Vaxobov h, mirzamahmudov o. T


 Tabiiy geografik o’yinlar



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/145
tarix14.12.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#177488
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   145
УКУВ КУЛЛАНМА география методика

 10.2.1. Tabiiy geografik o’yinlar. 
Didaktik o’yinlar texnologiyasi tabiiy geografik bilimlarni o’rganishni 
va o’zlatirishni faollashtiradi. Mazkur didaktik o’yinlarni sinflar bo’yicha 
ham aniq bir mavzular bo’yicha ishlab chiqish mumkin, sinflar bo’yicha 


quyidagi predmetlar uchun ishlab chiqish mumkin: materiklar va okeanlar 
tabiiy geografiyasi (7-sinf); O’rta Osiyo va O’zbekiston tabiiy geografiyasi. 
Tabiiy geografiya darslarida qo’yidagi mavzular bo’yicha didaktik 
o’yinlarni ishlab chiqish mumkin: 
-geografik tadqiqotlar tarixi. Fanning rivojlanish tarixi, hududlarni va 
ayrim muammolarni o’rganish tarixi; 
-plan va karta, shartli belgilar, andozalar, gorizontallar, geografik 
kordinatalar, mashstab va h.k.; 
-litosfera: yerning ichki tuzilishi; yer po’sti; tog’ jinslari; relef va uning 
turlari, ayrim hududlar relefi; 
-gidrosfera va uning tarkibiy qismlari. Dunyo okeani. Quruqlik 
suvlari, yer osti va yer usti suvlari. Materiklar va ayrim hududlar ichki 
suvlari; 
-atmosfera, uning tuzilishi, tarkibi, havo massalari. Ob-havo va iqlim. 
Iqlim hosil qiluvchi omillar. Iqlim mintaqalari. TSiklonlar, yog’inlar. 
Materiklar va ayrim hududlar iqlimi; 
-biosfera. Materiklar ayrim hududlarining tuprog’i, o’simligi va 
hayvonot dunyosi. 
Yuqorida keltirilgan tabiat tarkiblarining har biri bo’yicha juda ko’p 
didaktik o’yinlar ishlab chiqish mumkin. Individual didaktik o’yinni 
quyidagicha tuzishimiz mumkin. 
1. Ekvator bo’yicha atlantika okeannining kengligi 60
0
bo’lsa, yerning 
harakat tezigida uchayotgan kosmik kema uni necha soatda bir qirg’og’dan 
ikkinchi qirg’og’iga yetib boradi. Mazkur o’yinni yechish uchun o’quvchi 
quyidagilarni bilishi lozim. Yerning burchak tezligini, ekvatorda 1
0
yoyning uzunligini. Yerning burchak tezligi soatiga 15
0
, ya’ni yer bir 
soatda 15
0
masofani bosib o’tadi. Demak kosmik kema yer tezligida 
uchayotgan bo’lsa Atlantika okeanining kengligi 60
0
bo’lsa, uni bir 
qirg’og’idan ikkinchi qirg’og’iga 60
0
:15= 4 soatda yetib boradi. Ekvator 
bo’ylab 1
0
yoyning uzunligi 111,0 km
2
teng, unda ekvator bo’yicha 
Atlantika okeanining kengligi 60 x 111,1km
2
=6666 km. 
Yoki bo’lmasa koordinata to’ri bo’yicha quyidagicha individual 
o’yinni ishlab chiqish mumkin: Sharqiy yarimsharning 105
0
meridiani 
g’arbiy yarim sharning qaysi meridianiga to’g’ri keladi. Buning uchun 
o’quvchi quyidagi bilimlarga ega bo’lishi lozim: har bir yarim sharning va 
yer sharining necha gradusga teng ekanligini. Shundan so’ng mazkur o’yin 
quyidagicha yechiladi: 


180
0
-105
0
=75
0
demak sharqiy yarim sharning 105
0
meridiani g’arbiy 
yarim sharning 75
0
meridianiga to’g’ri kelar ekan. 
7-sinfda ‚O’rta Osiyo foydali qazilmalari‛ mavzusida guruhli o’yinni 
tashkil qilish mumkin. O’rta Osiyo yozuvsiz kartasi shunday bo’laklarga 
ajratiladiki uning har bir bo’lagida ma’lum bir foydali qazilma albatta 
bo’lsin. Bo’laklarga mos qilib kartochkalar kesiladi uning har biriga foydali 
qazilma koni bor joy nomi yozib chiqiladi. Masalan, Angren, Polvon tosh, 
Boysun. Boshqaruvchi kartochkalarni yig’ib olib yozuvsiz kartalarni o’yin 
ishtirokchilariga tarqatadi. O’yin boshqaruvchi joy nomlari yozilgan 
kartochkalarni bittadan olib o’qiydi va ishtirokchilardan kimni qo’l 
ko’tarishini kuzatadi qo’l ko’targan o’quvchiga kartochkani beradi. Mazkur 
kartochka yozuvsiz kartaning kerakli joyiga qo’yilishi lozim. Qachon o’yin 
ishtirokchilaridan biri yozuvsiz kartalarni kerakli kartochkalar bilan 
to’ldirib bo’lgandan so’ng o’yin tugaydi va u o’quvchi g’olib hisoblanadi. 
Ommaviy geografik o’yinlar 2-3 ta parallel sinflar bilan o’tkazilishi 
mumkin. Ommaviy o’yinlar odatda chorak oxirida yoki o’quv yili oxirida, 
bayramlarda, maktab olimpiadalarida o’tkazilishi mumkin. 

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin