o’lkashunoslik bo’yicha olib boriladigan ishlarda qo’llaniladi.
Mazkur
vazifalar umum ta’lim maktablarida asosan o’quv sayohatlarida hamda
mustaqil ishlarni bajarish davomida bajariladi. Masalan, o’quv sayohatiga
chiqilganda hududni o’simliklarini o’rganish, xududni xo’jaligini o’rganish
va x.k. Mustaqil ishlar bajarish davomida quyidagi muammolarni yechish
mumkin: Orol muammosini hal qilish yo’llari; Toshkentdan Farg’ona
vodiysiga temir yo’l o’tkazish yo’nalishini aniqlash; O’zbekistonda
suvni
tejash usullarini asoslash; O’zbekistonda shakar ishlab chiqarishni asoslab
berish; O’zbekistonda mashinasoslikni rivojlantirish muammolarini hal
qilish yo’llari va x.k.
Muammoli vazifalarni yechishda faqat tabiat va jamiyat to’g’risida
yangi bilimlarnigina topib qolmasdan mazkur muammoni yechishning
yangi samarali yo’llarini ham qidirish lozim. Bu esa o’quvchilarni
ijodiy
tafakkurini rivojlantirishga, yangi metodlarni o’rganishga va ularda ijodiy
faoliyat ko’nikmalarini shakillantirishga yordam beradi. Izlanuvchan
metodni qo’llaganda o’qituvchining vazifasi muammoli vazifani ishlab
chiqish va ularni o’quvchilar oldiga qo’yishdan iborat. O’quvchilarni
vazifasi esa mazkur muammoni qabul qilish, o’ylab ko’rish va yechishdan
iborat.
Demak reproduktiv, qisman izlanuvchan va izlanuvchanlik
metodlari bevosita mustaqil mashg’ulotlar jarayonida bajariladi. Mustaqil
mashg’ulotlar odatda o’qituvchi topshirig’iga binoan o’qituvchini
ishtirokisiz amalga oshiriladi. Mustaqil ishlarning asosiy belgilari bo’lib
quyidagilar hisoblanadi: og’zaki javob;
yozma ish; chizma ishlari;
kartografik ishlar va x.k.
Mustaqil ishlar uchun vazifalar ikki turga bo’linadi: bir qolipdagi:
muammoli yoki ijodiy.
Bir qolipdagi vazifalar reproduktiv metodga kiradi. Bunda
o’quvchilardan o’xshash o’quv jarayonida bir
qolipdagi savollarga javob
berish talab etiladi.
Ijodiy yoki muammoli vazifalarni yechish qisman izlanuvchan va
izlanuvchan metodlar yordamida amalga oshiriladi. Mazkur metodlar
o’quvchilardan bilim va ko’nikmalarni yangi o’quv sharoitida qo’llashni va
mustaqil fikrlashni talab etadi. Bir qolipdagi
vazifalar yangi bilimlarni
olishga va ilgari olgan bilim va ko’nikmalarni mustahkamlashga imkon
beradi.
O’qitish metodlarini tanlash va o’quvchilarni bilish faoliyatini va
o’qish jarayonini samaradorligini baholash bilimlarni o’zlashtirish
darajalari orqali amalga oshiriladi. Geografiya o’qitish metodidagi
o’zlashtirish darajalari 6-jadvalda keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: