Vaxobov h, mirzamahmudov o. T


-jadval Geografik bilimlarni o’zlashtirish darajalari (L.M.Pancheshnikova)



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/145
tarix14.12.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#177488
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   145
УКУВ КУЛЛАНМА география методика

6-jadval
Geografik bilimlarni o’zlashtirish darajalari (L.M.Pancheshnikova) 
O’zlashtirish 
darajasi 
O’zlashtirish darajasini 
ko’rsatgichlari 
O’qitish metodlari 
I-daraja 
O’quvchi tayyor ma’lumotlarni 
o’zlashtirada va aytib beradi 
Tushuntirish 
-
ko’rgazmali 
II-daraja 
O’quvchi tanish o’quv sharoitida 
o’z bilimi va ko’nikmasini namuna 
asosida qo’llaydi 
Reproduktiv
III-daraja 
O’quvchilar yangi o’quv sharoitida 
o’z bilim va ko’nikmalarini ijodiy 
qo’llashadi 
Qisman izlanuvchan va 
izlanuvchan (tadqiqot) 
Mazkur darajalar va ularga mos keluvchi metodlarni o’qitishni barcha 
bosqichlarida ajratish lozim: yangi mavzuni o’rganishda, takrorlashda, 
umumlashtirishda va bilimlarni mustahkamlashda. 
O’qitish jarayonini har bir bosqichida unga mos keluvchi metodlar 
tanlansa o’qitish yaxshi samara beradi. 
O’quvchilarni izlanuvchanlik qobiliyatini rivojlantirish quyidagi 
vazifalarni yechish orqali amalga oshirilishi mumkin: 
-eng qisqa yo’l magistralini tuzing. Uni amalga oshirish uchun hozirgi 
davrda qanday siyosiy va iqtisodiy omillar to’sqinlik qilmoqda; 
-nima uchun qo’ng’ir ko’mirni uzoqqa olib borish samara bermaydi, 
shuning uchun IESlar ko’mir koniga yaqin quriladi?; 
-nima uchun oxirgi davrlarda metallurgiya zavodlari dengiz 
qirg’oqlariga yaqin qurilmoqda? 
Bunday vazifalarni quyilishi iqtisodiy geografiya fanidagi ilmiy 
muammolarga asolanadi (xo’jalikning xududdiy tarkibi va uni 
aniqlaydigan omillar, ichki va tashqi omillarni ishlab chiqarish kuchlarini 
joylanishiga ta’siri va x.k). 
8.4.Muammoli o’qitish metodi. 
Muammoli o’qitish metodi deb o’quvchilarni o’qituvchi tomonidan 
ular uchun yangi bo’lgan geografik muammolarni yechishga jalb etishga 
aytiladi. 


Muammoli metodlar bayon, qisman izlanuvchan va izlanuvchan 
metodlar hamda o’zlashtirish darajalari bilan tanishgandan so’ng 
zamonaviy o’qitish tizimining tarkibiy qismlaridan bo’lgan muammoli 
o’kitish metodiga o’tishi mumkin.
Muammoli o’qitishning asosiy shartlaridan biri muammoli faziyatni 
tashkil qilish hisoblanadi. Muammoli vaziyat deganda yechilmishi 
o’quvchilar uchun qiyin tuyilgan va uni yechish uchun yangi izlanish va 
yondashishlarni talab qiladigan muammoga aytiladi. Muammoli vaziyatni 
vujudga kelishi o’quvchilar uchun qiyin tushuniladigan holat bilan bog’liq 
bo’ladi. Agar mazkur vaziyatni tahlil i davomida o’quvchilar uning 
moxiyatini tushunib yetishga va uni yechish yo’llarini topsa muammoli 
vaziyat muammoga aylanadi, agar vujudga kelgan muammoli vaziyatni 
yechishga o’quvchilarning bilim va ko’nikmalari yetishmasa unda 
muammoli vaziyat yechilmaydi va muammoli dars emas muammoli bayon 
shaklida o’qituvchini o’zi yechib beradi. 
Hozirgi davrda o’quvchilarni mustaqil ishlariga katta e’tibor 
berilmoqda ammo shunga qaramasdan muammoli o’qitishga ancha sust 
darajada e’tibor berilmoqda.
O’qitish jarayonida ijodiy metodlarni va muammoli o’qitishni qo’llash 
geografiya o’qituvchilarining asosiy metodi bo’lib qolishi lozim. 
Turli bosqichlardan iborat bo’lgan muammolarni yechishga o’quv-
chilarni jalb qilish katta ahamiyatga ega. Mazkur bosqichlar quyida-
gilardan iborat bo’lishi mumkin. Ma’lumotlarni yig’ish (kartalar, 
adabiyotlar, statistik ma’lumotlar va o’lkashunoslik ishlarida yig’ilgan 
ma’lumotlar asosida); yig’ilgan ma’lumotlarni tartibga solish (kartalar, 
diagrammalar, chizmalar, jadvallar tuzish); yig’ilgan ma’lumotlarni 
tartibga solish (kartalar, diagrammalar, chizmalar, jadvallar tuzish); tahlil
qilish; umumlashtirish va xulosa ishlab chiqish. 
Mazkur muammolarni tabiiy va iqtisodiy – ijtimoiy geografiya 
kurslarida yechish mumkin. 

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin