7.6. Globus bilan ishlash texnologiyasi. 
Globus Yerning kichraytirilgan modeli bo’lganligi uchun unda 
geografik kartalarda uchraydigan xatoliklar bo’lmaydi. U teng masshtabli, 
tengburchakli va teng maydonli bo’lgani uchun unda tasvirlangan 
geografik borliq, voqea va xodisalar to’g’ri va aniqligi bilan ajralib turadi. 
Shuning uchun globuslar umum ta’lim, o’rta va oliy ta’limning deyarli 
barcha predmetlarini o’rganishda albatta qo’llaniladi. 
Globus yordamida o’quvchilar ongida jaxondagi yirik hududlarning 
tasviri o’lchamlari va maydoni haqida to’la va aniq tasavvurlar 


shakllanadi. Faqat globusdagina daraja to’ri xech qanday xatoliklarsiz 
tasvirlanadi, paralellar va meridianlar orasidagi masofa joydagi masofaga 
mos keladi. 
Globusdan tabiiy geografiya, iqtisodiy geografik hamda amaliy 
geografiya kurslari darslarini o’tkazishda keng foydalaniladi. 
Tabiiy geografiya darslarida quyidagi mavzularni o’rganishda 
globusdan foydalanish mumkin: 
-Erning shakli va o’lchamlari; 
-daraja to’ri. Qutblar, ekvator, meridianlar, paralellar, geografik 
kengliklar va uzunlik; 
-Erning o’z o’qi atrofida va quyosh atrofida aylanishi va uning 
oqibatlari; 
-eng muhim ekspeditsiyalar, sayohatlar yo’nalishi. 
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya darslarida quyidagi mavzularni globus 
yordamida o’tish mumkin: 
-jaxon siyosiy kartasi; 
-qit’alar va alohida mintaqalar kartasi; 
- mamlakat maydonlarini, chegaralar uzunligini aniqlash; 
-quruqlikda va suvda yo’llarni yo’nalishi va uzunligini aniqlash. 
Globusdan tabiiy geografiya kurslarida ko’proq foydalaniladi. 
Erning shakli va o’lchamlarini tabiiy geografik globuslarda o’rganish 
mumkin. Bunda Yerning dumaloqligi va uning og’irligi oson tushintiriladi. 
Yerning maydoni, aylanasining uzunligi globus masshtabidan foydalanib 
aniqlanadi. Masalan globusning masshtabi 1:40 000 000 bo’lsa globusdagi
1 sm oraliq Yer yuzasidagi 400 km ga teng ekanligi o’quvchilarga 
tushuntiriladi. Shundan so’ng globusning ekvator bo’yicha uzunligi 
santimetrlarda yoki santimetrlarga bo’lingan matoli metr bilan aniqlanadi. 
Santemetrda o’lchangan globusning aylanasining uzunligi globus 
masshtabiga ko’paytiriladi. Masalan, globus aylanasining uzunligi 100 sm 
bo’lsa unda globus aylanasining (ekvatorning) uzunligi 100sm x 400 = 40 
000 km. Huddi shu taxlitda sinf o’quvchilarining yarmi ekvatordan 
shimoldagi, yarmi ekvatordan janubdagi paralellarni uzunligini aniqlashi 
mumkin. Bunda ular ekvatordan shimol va janub tomon paralellarni 
uzunligini kamayib borishini va qutblarda ular eng qisqa ekanligini bilib 
olishadi. 
Daraja to’ri, paralellar, geografik uzunlik va kenglik tushunchalarini 
shakillantirishda xam globus katta axamiyatga ega bo’ladi. Bunda xar bir 


tushuncha masalan, ekvator, qutblar, meridian va paralellar bevosita 
globusda ko’rsatilib tushuncha xosil qilinadi. Masalan, Yer sharini teng 
ikkiga bo’lib turadigan, uni o’rtasidan o’tkazilgan chiziqqa ekvator deb 
ataladi deb o’qituvchi globusdan ekvatorni joylashishini ko’rsatadi va 
undan shimoliy va janubiy qutblargacha so’ng meridian, parallel, geog-
rafik koordinatalar tushunchalari xosil qilinadi va tegishli mashqlar 
o’tkaziladi. 
Erni o’z o’qi atrofida va Quyosh atrofida aylanishini ko’rsatish uchun 
globus va lampadan foydalaniladi. Bunda globus lampa atrofida 
aylantiriladi va yoritish mintaqalarini xosil bo’lishi tushuntiriladi. Globusni 
o’z o’qi atrofida aylantirib tong, tush, kech va qorong’u tushunchalarini 
ko’rsatish mumkin. Mazkur ishlar kecha va kunduzni, fasllar hosil 
bo’lishini tushuntirishga imkon beradi. 
Mazkur tajribalar yordamida Quyosh nurlarini Yer yuzining turli 
joylarida turlicha burchaklarda tushishini, ya’ni ekvator atroflariga tik, 
qublarga borgan sari tushish burchagi kamayib borishini va buning 
oqibatida Yer yuzasining turli joylari turli miqdorda issiqlik olishini hamda 
qutblarda yarim yil to’xtovsiz Quyoshni botmasligi yoki chiqmasligini 
tushuntirish mumkin. 
Tabiiy geografik globuslarda eng muxim ekspeditsiya va sayohatlar 
yo’nalishini ham tushirilgan. Mazkur ma’lumotlardan materiklar va 
okeanlar geografiyasini o’rganishda foydalanish mumkin. Masalan, 
Amireka qit’asini kashf qilinishi va tekshirilish tarixini o’rganish davomida 
X. Kolumb ekspeditsiyasi yo’nalishlarini aniq va to’la tushintirish mumkin. 
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya darslarida globuslar ko’proq jahon 
siyosiy kartasini o’rganishda davlatlarni joylashishi va maydonini 
aniqlashda, dengiz va quruqlikdagi yo’llarni yo’nalishi va uzunligini 
aniqlashda, yirik iqtisodiy va siyosiy ahamiyatga ega bo’lgan portlarni 
aniqlashda ishlatiladi. 
Bundan tashqari globuslar alohida materiklar, qit’alar, mintaqalar 
siyosiy kartasini va ularda davlatlarni joylashishini va ularni o’ziga xos 
xususiyatlarini o’rganishda ham ishlatiladi. 

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin