Vaxobov h, mirzamahmudov o. T


Diagramma va chizmalar bilan ishlash



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/145
tarix14.12.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#177488
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   145
УКУВ КУЛЛАНМА география методика

9.2.4.Diagramma va chizmalar bilan ishlash. 
Maktab geografiyasi darslarida diagramma va chizmalardan juda ko’p 
foydalaniladi. 
Diagramma 
va 
chizmalarda 
raqamli 
ma’lumotlar 
ifodalaniladi. 
Diagramma orqali ma’lum bir ko’rsatgichlarni boshqasidan kattaligi 
yaqqol ko’rsatish mumkin. 
Diagramma va chizmalarni chizish usullari bilan o’quvchilar mate-
matika darslarida tanishishadi. 
SHuning uchun geografiya darslarida to’g’ridan-to’g’ri ularni 
mohiyati va mazmuniga o’quvchilar diqqatini qaratadi. 
Diagramma va chizmalarni tushintirish quyidagi tartibda amalga 
oshiriladi: 
-diagrama va chizmalarda nimalar tasvirlanganini o’quvchilarga 
tushuntiriladi; 
-diagramma va chizmalarda qanday tabiiy geografik va iqtisodiy 
geografik voqea va hodisalar tasvirlangani ochib beriladi; 
-diagramma va chizmalarda qanday bog’liqlik yoki qonuniyatni 
aniqlash mumkinligi tushuntiriladi. Masalan, Tabiiy geografiya darslarida 
iqlim mavzusini o’rganishda yer yuzasiga tushayotgan issiqlik miqdorini 
Quyosh nurlarini tushishi burchagiga bog’liqligini ko’rsatuvchi chizma. 
Bunda Quyosh nurlari ekvatorial tropik mintaqalarda Yer yuzasiga tik 
tushishi, shuning uchun mazkur mintaqalarda Quyosh issiqligini miqdori 
katta, qutublarda esa Quyosh nurlarini tushish burchagi kichik shuning 
uchun bu yerlarda Yer yuzasiga kelayotgan Quyosh issiqligini miqdori 
kam ekanligi oqibatida qutbiy o’lkalar muz va qor bilan yil davomida 
qoplanib yotganligi asoslab beriladi. Iqtisodiy geografiya darslarida 
diagramma va chizmalar orqali axolini, mineral resurslarni, sanoat va 
qishloq xo’jaligi ko’rsatgichlarini ifodalash mumkin. 
Maktab geografiyasida statistik ma’lumotlarni quyidagi xollarda 
qo’llashi mumkin: 


-statistik ma’lumotlar geografik bilimlarni manbai siftida foydala-
nilganda; 
-o’rganilayotgan mavzu nazariyasi bilan uning statistik ko’rsatgichlari 
orasidagi bog’liqlik o’rganiladi; 
-predmetlararo aloqalardan foydalanishda. Masalan, matematika 
bilan. Bunday aloqalar diagramma, chizma, hisoblash ishlarini amalga 
oshirganda qo’llaniladi; 
-Darslik matnidagi va kartalardagi statistik ma’lumotlardan foydala-
niladi; 
-yangi mavzularni o’tishda statistik ma’lumotlardan foydalaniladi; 
-o’tilgan darsni mustahkamlashda statistik ma’lumotlardan foydala-
nishdi; 

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin