Vaxobov h, mirzamahmudov o. T



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/145
tarix14.12.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#177488
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   145
УКУВ КУЛЛАНМА география методика

 
8.2.Muammoli bayon metodi. 
O’qituvchi tomonidan muammoni quyilishi va uni yechish yo’llarini 
asoslashga 
muammoli bayon metodi
deb ataladi. Mazkur metod yor-
damida o’qituvchilar tabiiy geografik, iqtisodiy geografik va geoekologik 
muammolarni yechish yo’llari va ularni asoslash usullari haqida 
ko’nikmalarga ega bo’lishadi. 
Mazkur metodni qo’llanganda qo’yidagilarga e’tibor beriladi: 
- o’qituvchi muammoni o’rtaga tashlaydi va uni yechish namunasini 
ko’rsatib beradi, ya’ni mazkur muammoni dars mavzusi bayoni davomida 
o’zi yechib beradi


- o’quvchilar o’qituvchini mazkur muammoni yechish bosqichlarini 
nazorat qilib kuzatib turishadi va dars davomida geografik muammolarni 
yechish ko’nikmalariga ega bo’lishadi. 
Ma’lum bir muammoni yechish davomida o’qituvchi uni yechish 
yo’llarini ko’rsatib beradi, muammoni yechish davomida fikrlar qarama-
qarshiligini vujudga kelishiga, fikrlarni rivojlanish xususiyatlariga 
o’quvchilar fikrlarni jalb qiladi. 
Muammoni yechilishini bayoni davomida o’qituvchi ilmiy bilish va 
ilmiy fikrlash na’munasini ko’rsatadi. O’quvchilar esa muammoni 
yechilish bosqichlarini, uni ilmiy asoslanganlik darajasini, fikrlarni 
rivojlanishini kuzatib va nazorat qilib turishdi. 
Tabiiy geografiya darslarida quyidagi muamolarni o’rtaga tashlab uni 
yechish na’munasini ko’rsatishi mumkin: 
-Orol va Orol atrofi muammosi, bunda o’qituvchi Orol dengizini 
qurishi sabablarini va uni oqibatlarini hamda Orol muammosini yechish 
yo’llarini ilmiy asoslab berishi lozim; 
-atmosferani ifloslanishi va u bilan bog’liq ravishda Yer yuzasida 
o’rtacha xaroratni muntazam ortib borishi va uning oqibatlarini ochib 
berishi lozim; 
-o’rmonlarni kesilishi va u bilan bog’liq ravishda tabiiy sharoitni 
o’zgarishini asoslab berishi lozim; 
-O’zbekiston relefini o’tganda o’qituvchi qo’yidagi muammolarni 
o’rtaga tashlab uni yechib berish na’munasini ko’rsatish mumkin. 
«O’zbekiston relefi ichki va tashqi kuchlarning o’zaro ta’siri xosilasidir». 
Bunda ichki va tashqi kuchlarning o’zaro ta’sirida qanday relef shakillari 
hosil bo’lishini va tashqi kuchlar ta’sirida ular qanday o’zgarishi dars 
bayonida ochib beriladi; 
-O’zbekiston tabiat mintaqalari mavzusini o’tishda qo’yidagi 
muammoni o’rtaga tashlab uni yechish yo’llarini ko’rsatib berish mumkin. 
O’zbekiston tabiiy sharoiti g’arbdan sharqqa tomon mutloq balandlikni 
ortishi va iqlimni o’zgarishi tufayli almashinadi. Bunda o’quvchilar 
e’tiborrini balandlik ortgan sari iqlimni sovushi va natijada O’zbekistonda 
cho’l, adir, tog’ va baland tog’ mintaqalari vujudga kelganligi asoslab 
beriladi. 
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya darslarida tabiiy resurslar, aholii 
geografiyasi, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish, transporti va xalqaro 
iqtisodiy aloqalar, iqtisodiy rayonlarning vujudga kelishi, mehnatni 


geografik taqsimoti mavzulari bo’yicha muammoli darslarni tashkil qilish 
mumkin. Iqdisodiy va ijtimoiy geografiya darslarida quyidagi muammo-
larni o’rganish mumkin: 
-har qanday davlaning qudrati uning rivojlanish darajasi va tabiiy 
boyliklariga bog’liq. Davlat yuqori darajada rivojlangan bo’lsa va tabiiy 
boyliklari yetarli bo’lsa u davlatning qudrati yuqori bo’ladi masalan, 
Rossiya, Xitoy, AQSH, Buyuk Britaniya va x.k. Davlatlar yuqori darajada 
rivojlangan bo’lsa ammo tabiiy resurslari kam bo’lib aqliy (insoniy) 
resurslari yuqori darajada bo’lsa ham qudratli bo’lishi mumkin, masalan 
Yaponiya; 
-ishlab chiqarish kuchlarini joylanishini tabiiy sharoit va tabiiy 
resurslar, hamda ishchi kuchlariga bog’ligi; 
- aholi ko’chib yurishini iqtisodiy va siyosiy sharoitga bog’liq ekanligi; 
-sanoatni rivojlanish darajasi ilmiy texnik inqilob natijalaridan 
foydalanish darajasiga bog’liq ekanligi; 
-har qanday davlatni rivojlantirish uning xalqaro ixtisoslashgan 
soxasini rivojlantirishga bog’liqligi va x. k. 
Geografiya darslarida deyarli har qanday mavzuni o’tishda geoeko-
logik muammolarga duch kelinadi. Shuning uchun geografiya fani o’quv-
chilarga va keng xalq ommasiga ekologik ta’lim va tarbiya beradigan 
asosiy fanlardan biri hisoblanadi. 
Geoekologiya bo’yicha muammolarni shakillantirib ularni yechish 
namunasini ko’rsatish mumkin: 
-Orol dengizi butunlay qurib qolsa orol atrofida qanday geografik 
o’zgarishlar sodir bo’ladi. Mazkur muammolarni yechishda o’qituvchi 
avval uning tabiiy geografik oqibatlarini so’ngra iqtisodiy geografik 
oqibatlarini, pirovardida esa geoekologik oqibatlarni ochib berishi darkor. 
Shundan so’ng Orol dengizini qurishini oldini olish chora-tadbirlarini 
asoslab berish lozim; 
-sanoat korxonalarini notug’ri joylashtirish va uning geoekologik 
oqibatlari. Mazkur muammolarga misol qilib Tojikistondagi alyuminiy 
zavodini keltirish mumkin. Mazkur zavodni qurilishi va faoliyati oqibatida 
janubiy O’zbekistonda sodir bo’lgan noxush ekologik jarayonlarning 
sabablari ochib berilishi lozim; 
-sobiq ittifoq davrida O’zbekistonda paxta yakka hokimligini rivojla-
nishi va uning ekologik oqibatlarini o’qituvchi muammoli bayon sifatida 
ochib bermog’i lozim; 


-iqlimni o’zgarishi va uni tabiiy sharoitga ta’siri ham muammoli bayon 
jarayonida ochib berilishi mumkin. 

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin