Xayol tavsifi, fiziologik asoslari Predmet va hodisalarning obrazlari garchi kishining xayo- liy tasavvurlarida (obrazlarida) ilgari u shu holda idrok qil- magan tarzda vujudga kelsa ham, biroq bu obrazlar hamisha kishi hayotida kuzatgan elementlar, qismlardan tashkil top- gan bo‘ladi. Kishi biror yangi predmetni, masalan, mashinani yaratar yoki ixtiro qilar ekan, uni o‘zi qayerdadir ko‘rgan, un- ga (nazariy yoki amaliy jihatdan) tanish qismlar va detallardan tuzilganligini fikran tasavvur qiladi. Hatto fantast yozuvchi- lar ham o‘z asarlarining g‘ayritabiiy, aqlga to‘g‘ri kelmaydigan qahramonlarini hayotda kuzatgan narsalarning elementlaridan yaratadilar. Masalan, Gerbert Uells «Dunyolar kurashi» degan fantastik romanida boshi metall silindrga o‘xshagan, qushning tumshug‘i singari tumshug‘i, oyoqlari esa juda katta hasha- rotning qo‘l-oyoqlarini eslatuvchi Mars odamlarini tasvirlaydi. Bu narsa ertaklarda, dostonlarda va xalq fantaziyasi bilan yara- tilgan obrazlarga ham taalluqlidir. Shunday qilib, ijod jarayoni- da hamisha ilgari idrok qilingan narsalarning qayta ishlanishi ro‘y beradi. Xayol deb odamning ongida ilgaridan bor bo‘lgan vaqtli aloqalarning (assotsiatsiyalarning) qaytadan tiklanish va bir-biri bilan yangicha qo‘shilishi orqali yangi narsa va hodi- salarning obrazlarini hosil qilishiga aytiladi. Inson xayolining eng murakkab va eng fantastik obrazlari idrok qilingan obrazlarni qayta ishlashga asoslanadi. Chunon- chi, afsonaviy hikoyalardagi obrazlar — dev, pari, suv parisi va boshqalar ham inson xayolining mahsulidir. Bu afsonaviy hikoya va ertaklar juda katta mubolag‘alarga qaramay, xalq- ning hayoti, uni o‘rab olgan tabiiy muhit hamda manzaralar- ni yorqin obrazlar orqali aks ettiradi. Mana shunday afsonaviy, xayoliy ertaklarda xalqning orzu-umidlari ifodalanadi, masalan «Ur to‘qmoq», «Ochil dasturxon», «Uchar gilam» kabilar. Xayolni ko‘pincha fantaziya deb ataydilar, holbuki, ba’zan «fantaziya» degan so‘z bilan haqiqiy hayotga kam aloqador xayolni tushunadilar. Xayolning boyligi idrok qilish ko‘nikmasiga, predmetlar va hodisalarning obrazlarini kuzatish va xotirada saqlab qolishga bog‘liq bo‘lib, ular keyinchalik qayta ishlab chiqiladi. Bu jarayonda tafakkur muhim rol o‘ynaydi. Tafak- kur fantaziya natijalariga tuzatishlar kiritadi, ya’ni tanqidiy ba- holaydi. His-tuyg‘ular ham xayolga ta’sir ko‘rsatadi va ularning o‘zlari ko‘p jihatdan xayolga bog‘liq bo‘ladi. Nihoyat kishining xayoli bilan yaratilgan ijodiy niyatlarni amalga oshirish uchun iroda zarur bo‘ladi. Xayolning fiziologik asosi miyaning katta yarimshar- lar po‘stlog‘ida ilgari hosil bo‘lgan muvaqqat bog‘lanishlar o‘rtasida yangi birikmalarning paydo bo‘lishidir. Avval- gi bog‘lanishlarning tiklanishi bu xotira jarayonlaridir. Xa- yolning ishlashi uchun bu bog‘lanishlarning miya po‘stlog‘ida hali mavjud bo‘lmagan, lekin u yerda bor qo‘zg‘alishlarning qoldiqlaridan tashkil topadigan birikmali yangi sistemalari vu- judga kelishi zarur. Xayol ikkala signal sistemasining faoliya- ti bilan mustahkam bog‘langan. Agar kishi tegishli sezgilar, idroklarga ega, ya’ni atrofdagi voqelikning dastlabki signallari- ni olgan taqdirdagina, unda narsalar va hodisalar to‘g‘risidagi obrazlar, tasavvurlar hosil bo‘lishi mumkin. Psixologiyada qo‘rqinch holati (yunon. «phobos» — qo‘rquv) fobiya deb nomlanadi. Fobiya muayyan sharoitlar va vaziyatlarda shaxsda vujudga keladigan kuchli asosga ega bo‘lmagan qo‘rqinch va tashvishlanishdan iborat, inson to- monidan yengish imkoniyati yo‘q muttasil psixopatologik ho- lat. Mazkur patologik holatning ba’zi birlari haqida ma’lumot berishga harakat qilamiz: agarafobiya — shaxsning gavjum maydonlardan, shox- ko‘chalardan o‘tishga qo‘rqishi;
kaustrofobiya — insonning eshigini qulflab yolg‘iz o‘tirishdan qo‘rqishi;
monofobiya — shaxsning yakka-yu yolg‘iz, hech kimsiz qolishdan qo‘rqishi;
atropofobiya — insonning ko‘pchilik davrasidan, xalo- yiqdan qo‘rqishi;
nazofobiya — odamning kasal bo‘lib qolishdan qo‘rqishi;
eyrotrofobiya — shaxsning ko‘pchilik davrasida izza bo‘lishdan, o‘zini yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqishi; didaktofobiya—o‘quvchi yoki talabaning o‘qituvchidan qo‘rqishi;
S) yatrofobiya — bemorning shifokordan qo‘rqishi va h.k.. Xayol jarayonining asosiy xususiyatlari Xayol jarayoni va uning vujudga kelishi bir qancha sharoitlar- ga bog‘liqdir. Xayol har doim ma’lum bir yo‘nalishga ega bo‘ladi. Odatda vujudga kelgan xayol odamning o‘z faoliyati davomida nimaga intilayotgani, nimani istayotgani bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, quruvchi qurayotgan binosining qanday bo‘lishini, tarbiyachi tarbiyalayotgan bolalarining kim bo‘lib yetishishlari- ni xayolan ko‘z o‘ngiga keltiradi. Xayolning ana shu xususiya- ti, xususan bolalarda juda yaqqol ko‘rinadi. Chunonchi, bog‘cha yoshidagi kichik bolalar haydovchi bo‘lgilari keladi. Buni amal- ga oshirish qiyin albatta, lekin bu mushkul masalani hal qilish- da xayol jarayoni yordam beradi. Bola xayolan haydovchi bo‘lib olib, stulni mashina qilib, haydab ketaveradi. Xayol xususiyat- laridan biri shundan iboratki, xayol odamning ehtiyojlari, qizi- qishlari va o‘z oldiga qo‘ygan vazifalari bilan bog‘liq holda yu- zaga keladi. Odamning ehtiyojlari va qiziqishlari hamma vaqt ham xayolga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir etavermaydi. Odam hamma vaqt ham istagan narsalariga erishavermaydi. Qo‘rqoq odamning xayolida hamma vaqt qo‘rqinchli narsalar gavdalanaveradi. Ayni shu paytdagi ehtiyojning ta’siri bilan odamning xayoli o‘tmishda idrok qilingan narsalardan hosil bo‘lgan tasavvurlar- ni ijodiy ravishda qayta ishlab, yangi obrazlar yarata boshlaydi. Xayol jarayonining o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri uning boy tajriba hamda bilimlarga asoslanishidir. Agar bilim yetarli darajada bo‘lmasa, xayoliy tasavvurlar hosil bo‘lmay- di. Bolalar muzeylarda bo‘lmaganlari, teatrlarga tushib tari- xiy postanovkalarni ko‘rmaganlari, kinolarni hali juda kam ko‘rganlari tufayli bunday tasavvurlarni xayol qilishning ud- dasidan chiqolmaydilar. Xayol jarayonining o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri xo- tira tasavvurlarini analiz va sintez qilishdir. Xayol uchun material bo‘ladigan tasavvurlar xayol yaratib berayotgan obrazlarga ko‘pincha to‘liq holda kirmasdan, balki qisman kiradi. So‘ngra xayolning sintez, qilish faoliyati ro‘y beradi. Bunda muayyan tasavvurlardan ajratib olingan elementlarni qo‘shish va bir tur- kum qilish jarayoni ro‘y beradi. Mana shunday sintez qilish faoliyatida yangi tasavvur — xayol tasavvuri vujudga keladi. Yozuvchilar adabiyotidagi badiiy obrazlarni yaratayotgan- larida xayolning analiz va sintez qilish xususiyatidan foyda- lanadilar. Ular o‘z asarlaridagi qahramonlarning tiplarini bir qancha ayrim taassurotlardan vujudga keltiradilar. Qahramon- ning xarakteri shu qahramon mansub bo‘lgan ijtimoiy guruh- dagi turli odamlarning qiyofalaridan olingan bir qancha xu- susiyatlardan bunyodga keladi.
18-rasm. Oddiy ixtirolar.
Xayol qilish orqali vujudga keltirilgan obrazlar ko‘pincha juda yaqqol, konkret xarakterga ega bo‘ladi, masalan, biron narsani xayolan tasavvur etib ko‘rish uchun u haqida o‘ylab ko‘rishning o‘zi kifoya qilmaydi. Xayolan tasavvur etib ko‘rishda biz shu narsaning obrazini yaratamiz va tafakkur ko‘zi bilan ko‘ra boshlaymiz. Ba’zi paytlarda ana shunday xayolan yara- tilgan obrazlar shu qadar yorqin, shu qadar konkret bo‘ladiki, ularni haqiqiy voqelikdagi narsalar bilan almashtirib yuboriladi. Masalan, bog‘cha yoshidagi kichik bolalar buvilarini juda yaxshi ko‘radilar. Lekin buvisi bo‘lmagan bolalar buvini juda zoriqib orzu qila boshlaydilar. Natijada ular xayolan buvining obrazini yaratadilar. Buvisi bo‘lmagan uch yoshli qizcha tarbiyachisiga kelib, buvisi Farg‘onadan kelganligini, juda muloyim kampir ekanligini, unga sovg‘a-salomlar olib kelganini va endi buvisi bilan mehmonlarga borishini aytgan. Tarbiyachi qizchaning onasi kelganida uni oyisi kelgani bilan tabriklaydi va juda xur- sandligini izhor qiladi. Qizchaning onasi hech narsaga tushu- na olmay, nima gap ekanini so‘raydi va onasi allaqachonlar o‘lib ketganini aytadi. Shunda tarbiyachi qizchani chaqirib, nima sababdan shunday yolg‘on gapirganini so‘raganida qiz- cha bo‘lsa, yig‘lab buvisi borlarga juda havasi kelganini va o‘zi xayolida ana shunday buvi yaratganini aytadi. Ana shunday hollarda, albatta, bolalarni yolg‘onchilikda ayblab bo‘lmaydi. Nihoyat, xayolning o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri shun- daki, agar idrok obrazlari ayni hozirgi paytdagi narsalar bilan bog‘liq bo‘lsa, xotira obrazlari esa o‘tgan zamondagi narsalar- ning obrazlarini tiklash bilan bog‘liq bo‘lsa, xayoliy yo‘l bilan yaratilgan obrazlar hozirgi va o‘tgan zamongagina emas, bal- ki kelajak zamonga, odam intilayotgan maqsadlarga qaratilgan bo‘ladi. Masalan, odam kelajakda nima ishlar qilishini xayolan tasavvur qilib ko‘rishi mumkin. Xayol turlari Inson quyidagi holatlarda xayolot olamiga kirib borishi mumkin: hech qanday yo‘l bilan hal qilib bo‘lmaydigan masalalar, muammolar iskanjasidan berkinish maqsadida;
Xayolot (fantaziya)ning turmushda gavdalanishi mumkin bo‘lmagan, amalga oshirish imkoniyati yo‘q xatti-harakatlar dasturini namoyon etishi passiv (sust) xayol deb nomlanadi. Xayolning bundan tashqari ixtiyoriy, ixtiyorsiz, qayta tiklovchi va ijodiy turlari ham mavjud. Ixtiyoriy xayol qandaydir ijodiy mehnat bilan band bo‘lgan kishi o‘z xayolini ishlashga majbir qilganda ro‘y beradi. Bu hol badiiy asarlarni yaratish jarayoni- da, ixtirochi, konstruktorning faoliyatida va hatto qilayotgan narsani o‘ylab ko‘rish va yaxshi tasavvur qilish zarur bo‘lgan oddiy ishda ham yuz beradi. Ixtiyorsiz xayol kishining oldida hech qanday vazifa turma- gan vaqtda, lekin beixtiyor ravishda orzu qilib, xayol sura bosh- laganda paydo bo‘ladi. Ixtiyorsiz xayol kuchli ehtiyojlar tufayli ham paydo bo‘ladi. Masalan: odam juda tashna yoki och payti- da uning xayolida turli taomlar, suvlar paydo bo‘la boshlaydi. Shuningdek, kishining hissiy holatiga ham bog‘liq. Qo‘rqayotgan vaqtda odam xayoliga qo‘rqinchli obrazlar kela boshlaydi. Obrazlarning mustaqilligi va originalligiga qarab xayol es- ga tushiradigan va ijodiy bo‘ladi. Esga tushiradigan xayol (uni tasavvur xayoli yoki reproduktiv ishlab chiqarish xayoli ham deb ataydilar) boshqalar tomonidan bajarilgan tasvirlashlar yoki aks ettirishlar (masalan, chizmalar, sxemalar va h.k.) asosi- da paydo bo‘ladi. Biz kitob o‘qir ekanmiz, tabiat manzarasi yoki voqealarni tasavvur qilamiz, yozuvchi tasvirlagan obrazni fikran ko‘ramiz. O‘quvchi tarixni o‘qir ekan o‘z xayolida uzoq o‘tmish gavdalanadi. Ijodiy xayol obrazlarni (albatta, ilgari- gi idroklar asosida) mustaqil ravishda yaratishdan iboratdir. Bu xayol kishining ijodiy faoliyati bilan bog‘langan. Xayolning ana shu turi esga tushiradigan xayoldan murakkabroqdir. Olim, ixti- rochi, konstruktorning va umuman biror yangi, original narsani yaratmoqchi bo‘lgan har qanday kishining faoliyatini ijodiy xa- yolsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Xayol jarayonlari, shakllari Insoniyat taraqqiyotining boshlaridanoq kishilar o‘z ehtiyoj- larini qondirish maqsadida yangi narsalarni o‘ylab topganlar. Odamlar qo‘llari bilan ishlar ekanlar, eng oddiy mehnat qu- rollarini ixtiro qilganlar, bu qurollar qo‘llar vazifasini tezroq va yaxshiroq bajargan. Ayrim san’at asarlari predmetlardan bir xil xususiyatlar va xossalarni ajratib olish hamda ularni yangidan bir- lashtirib, uyg‘unlashtirish yo‘li bilan hosil qilingan. Bu timsollar- ni sintezlashning eng sodda shakli agglutsinatsiya (lot. agglutinare
yopishtirmoq, yelimlamoq) bo‘lib, kundalik hayotda birlashti- rib bo‘lmaydigan turli sifatlarni birlashtirib, muayyan tasavvurlar- ni bir-biriga qo‘shib yoki ulardan foydalanib, narsa va hodisalar- ning yangi obrazlarini yaratishdan iborat xayol fenomenidir.
Agglutsinatsiya yo‘li bilan ertak obrazlari, afsonalar, multfilmlaryaratiladi (Suv parisi, tovuq oyog‘ida turgan uycha, hind afsonalaridagi ko‘p qo‘lli xudolar, yetti boshli ajdar va h.k.). Ho- zirgi zamon agglutsinatsiyasidan texnik, badiiy ijodiyotda keng foydalanilmoqda. Masalan, samolyot amfibiya (yunon. amibtos
ikki yoqlama hayot kechirish), quruqlik va suvga moslashgan gidrosamolyot, avtokran, — avtomobil va kran qorishig‘i va h.k.. Tassavvur formalarini o‘zlashtirish jihatidan agglutsinatsiyaga yaqin turuvchi giperbalizatsiya (yunon. huperbole — bo‘rttirish, kuchaytirish)dir, ya’ni obrazlarni kattalashtirish yoki kichray- tirishdir. Xalq ertaklarida jimitdek bola o‘ylab topilgan, Gulliver, No‘xotpolvon, Dyumovochka, gnomlar va boshqa obrazlar yaratilgan. Rassomning o‘simliklar dunyosidan andaza olib, naqsh yaratishi sxematizatsiya (yunon. sxema — obraz, shakl vu- judga keltirish)ga misol bo‘la oladi. Bu usul bilan o‘rtoqlik ha- zillari, karikaturalar yaratiladi. Tipiklashtirish (yunon. tupos — iz, chiziq)dan badiiy adabiyotda keng qo‘llaniladi, ular orqali narsalarning takrorlanadigan muhim tomonlari ajratilib konkret obrazlarda gavdalantiriladi. Xayolning ishlashi uchun bilimlar nihoyatda zarur bo‘ladi. Xayoli jamiyat uchun foydali narsalarni yaratishga qaratilgan kishilarda bilim ayniqsa ko‘p bo‘ladi. Xayol bunday kishilarni ijod qilishga, gipotezalar yaratishga, ular- ni tekshirib ko‘rishga undaydi, bilim va tajriba esa kishining fikr doirasini kengaytirib, fantaziya uchun boy ma’lumot beradi.
19-rasm. a — suv parisi; b — uch boshli ajdarho. 1б9
21-rasm. Sfinks. 22-rasm. Kentavr.
Xayolning orzu va fantaziya kabi shakllari farqlanadi. U ham mustaqil tarzda yangi obrazlar yaratishdan iboratdir, lekin orzu hamisha kelajakka qaratilgan bo‘lib, kishining istaklarini ifodalaydi. Ijodiy xayoldan farqli orzu ayni vaqtdagi faoliyatga bevosita kiritilmagan bo‘ladi. Orzu qilishning ikki xili: foydali va zararli (quruq so‘zlar) orzular bo‘ladi. Ma’lum maqsadga in- tilgan kishilarning orzulari butunlay boshqacha xarakterga ega bo‘ladi. Fantaziya «go‘yo» degan so‘z yordami bilan o‘yinga olib kirilgan xayoliy vaziyatdir. Fantaziya o‘yin faoliyatining dasturi sifatida namoyon bo‘la oladi. Masalan, bola go‘yoki o‘zini shifokor hisoblab kasallarni davolaydi. Xayol sifatlari Xayol odatda kechinmalarga boy bo‘ladi. Xayolda tasvir- lanadigan yorqin manzaralar ko‘pincha yuksak ta’sirchanlik oqibatida vujudga keladi. Qo‘rquv tuyg‘usi kishini xayoliy xavf-xatarlarni tasavvur etishga majbur qiladi va, aksincha, bu xavf-xatarlarni xayol qilish qo‘rquv tuyg‘usini ko‘p marta kuchaytirishi mumkin. Bu narsa quvonch yoki qayg‘u emot- siyalariga ham taalluqlidir. Xayol ularni kuchaytiradi, bu ke- chinmalarning o‘zi esa xayolni kuchli ravishda ishlashga un- daydi. Kuchli va faol xayol surish buyuk mutafakkirga xos zarur narsalardir. Faktlar, hodisalar va voqealarni noaniq ko‘rsatish, bo‘rttirib yuborish yoki kamaytirishga moyillik ko‘pincha xa- yol ustidan nazoratning yo‘qligi tufayli yuz beradi. Bu sifat ay- rim bolalarda mavjud bo‘lib ular yolg‘on gapirganlarida ba’zan haqiqiy narsa bilan xayoldagi narsani aralashtirib yuboradi- lar, lekin yillar o‘tishi bilan to‘g‘ri tarbiyalangan bolalarda- gi bu kamchilik yo‘qoladi. Bunday sifat katta yoshdagi kishi- da avj olsa ancha yomon bo‘ladi. Bu kishi o‘ziga-o‘zi baho berishda, haqiqatda o‘zida yo‘q ustunlik mavjud deb, tasavvur qilishi mumkin. Bunday kishi o‘z kamchiliklarini sezmaydi va atrofdagi kishilar nafratini qo‘zg‘atuvchi maqtanchoq bo‘lib qolishi mumkin. Aksincha, ong tomonidan nazorat qilib tu- riladigan xayol o‘z-o‘zini tanqidiy baholashga yordam beradi. Chunki kishi o‘zining qanday bo‘lmoqchi ekanligini aniq tasavvur qiladi.
23-rasm. Shakllarni fikran ikki qismga bo‘lib kvadrat hosil qiling.
Ilgari idrok etgan va etmagan predmet va hodisalarni ongimiz- da yaratishdan iborat bo‘lgan psixik jarayon XAYOL deyiladi. Tarbiyachi mashg‘ulotga tayyorgarlik ko‘rar ekan uning bo- rishini tasavvur qiladi. Xayol yetarli darajada rivojlantirilma- sa bolalarning intellektual o‘sishlari ham yaxshi rivojlanmay qoladi. Tarbiyachi badiiy asarlarni o‘qish yoki aytib berish bilan shug‘ullanar ekan, muallif gapirgan narsalarni fikran tasavvur qiladi. Bola ertak va hikoyalarni eshitayotganda o‘zi ko‘rmagan, xayolida o‘ziga notanish tabiat manzarasini tasavvur qiladi. Tasavvur obrazlari bo‘lmasa hikoyalarni tushunib bo‘lmaydi. Xayol bola shaxsining umumiy rivojlanishiga, xususan, axloqiy tarbiyasiga ta’sir ko‘rsatadi. Xayol ta’siri ostida qahramonning ideal obrazi yaratiladi va kishi ana shu obraz- ga o‘xshash uchun intiladi. Amaliy ish: Fanda ijodiy xayolga oid misollar keltiring.
Foydali va foydasiz orzu haqida gapirib bering.
Nazorat savollari: Xayol tasavvurlari xotira tasavvurlaridan nimasi bilan farq qiladi?