rollarini, vazifalarini erkin tanlashadi. Masalan, ekspeditsiya o’yinlarida
kema darg’asi, boshqaruvchi, kuzatuvchi, kartograflar, dengizchilar va
boshqa rollar.
2. Geografik o’yinlar bilan shug’ullanish jarayonida ijodiy muhitni va
munozarali vazifalarni vujudga kelishi. O’quvchilar geografik o’yin
davomida aniq bir rollar va vazifalarni bajarish jarayonida ijodiy ishlar
bilan mashg’ul bo’ladi, ma’lum bir muammoli vaziyat vujudga kelsa ularni
hamkorlikda yechishadi.
Geografik o’yinlar darsini mavzusi va o’tkaziladigan muddatini
o’qituvchi oldindan belgilaydi. O’yinga tayyorgarlik davomida o’qituvchi
geografik o’yinlarning tarkibiy tuzilishini aniqlab oladi. Geografik
o’yinlarning tarkibiy tuzilishiga quyidalilar kiradi: o’yining maqsadi va
loyihasini ishlab chiqish; o’yinda ishtirok etadigan personajlarni (rollarni)
aniqlash; o’yinda ko’zda tutilgan personajlarni vazifalarini ishlab chiqish;
ma’lum bir personajlar bajaradigan vazifalarni metodini ishlab chiqish yoki
tanlash; geografik o’yinda ishtirok etadigan personajlar o’rtasidagi
munosabatlarni ishlab chiqish.
Geografik o’yinlar individual, guruhli va ommaviy turlarga bo’linadi.
Ularning barchasi ma’lum bir o’quv sharoitlarida qo’llaniladi. Geografik
o’yinlar syujetli-rolli, ijodiy, ishbilarmonlik, konferentsiya va boshqa
turlarga bo’linadi.
Syujetli-rolli o’yinlar tabiiy va ijtimoiy- iqtisodiy borliq voqea va
hodisalar o’rtasidagi bog’liqlikni o’rganishga yo’naltirilgan bo’ladi.
Ijodiy o’yinlar o’quvchilarni avval olgan bilimlariga asoslanib ma’lum
bir muammoli geografik masalani didaktik o’yin orqali yechishga
mo’ljallangan bo’ladi.
Ishbilarmonlik yoki biznes o’yini iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
darslarida ko’proq qo’llaniladi.
Bunday iqtisodiy, ijtimoiy va geografik muammolar geografik o’yinlar
yordamida hal qilinadi.
Geografiya fanida qo’llaniladigan didaktik o’yinlarni ikkita katta
guruhga bo’lishimiz mumkin: tabiiy geografik o’yinlar va ijtimoiy-iqtisodiy
geografik o’yinlar.
Dostları ilə paylaş: