Vaxobov h, mirzamahmudov o. T


Geografiya ta’limida statistik ma’lumotlardan foydalanish



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/145
tarix14.12.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#177488
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   145
УКУВ КУЛЛАНМА география методика

9.2.Geografiya ta’limida statistik ma’lumotlardan foydalanish 
tenologiyasi. 
9.2.1.Geografiya kurslarida sonli ma’lumotlar. 
Maktab geografiya ta’limida juda ko’p sonli ma’lumotlar mavjud. Ular 
tabiatshunoslik kurslaridan tortib amaliy geografiya kurslarigacha 
uchraydi. Sonli, ya’ni statistik ma’lumotlar bilan ishlash ko’nikmalarini 
shakillantirish o’quvchilarni bilish va fikrlash faoliyatini rivojlantirishda 
juda katta axamiyatga ega. 
Geografiya darsliklarida uchraydigan statistik ko’rsatgichlarni 
quyidagi guruhlarga bo’lishimiz mumkin: mutloq o’lchamlar; nisbiy 
o’lchamlar; koeffitsentlar. 
Mutloq o’lchamlar
ma’lumot axamiyatiga ega bo’ladi, ular orqali 
geografik xudud, voqea va hodisalarni o’lchamlari beriladi masalan, 
davlatlar maydoni, aholi soni, tog’larining balandligi, daryo uzunligi, 
okeanlar maydoni va chuqurligi va x.k.
 
Nisbiy o’lchamlar 
mutloq o’lchamlarni qiyoslash natijalarini 
ifodalaydi, geografik voqea va xodisalarni qonuniyatlarini aniqlashga 
imkon beradi. Masalan, havoning o’rtacha xarorati, bosimni o’zgarishi, 
demografik jarayonlarni kechishi, ishlab chiqarishni joylashishi va x.k. 
Koeffitsentlar 
alohida voqea va xodisalarni o’ziga xos xususiyatlarini 
ifodalaydigan ko’rsatkichlar. Masalan, filtrayatsiya koeffitsienti, namlanish 
koeffitsenti, iqtisodiy rayonlarni ixtisoslashuvi, axoli va sanoatini o’sishi 
suratlari va x.k. 
Tabiiy va iqtisodiy geografiya kurslarida qo’llaniladigan statistik 
ma’lumotlarni yana quyidagi uch guruhga bo’lish mumkin: 
-yakka raqamlar shaklida, asosan mutloq qiymatlarda, masalan tonna, 
kelometr, kilovatt-soat, kilogramm va x.k.; 
-chizma tarzida (diagramma, grafik, kartogrammalar, kartadiagram-
malar) ifodalangan raqamlar; 
-statistik jadvallar tarzida ifodalangan raqamlar. 
Maktab geografiya darsliklarida uchraydigan raqamlar bilan ishlashni 
quyidagi shakllari mavjud: 
a) kerakli statistik ma’lumotlarni yig’ish; 
b) statistik ma’lumotlarni solishtirish; 
v) umumlashgan statistik ko’rsatkichlarni aniqlash; 


g) grafik, diagramma va jadvallardagi statistik ma’lumotlarni tax-lil 
qilish;
d) grafik, diagramma va jadvallar tuzish. 
Kerakli statistik ma’lumotlarni yig’ish 5-sinfdan boshlanadi. Mazkur 
ma’lumotlarni o’quvchilar ob-havo kalendari bilan ishlaganda yig’ishadi. 
Bunda o’qituvchi ma’lum bir oyni tanlab olib ob-havoni kuzatishni tashkil 
qiladi. Bundan tashqari 5-sinfda gidrosfera, litosfera va biosfera 
mavzularini o’rganish davomida statistik ma’lumotlarni yig’ib tegishli 
qonuniyatlarni aniqlash mumkin. 
Umumlashgan ko’rsatkichlarni geografik moxiyatini o’quvchilar 
chuqur anglashlari lozim ular asosida o’quvchilar to’g’ri va aniq geografik 
xulosalar qilishlari zarur. 
Masalan, o’quvchilar «iqlim» mavzusini darslik asosida o’rgani-
shayotganda umumlashgan statistik ko’rsatgichlar, iqlimni okean, 
dengizlarga yaqinligiga bog’liq ekanligini aniqlashga imkon beradi. 
Turli xil chizma va diagrammalarni tahlil qilish uchun o’quvchilarda 
tafakkur yuqori darajada rivojlangan bo’lmog’i lozim. Matematika, tarix, 
chizmachilik, geografiya fanlarini o’rganayotganda o’quvchilar ongida ikki 
turdagi aloqalar shakllanadi: 
-vaqt va miqdoriy tasavvurlar orasidagi bog’liqlik; 
-fazoviy va miqdoriy tasavvurlar orasidagi bog’liqlik. 
Chizma va diagrammalar bilan ishlash jarayonida mazkur ikki tur 
aloqalar bir-biri bilan bog’lanadi, ya’ni bitta tizimni hosil qiladi chizma va 
diagrammalar bilan ishlaganda o’qituvchi predmetlararo aloqalarga 
ko’proq e’tibor bermog’i lozim. Avval chizmada minus (manfiy) va musbat 
qiymatlar koordinata o’qini qaysi tomonida joylashishi haqida tushun-
chalar beriladi. 
SHundan so’ng birin-ketin iqlimni tahlil qilishga o’quvchilarni 
undaydi: 
-koordinata o’qlari belgisini aniqlash; 
-koordinata o’qlarida mashstabni aniqlash; 
-chizma yoki diagrammani miqdoriy tahlil qilish; 
-chizma yoki diagrammani sifat jixatdan tahlil qilish. 
Yuqorida ko’rsatilgan faoliyatlarning eng murakkabi iqlimiy chizma 
yoki diagrammalarni miqdoriy va sifatiy tahlil qilishdir. Chizma yoki 
diagrammani miqdoriy tahlil ida miqdoriy ko’rsatkichlar va bog’liqliklar 
o’rganiladi. Bunday tahlil o’quvchilarni matematik bilimlariga asoslanadi. 


Sifat jixatdan baholashni metodik yo’llaridan biri 

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin