10.1.1. Geografiya ta’limining maqsadlarini aniqlash.
Pedogogik texnologiyalarni tushunishni muhim jihatlaridan biri
quyidagilardir:
a) juda yaxshi aniqlangan maqsadlarga yo’naltirilganligi;
b) o’quvchilarni o’qitish o’quvchilar faoliyati orqali olib borilishi.
Odatda har bir davlatning ta’lim tizimi jamiyatni sotsial buyurtmasini
oladi. Mazkur buyurtma ma’orif va oliy ta’lim muassalari uchun asos
bo’lib xizmat qiladi. Sotsial buyurtma asosida har bir o’quv fanining
maqsadi ishlab chiqiladi. So’ngra mazkur fanning har bir o’quv
predmeti
uchun, ma’lum bir predmetlarning bo’limlari, mavzulari va alohida darslar
uchun maqsadlar ishlab chiqiladi.
O’zbekistonda sotsial byurtma «Ta’lim to’g’risida», «Kadrlar tayyor-
lash milliy dasturi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunlari
hamda Vazirlar mahkamasining «O’zbekiston Respublikasida umumiy
o’rta ta’limni tashkil etish to’g’risida» 1998 yil 13 maydagi 203-sonli
qarorida ifodalangan.
Mazkur qonunlarda va qarorlarda yuqori malakali pedagog kadrlar
tayyorlash va qayta tayyorlashga alohida e’tibor berilishi, yangi darslikni,
zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini o’z vaqtida ishlab
chiqish va joriy joriy etishni ta’minlashni alohida
nazorat ostiga olish
zarurligi ko’rsatib o’tilgan.
Geografiya ta’limining maqsad va vazifalari Davlat ta’lim standartiga
sharhlarda aniqlab berilgan. Ya’ni geografik madaniyatni shakillantirish,
kartalardan moxirona foydalanishni o’rgatish, tabiat bilan jamiyat
munosabatlariga kompleks yondoshishni anglatmoq va h.k.
Geografiya fani bo’yicha ta’lim standarti ikki qismdan iborat: a) ta’lim
mazmuning majburiy minimumi; b) bitiruvchilarning tayyorgarlik
darajasiga qo’yiladigan minimal talablar. «Ta’lim mazmunining majburiy
minimumi» qo’yidagi yo’nalishlarda ishlab chiqilgan: a)
geografiyaning
nazariy asoslari; b) geografiyaning tadqiqot metodlari;
v)tabiiy va sotsial-iqtisodiy ob’ektlar; g) hodisalar va jarayonlar; d)
olamni idrok etishning moddiy va ma’naviy madaniyatda ifodalanishi;
ye)hudud geografik tavsifining tuzilishi. «Bitiruvchilarning tayyorgarlik
darajasiga qo’yiladigan minimal talablar» 5 ta yo’nalishlarda ishlab
chiqilgan: a) ayta (ko’rsata) olish; b) aniqlay (o’lchay) olish; v) tasvirlay
olish; g)tushuntira olish; d) bashorat qila olish (P.Musaev, A.Baxromov,
1999).
Yangi pedogik texnologiyalarda maqsadlar o’qituvchi
uchun alohida
ishlab chiqiladi. O’quvchilarning maqsadi vazifalar deb ataladi. Chunki
o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi faoliyatida o’qituvchilarni
maqsadi o’qitish o’quvchilarni maqsadi o’rganishdir (Ziyamuhammedov
2002).
B.A.Farberman, S.Ziyamuhammedov va boshqalarning fikricha
o’qitishning mazmuni odatda mavzuli yo’nalishga ega bo’lganligi uchun
undan aniq ta’lim maqsadlarini ajratib olish mushkul. Shuning uchun
vazifalarni shakillanishini osonlashtirish uchun, ularning tavsifida fa’elllar
ishlatiladi. Fa’ellar o’quvchilarni o’quv faoliyatini aks ettiradi,
masalan
aniq faktlarni biladi; qoidalarni biladi; so’z ifodalagan ma’lumotlarni
matematik jixatdan ifodalay oladi; chizma va sxemalarni tushuntirib
beradi; berilgan ma’lumotlar bo’yicha oqibatlarni aniqlay oladi; chizma va
sxemalarni tushuntirib beradi; berilgan ma’lumotlar bo’yicha
oqibatlarni
aniqlay oladi va h.k.
O’xshash o’quv maqsadlari va vazifalari uchun aniq fa’ellardan
foydalanmoq lozim. Aniq fa’ellar bir tarzda tavsiflanadigan va
o’lchanadigan, o’quvchilar o’qishi natijasida bajaradigan operatsiyalardan
iborat bo’lishi lozim.
Qator olimlarning fikricha, maqsadlarni aniqlashtirishning umumiy
usuli- bu aniq natijalar beradigin faoliyatni ko’rsatadigan fa’ellardan
foydalanishdir.
O’xshash ta’lim maqsadlarini shakillantirish bir necha bosqichdan
iborat: o’quv mavzusini o’rganishning umumiy maqsadi-xususiy maqsadi-
o’xshash ta’lim maqsadi.
Ammo ba’zi hollarda o’xshash ta’lim maqsadlarini
shakllantirishda
qiyinchiliklar tug’iladi. Ayrim hollarda ta’lim natijalarini ayrim qismlarga
bo’lish oson bo’ladi. Bunday hollarda Blum tomonidan ishlab chiqilgan
taksonomiyadan foydalanish qulay bo’ladi. Mazkur taksonomi asosida
umumiyroq maqsadlarni shakillantirish mumkin. So’ngra esa ularni
aniqlashtirish mumkin.
Shu maqsadda geografiya ta’limi maqsadlarining taksonomiyasi ishlab
chiqiladi. Mazkur taksonomiya asosi bo’lib, B.Blum tomonidan ishlab
chiqilgan umumiy ta’lim maqsadlari taksonomiyasi hisoblanadi (1-jadval).
Geografiya ta’limi maqsadlari taksonomiyasini
ishlab chiqishda
geografiya faning umumiy maqsad va vazifalari, geografiya ta’limi
mazmunining majburiy minimumi hamda bitiruvchilarning tayyorgarlik
darajasiga qo’yiladigan talablar hisobga olinadi.