Vaxobov h, mirzamahmudov o. T


 Tabiiy geografik bilimlar berishda matematik metodlardan



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/145
tarix14.12.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#177488
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   145
УКУВ КУЛЛАНМА география методика

9.1.1. Tabiiy geografik bilimlar berishda matematik metodlardan 
foydalanish. 
Tabiiy geografiya kurslarida matematik metodlar, plan va kartalar 
bilan ishlashda, masofalarni gradus va metrlarda hisoblash, geografik 
koordinatalarni aniqlash, gorizontallar bilan ishlash, mutloq va nisbiy 
balandliklar bilan ishlash, litosfera, gidrosfera va biosfera tabiat muxo-
fazasi va boshqa mavzularni o’rganishda matematik metodlar qo’llaniladi. 
Boshlang’ich tabiiy geografiya kursida matematik metodlardan 
foydalanish deyarli barcha mavzularni o’rganish jarayonida amalga 
oshiriladi. Plan va karta bo’limida masofani o’lchash, masshtab, gorizan-
tallar, geografik koordinatalar bo’yicha o’tiladigan nazariy va amaliy 
mashg’ulotlarda matematik metodlar qo’llaniladi. 
O’quvchilar qiyin tushunadigan va amaliy mashg’ulotlarni bajarishga 
qiynaladigan mavzulardan biri masshtab mavzusidir. Mashstabni 
tushuntirganda sinf xonasidan foydalanish mumkin. Sinf xonasining 
uzunligi va kengligini qog’ozga tushiradigan bo’lsak undan foydalanish 
noqulay bo’lishi, agar stadion yoki bog’ni rejasini tuzadigan bo’lsak ularni 
maydoniga teng qog’oz kerak bo’ladi, shuning uchun sinf xonasini, 
stadionni, bog’ni, tuman, viloyat, davlat va materiklarni kartasini tuzganda 
ular matematik jixatdan kichraytirib olinadi. Joydagi bir kilometr masofa 
qog’ozga bir santimetrga teng deb olinishi mumkin, bunda joydagi masofa 
qog’ozda 100 000 marotaba kichraytirib tasvirlangan bo’ladi. Demak 
joydagi masofani kartalarda qancha marotaba kichraytirib tasvirlanishini 
ko’rsatadigan ifodaga masshtab deb atalarkan. Yuqoridagi ifoda 
matematik jixatdan quyidagicha ifodalanadi 1:100 000 ya’ni kartadagi 1sm 
masofa joydagi 100 000 sm, ya’ni bir kilometrga masofaga teng. Kartalarda 
masofalar kilometrda va darajalarda ifodalanadi. Masalan, 1
0
yoyni 
uzunligi o’rtacha 111 km.ga teng. Kartada ekvatordan qutblar tomon 
paralelning qisqarishi munosabati bilan ularda 1
0
yoyni uzunligi ham 
qisqarib boradi, ammo meridianlar bo’yicha 1
0
yoyning uzunligi 
o’zgarmay. Bir 1
0
yoyning muayan uzunligini bilgan holda karta yoki 
globuslarda ikki nuqta orasidagi masofani quyidagicha aniqlash mumkin: 
L=N
0
xM 
L=ikki nuqta orasidagi masofa, km da 
N
0
=ikki nuqta orasidagi masofani darajada ifodalanganligi, ya’ni 
mazkur nuqtalar orasidagi darajalar farqi ( f
10 
-f
20
=N
0
). 
M=ma’lum bir parallel yoki meridian yoyi bo’yicha 1
0
yoyni uzunligi. 


300 
200 
100 
Masalan, ekvatordan Toshkentgacha bo’lgan masofa darajalarda 42
0

Mazkur masofani kilometrda ifodalash uchun meridian yoyini uzunligini 
topamiz. 1
0
=111km. Unda 
L = 42

x 111 = 4662 km. 
Kartadagi uzunlikni santimetrda aniqlab uni haqiqiy uzunligini 
masshtab o’lchamiga ko’paytirish orqali topish mumkin. Masalan, 
kartaning masshtabi 1:10 000 000 bo’lsin, masshtab o’lchami 1 sm da 100 
km. Ikki nuqta orasidagi masofa 5 sm. Unda joydagi haqiqiy masofa 
L= l
1
x l
o’l
= 5 x100 = 500 km 
l
1
= kartadagi ikki nuqta orasidagi masofa sm. 
l
o’l
=masshtab o’lchami 
L= joydagi haqiqiy masofa 
Gorizontallar bilan ishlash ko’nikmalarini shakllantirish topografik 
kartalarni o’qishda muxim axamiyatga ega. Gorizantallarni balandligini 
qaysi tomonga qarab ortishi yoki kamayishiga qarab balandlik yoki botiqni 
qaerda joylashganini va o’lchalarini aniqlashimiz mumkin. Masalan, 
quyidagi chizmaga qarab qanday rel’ef shakli tasvirlanganini va uning 
o’lchamlarini aniqlaymiz. 
a) ...
b) 
«a» rasmda gorizontallarning mutloq balandligi markazdan tevarakka 
tomon ortib bormoqda, demak, bu yerda botiq tasvirlangan. Botiqni 
chuqurligini topish uchun chekkadagi va markazdagi gorizantallar farqini 
topamiz 
(N
1
-N
2
) ya’ni 300 m – 200 m = 100 m. botiqning chuqurligi H = N
1
–N
2

300 – 200 =100m 
«b» rasmda gorizontallarning mutlaq balandligi chekkadan markaz 
tomon ortib bormoqda, demak, mazkur chizmada balandlik tasvirlangan. 
Uning balandligi qo’yidagi ifoda bilan aniqlanadi: 
N = N
2
- N
1
= 1000- 600 = 400 m 
Demak balandlikning balandligi 400 m ekan. 
600 
800 
1000 


Gidrosfera mavzusini o’rganishda matematik metodlar qo’yidagi 
xollarda qo’llanildi: daryo suv sarfini aniqlash, daryo tizimi zichligini 
aniqlash, daryo havzasi, maydonini aniqlash , okean suvi sho’rligini 
aniqlash va h.k. 
Daryolarning suv sarfi doimo kerak bo’ladigan o’lchamlardan biri 
hisoblanadi. Har qanday daryolarni yoki soyni suv sarfini aniqlash uchun 
quyidagi ma’lumotlar zarur bo’ladi: daryo ko’ndalang kesimining 
maydoni, suv oqimining tezligi. 
Mazkur ma’lumotlar bo’lgan taqdirda daryoning suv sarfi qo’yidagi 
ifoda orqali aniqlanadi: 
Q= F Vm
3
/ sek. 
Q = daryoning suv sarfi, m
3
/ sek 
F = daryoning suv oqimining ko’ndalang kesimi maydoni
F = H L= m

H = daryo suv qatlamining balandligi, m 
L = daryo suv qatlamining kengligi, m 
Masalan, daryo suv oqimining balanligi 1,0 m, kengligi (L) 5m, suv 
oqimining tezligi sekundiga 10 sm bo’lsa uning suv sarfi quyidagicha 
bo’ladi: 
Q = 1 •5 •10 = 50 m
3
/ sek. 
Daryo havzasining maydonni turli usullar yordamida aniqlanishi 
mumkin. Umum ta’lim maktablari o’quvchilari uchun eng sodda usul 
daryo havzasini o’rtacha kengligi va uzunligini ko’paytmasini 
hisoblashdan iborat. Masalan daryoning havzasini o’rtacha kengligi 16 km, 
o’rtacha uzunligi 150 km. Unda daryo havzasining maydoni 
F = L • l km
2
= 16 150 = 2400 km 

Daryo havzasining zichligi quyidagi ifoda orqali aniqlanadi: 
3 = 500 km : 500 km = 1 km 
Demak, 1 km
2
maydonga 1 km uzunlikdagi daryo to’g’ri kelar ekan.
Ko’l suvini hajmi quyidagi tartibda aniqlanadi: a) ko’lning maydoni 
aniqlanadi; b) ko’lning chuqurligi aniqlanadi (N); v) ko’ldagi suv hajmi 
aniqlanadi. 
Q = F H m

F = ko’l maydoni 
N – ko’lning chuqurligi, m 


Masalan, ko’lni suv yuzasini maydoni 15000 km
2
, chuqurligi 50 m. 
Uning hajmi 
Q = 15 000 0, 5 = 750 km
3
Atmosfera mavzusini o’rganishda matematik metodlar quyidagi 
xollarda qo’llaniladi: harorat o’lchamlarini hisoblash, namlikni hisoblash 
va h.k. 
Haroratni hisoblashni quyidagi turlari mavjud: sutkalik o’rtacha 
haroratni hisoblash; 10 kunlik o’rtacha haroratni hisoblash; oylik o’rtacha 
haroratni hisoblash; yillik o’rtacha haroratni hisoblash; ko’p yillik o’rtacha 
haroratni hisoblash. Yog’in miqdori ham oylik va yillik hisobida 
chiqariladi. 
Mutloq va nisbiy namlikni ham hisoblashda o’quvchilar chalkashlikka 
yo’l qo’yishlari mumkin. Mutloq namlik 1 m
3
havodagi nam miqdori 
hisoblanadi va g/m
3
da o’lchanadi. Nisbiy namlik foizda yoki g/m

ifodalanadi. Nisbiy namlik ma’lum bir harorat uchun hisoblanadi. 
Masalan, havo harorati 10
0
, nisbiy namlik 50 % bo’lsa, 10
0
da 1m
3
havoda 
bo’lishi mumkin bo’lgan namlikning 50 % mavjud degani. Agar 10
0
haroratda 1m 
3
havoda mumkin bo’lgan namlik 9 gramm bo’lsa, ma’lum 
vaqtdagi nisbiy namlik 50 % bo’lsa 1m
3
havoda 4,5 gramm nam bo’ladi. 
Atmosfera bosimi va haroratni balanddlikka chiqqan sari pasayishi va 
pastga tushgan sari ortishini quyidagi ifodalar orqali aniqlash mumkin; 
R = R
0
- (N: 10) 
R – atmosfera bosimi 
R
0
- Yer yuzasidagi atmosfera bosimi 
N - nisbiy balandlik km yoki «m»da
Masalan, Yer yuzasida atmosfera bosimi 800 mm bo’lsa, 3 km 
balanlikda qancha bo’ladi 
R= 800 – (3000:10)= 500 mm 
Biosfera mavzusini o’tganda ko’proq biomassa hisoblab chiqiladi. 
Ammo bunga maktab geografiyasida yetarlicha e’tibor berilmaydi. 
Biomassa har bir maydon uchun tonna hisobida aniqlanadi. Quruqlikdagi 
maydonlar uchun Yer usti va osti biomassasi hisoblanadi. Bunda 100 sm

maydondagi Yer usti va osti biomassasi hisoblanadi va ularning yig’indisi 
aniqlanadi. Masalan, dasht zonasida 100 sm
2
maydonda yer osti biomassasi 
2 kg, yer usti biomassasi esa 3 kg bo’lishi mumkin. Unda umumiy 
biomassasi 5 kg bo’ladi. Uni km

hisoblab chiqish mumkin. O’rmonlarda 


yer usti biomassasi miqdori yuqori bo’ladi. Okeanlarda biomassa miqdori 
asosan hayvonot dunyosi biomassasidan iborat. 

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin