Vaxobov h, mirzamahmudov o. T


Turli - mavzuli kartalar va



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/145
tarix14.12.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#177488
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   145
УКУВ КУЛЛАНМА география методика

Turli - mavzuli kartalar va 
ma’lumotlarning 
tahlil 

asosida yozma ish tayyorlash.
Ma’lum bir geografik muam-
moni yechish bo’yicha faoliyat 
rejasini ishlab chiqish. 
Xususiy ma’lumotlar asosida 
yaxlit tabiiy geografik va 
iqtisodiy geografik yoki geo-
siyosiy yaxlit obrazni yaratish.
6. 
Baholash. 
Mavjud qabul qilingan ta’lim maqsad-
larini hisobga olgan holda ma’lumotlarni 
va metodlarni baholash. Masalan, meto-
rologik, gidrologik, statistik ma’lumot-
larni hamda kuzatish, kartografik, qiyo-
siy-gegrafik matematik metodlarni baho-
lash. Ushbu toifa ta’lim natijalari yuqori-
dagi toifalar bo’yicha natijalar olinishi 
aniq ifodalangan o’lchamlar asosida ba-
holashni talab qiladi. 
Tabiiy geografik va iqtisodiy 
geografik 
rayonlarni 
ichki 
o’lchamlar 
(ma’lumotlar) 
asosida baholash. 
Geografik qobiq va va uning 
qismlarini hamda jaxon xo’ja-
ligini, jaxon geosiyosiy may-
donlarini tegishli o’lchamlar 
asosida baholash. 


10.1.2.Geografiya ta’limi maqsadlarini test topshiriqlarida ifodalash. 
Pedagogik texnologiyalarning ajralmas qismi bo’lgan test topshiriqlari 
barcha o’quv fanlarida bilimlarni tekshirishni asosiy usuli bo’lib qoldi, 
ayniqsa XX-asrning 90-yillaridan boshlab kirish imtixonlarida keng 
qo’llanila boshlandi. Shuni ham aytib o’tish lozimki, deyarli barcha 
fanlarda ham test topshiriqlarini tuzish bo’yicha aniq bir metodik 
qullanmalar va ko’rsatmalar ishlanmasdan turib test topshiriqlari ishlab 
chiqildi va nashr qilindi. Bu esa ayrim chalkashliklarni keltirib chiqardi. 
Testalogiya, ya’ni o’qitish maqsadlarini test topshiriqlarida ifodalash 
pedagogik texnologiyalarning oxirgi bosqichlaridan biri hisoblanadi. 
Demak, O’zbekistonda va boshqa qator MDH davlatlarida yangi 
pedagogik texnologiyalarni qo’llash uning oxirgi bosqichlaridan bosh-
langan. 
Umumta’lim va o’rta maxsus maktablarni eng dolzarb, murakkab va 
muxim muammolaridan biri o’quvchilarning bilim va malakalarini 
tekshirishdir. XX-asrning 90-yillarigacha o’quvchilar bilim va malakalarini 
tekshirishni og’zaki va yozma usuli keng tarqalgan edi. Mazkur 
usullarning asosiy kamchiligi bilim va malakalarga baho qo’yishdagi 
sub’ektivlikdir. Har bir imtixon oluvchi bir xil ishga turlicha yondoshib, 
turlicha baho qo’yish mumkin, eng muximi bu usulda aniq bir 
muvozanatning sust ishlanganligidir. 
SHu munosabat bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 
«O’zbekiston Respublikasi Oliy o’quv yurtlarining kunduzgi bo’limlariga 
qabul tizimini takomillashtirish haqida» farmoniga binoan, hamda 1992 
yilgi Oliy o’quv yurtlariga test bo’yicha qabulning ijobiy natijalarini 
hisobga olib, Vazirlar mahkamasi O’zbekistondagi barcha o’quv yurtlari 
qabulini test usulida o’tkazish haqida qaror qabul qildi. 
O’zbekistonda geografiya fani bo’yicha test topshiriqlari tuzib nashr 
qilina boshladi. Bu soxada X.Vaxobov, P G’ulomov, R.Qurbonniyozov, 
A.Soatov, A.Qayumov va boshqalar tomonidan katta ishlar amalga 
ogshirildi. 1994 yildan 2002 yilgacha Davlat test markazi tomonidan test 
topshiriqlari to’plamlari «Axbarotnoma» shaklida nashr qilindi. 
Test ingilizcha «Test» so’zidan olingan bo’lib, topshirish, sinash, 
nazorat qilish ma’nolarini anglatadi (BSE, 42 t, 1956 g). dastlab testlar 
psixologiya fanida kishining fikrlash qobiliyati, alohida muhim 
imkoniyatlari, irodasini va boshqa tomonlarni aniqlashda qo’llaniladigan 
bir qolipdagi topshiriqlardan iborat bo’lgan ( so’zli yoki rasmli shaklda). 


Maktablarda testlar (N.Grayvz, 1979) dastlab asrimizning 20-
yillaridan boshlab AQSHda qo’llanila boshlangan, bu paytgacha AQSH va 
Buyuk Britaniyada imtixonlar asosan yozma shaklda o’tkazilar edi. XX-asr 
boshlarida AQSHda yozma imtixonlar qattiq tanqid ostiga olina boshlandi, 
natijada bilim va malakalarni tekshirish bo’yicha turli tajribalar sinab 
ko’rila boshlandi. Chunki AQSHda o’quv jarayonini rejalashtirish bo’yicha 
maktablar juda katta xuquqqa ega edilar, natijada o’quvchilarning umumiy 
ta’lim darajalari turlicha bo’lgan. 1920 yildan boshlab Nyu-York shtatining 
maorif bo’limi aniq (ob’ektlar) testlar bo’yicha imtixon olish tajribasini 
boshladilar va 30-yillardan boshlab bunday usul AQSHning hamma 
maktablarida qo’llanila boshlandi. AQSHning shimoliy –sharqiy 
shtatlarining oliy o’quv yurtlariga kirish imtixonlari bo’yicha kengash ham 
universitetlarga kirishni rejaga solish maqsadida 30-yillarda testlar 
tuzishga kirishdi. Natijada testlar tuzish bo’yicha kooperativ xizmati 
tashkil qilindi, uning asosiy vazifasi, AQSHning maktab va kollejlarida 
o’quvchilar o’zlashtirishini ko’rsatilgan talablar asosida aniq baholash 
mezonlari bilan ta’minlash edi. 1948 yilda Ushbu kooperativ xizmat ta’lim 
testlari xizmatiga aylantirildi. Imtixonlar bo’yicha kengash test xizmat-
larining ma’lumotlarini kollej va univesitetlarga kiruvchilarning bilimini 
tekshirishda ishlata boshladi. 
Test bo’yicha bilim va malakalarni tekshirish quyidagilarni o’z ichiga 
oladi: a)fikrlash va matematik qobiliyatni aniqlashga mo’ljallangan testlar 
(ko’p javobli savollardan tuzilgan, imtixon 3-soat davom etadi); b) yakuniy 
test, asosan ingliz tili, ijtimoiy fanlar, matematika, chet tilllari va tarix 
bo’yicha bilimlarni tekshiradi, kiruvchilardan 3-ta predmet bo’yicha 
testdan o’tish talab qilinadi (har bir predmet bo’yicha imtixon 1-soat 
davom etadi, hammasi ket-ma ket bo’ladi). Barcha testlar (ingliz tilidan 
tashqari) ko’p savolli toshiriqlar iborat. Buyuk Britaniyada testlar 
boshlang’ich maktablarning bitiruvchi sinflarida qobiliyatli o’quvchilarni 
o’rta maktablarga taqsimlash maqsadida o’tkaziladi. Imtixon topshiradigan 
o’quvlaridan to’g’ri javobni aniqlash talab qilinadi va har bir to’g’ri javob 
uchun bir ball qo’yiladi. Baholar aniq bo’lgani uchun imtixon oluvchi-
larning subektiv qarashlari yo’q bo’ladi. 
Sobiq ittifoqda bilim va malakalarni test orqali tekshirish noilmiy deb 
qaralib, VKP (b)ning 1936 yil 4-iyulda chiqqan «Xalq maorifi komisarligi 
tizimidagi pedagogik noto’g’ri talqinlar haqida» nomli qarorida qattiq 
tanqid ostiga olindi va man qilindi. 1970 yildan boshlab test usuli 


maktablarda yana asta sekin tajriba sifatida olimlar va ilg’or o’qituvchilar 
tomonidan qo’llanila boshlandi. 
Geografiya soxasida mazkur ishlar T.P.Gerasimova, M.K.Kovalev-
skaya, V.A.Korinskaya, L.M. Teltevskaya va boshqalar tomonidan amalga 
oshirildi. 
Hozirgi paytda jaxonda testlarning juda ko’p turlari mavjud, ulardan 
eng asosiylari , quyidagilar (G’ulomov, Vaxobov, Qurbonniyozov, 1993): 
1.Ko’p javobli testlar. Bunday testlar juda keng tarqalgan. O’zbekis-
tonda ham hozir asosan shunday testlar qo’llanilmoqda. Maskur testlarda 
bitta savolga uchtadan beshtagacha javob bo’ladi, imtihon topshiruvchi 
to’g’ri javobni aniqlab belgilashi lozim masalan,: 
Ikki materik, ikki qit’a, ikki okean, ikki dengiz, ikki yarim orol va ikki 
davlatni ajratib turuvchi bo’g’izni aniqlang. 
A.Bosfor
V.Gibraltar 
S.Dreyk 
D.Torres 
E.Bering 
2.‚To’g’ri- noto’g’ri‛ xilidagi savollardan iborat tetstlar (alternativ 
testlar). Bunda imtixon topshiruvchi topshiriqqa binoan to’g’ri yoki 
noto’g’ri javoblarni aniqlash kerak. Masalan, Yevropaga kirmaydigan 
davlatlarni tagiga chizing. 
Ispaniya, Kuba, Frantsiya, Lixtenshteyn, Shri Lanka, Chexiya, 
Surinam, Barbados. 
Yoki quyidagi to’g’ri yozilgan nomlarni tagiga chizing. 
Andijon, Samarqand, Farg’ona, Sirdaryo, Namangan, Jizzax viloyatlari 
Farg’ona vodiysida joylashgan. 
3.Uyg’unlashgan savolli testlar. Bunday testlarda berilgan savollar 
yoki nomlar yoniga ularga mos bo’lgan tayyor javoblarni yozib qo’yish 
talab qilinadi. Masalan,
Toshkent viloyatida joylashgan shaharlar yoniga, ular uchun hos 
bo’lgan sanoat tarmog’ini yozing. 
Yoqilg’i – energitika sanoati, rangli metallurgiya, oziq-ovqat, ximya, 
qurilish maxsulotlari ishlab chiqarish sanoati. 
Yangiyo’l- 
Chirchiq- 
Ohangaron- 


Olmaliq- 
Bekobod- 
Angren- 
4.Tushrib qoldirilgan so’zlarni to’ldirishga mo’ljallangan testlar. 
Ushbu testlar tabiiy geografiyada keng tarqalgan geografik 
diktantlarga to’g’ri keladi. Masalan, «Farg’ona vodiysini shimoli g’arbdan 
...........................tizmasi, ....................dan Farg’ona tizmasi, .........................dan 
Oloy va Turkiston tizmalari o’rab turadi. Ma’muriy jixatdan Farg’ona 
vodiysida O’zbekistonga qarashli 3 ta viloyat- ............... . .....viloyatlari 
Qirg’izistonning 
...........................................viloyatlari 
va 
...............................ning Xo’jand viloyati joylashgan». 
5. Rasm yoki chizmali testlar. Ushbu testlarda 3-5 ta rasm yoki chizma 
beriladi, ularning ichidan geografiya ob’ektini topish, yoki bo’lmasa 
chizmadagi xatolarni topish talab qilinadi. Masalan, «Quyidagi rasmlar 
ichidan Tanganika ko’lini aniqlang» 
6. Murakkab testlar, ular o’quvchilarni fikrlashga va olgan bilimlarini 
qo’llay bilishga majbur qiladi. 
Misol, Ishbilarmonlar g’isht ishlab chiqarishning Yang usulini o’ylab 
topishdi. G’ishtni ishlab chiqarishni boshlash uchun ish kuchi, rangli 
metallurgiya sanoati chiqindilari kerak, mablag’ni tog’- metallurgiya 
birlashmasi beradi. Bu g’ishtlar assan shaxsiy uylar qurishda ishlatiladi, 
shuning uchun axoliga sotishga mo’ljallangan, ammo maxsulotning 60% ni 
tog’-metallurgiya birlashmasi oladi. Hokimiyat quyidagi shaxarlardan 
biriga mazkur zavodni qurishga ruhsat berdi. Ishbilarmonlar g’isht zavodi 
qurish uchun qaysi shaharni tanlashadi (erning narxi hama joyda bir hil)?
A.Andijon, V.Olmaliq S.Bekobod D.Toshkent Ye.Chirchiq 
7.Jadval shaklida testlar. Jadvalli testlar uch qismdan (ustundan) iborat 
bo’dadi. Birinchi ustunda geografik joy, voqea va hodisalarning nomlari 
beriladi, ikkinchi ustunda ularning shakli, xususiyati va xossalari 
ko’rsatiladi, uchinchi ustunda Ushbu xususiyatlar qaysi joyga, voqea va 
xodisaga xos bo’lsa, o’sha voqea va hodisaning hamda joyning tartib 
raqamni imtixon topshiruvchi yozib chiqishi kerak. Misol, Yevrosiyo 
relifining qanday shakllari qaysi geologik tuzilishlarga to’g’ri kelishini 
ko’rsating? 



Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin