-materiklar haqida umumiy ma’lumotlar (maydoni, eng baland va past
nuqtasi, yog’in miqdori, harorat, iqlim mintaqalari soni va x.k.);
-okeanlar haqidagi umumiy ma’lumotlar (maydoni, cho’kmalari,
sho’rligi, harorati va x.k);
-iqlim ko’rsatgichlari;
-gidrologik ko’rsatgichlar va x.k.
Iqtisodiy va ijtimoiy geografik raqamlarga quyidagilar kiradi:
-jahonning umumiy ta’rifi (davlatlar soni, aholi soni, tabiiy resurslar
miqdori, jon boshiga to’g’ri keladigan daromad va x.k.);
-axoli xaqidagi ma’lumotlar (jaxon axolisi va uning tarkibi, shahar va
qishloq axolisi, erkaklar va ayollar soni, migratsiya saldosi, tug’ilish, o’lish,
ko’payish);
-tabiiy resurslar va ularning miqdori;
-sanoat va qishloq xo’jaligi ko’rsatkichlari;
-transport va tashqi iqtisodiy aloqalar, eksport va import ko’rsat-
gichlari;
-davlatlar haqidagi ma’lumotlar (maydoni, aholisi, xo’jaligi)
O’quvchilarni raqamlarni yaxshi eslab qolishlari uchunularni butun
son holda berish yaxshi natija beradi. Masalan, Xitoyning maydoni 10 mln
km
2
, axolisi 1 milyardan ortiq.
Dars jarayonida o’quvchilarga berilayotgan raqamlarga ta’rif berishi
lozim. Bunday ta’rif berishning usullaridan biri miqdoriy tasavvurlarni
aniqlashtirishdir. Maktab geografiyasida eng keng tarqalgan aniqlashtirish
usuli masofani vaqtga o’tkazish, uni ifodalash hisoblanadi. Masalan, 100
km masofani turli transport turlari qancha vaqtda bosib o’tishi mumkin.
Iqtisodiy geografiya darslarida xo’jalik tarmoqlarini davlat iqtisodi-
dagi axamiyatini tushuntirishda aholi jon boshiga to’g’ri keladigan ishlab
chiqarish hajmi hisobga olinadi.
Raqamlar bilan ishlashning eng muxim usullaridan biri qiyoslash
hisoblanadi. Qiyoslashda o’quvchilar raqamlarni tez eslab qolishadi.
Masalan, Tinch okeani maydoni Atlantika okeani maydonidan ikki marta
katta. Qiyoslash bilan faqat o’qituvchi emas, o’quvchilar ham shug’ul-
lanishi mumkin. Masalan, o’qituvchi o’quvchilarga vazifa berishi mumkin,
O’zbekistonni maydoni dunyodagi qaysi davlatlar maydoni bilan bir xil va
x.k.
Dostları ilə paylaş: