2- modul . Tarx. Mazkur modul quyidagi kichik modullarga bo’linadi.
2.1 - modul. Joy tarxi haqida tushuncha. Rasm, aerosurat, kosmosurat
va tarx. Ularning bir- biridan farqi.
2.2- modul . Masshtab. Sonli, chiziqli va so’zli,bir masshtabni ikkinchi
masshtabga o’tkazish. Masalan, so’zli mashtabni sonli yoki chiziqli
mashtabda ifodalash. Masshtab bilan mashqlarni amalga oshirish.
2.3–modul . Shartli belgilar, ularning turlari. Masshtabli va massht- siz
shartli belgilar.
2.4- modul. Azimut. Ufq tomonlari. Kompas va u bilan ishlash.
2.5 – modul .Mutloq va nisbiiy balandlik. Joyda masofani aniqlash.
Gorizontallar va ular bilan ishlash
. 2.6- modul. Tarx olish. Qutbiy va yo’nalish bo’yicha tarx olish.
3 – modul. Geografik kartalar.
3.1- modul. Kartalar haqida tushuncha. Globus. Dunyo kartasi. Yarim
sharlar kartasi. O’zbekiston kartalari. Yozuvsiz kartalar.
Atlaslar.
3.2- modul. Daraja to’ri. Ekvator, meridian, parallellar. Qutblar.
3.3- modul. Geografik kordinatalar.Geografik uzunlik. Geografik
kenglik. Geografik koordinatalarni aniqlash.
Qolgan modullar ham xuddi shu tartibda tuzib chiqiladi (14 modul
Yer Quyosh tizimida; 5 –modul – Yer qobiqlari. Yer qobiqlari o’z navbatida
7- ta kichik modulga bo’linadi.)
Modulli texnologiya bilan dars o’tilganda bilimlar bosqichma-bosqich
beriladi va o’zlashtiriladi. Mazkur texnologiya o’qituvchi uchun ham juda
qulay.
6-sinfda o’rganiladigan ‚Materiklar va okeanlar‛ tabiiy geografiya
kursini 10 ta yirik modulga bo’lishimiz mumkin: 1.Kirish; 2.Geografik
qobiq; 3.Dunyo okeani; 4.Afrika; 5.Avstraliya va Okeaniya; 6.Antarktida;
7. Janubiy Amerika; 8. Shimoliy Amerika; 9.Evrosiyo; 10. Dunyo aholisi va
siyosiy kartasi. Mazkur ajratilgan modullarni yanada maydaroq modul-
larga bo’lish mumkin. Masalan, geografik qobiq modulini quyidagi kichik
modullarga bo’lish mumkin: 2.1. Geografik qobiqning xususiyatlari. 2.2.
Geografik qobiqning bo’ylama (vertikal) tuzilishi. 2.3. Geografik qobiqning
yuzalama (gorizontal) tuzilishi.