Vaxobov h, mirzamahmudov o. T


 Darslik bilan ishlash texnologiyasi



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/145
tarix14.12.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#177488
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   145
УКУВ КУЛЛАНМА география методика

11.2.2. Darslik bilan ishlash texnologiyasi. 
Darslik bilan ishlash geografiya ta’limida muntazam olib boriladi. 
Darslik bilan ishlash texnologiyasi qo’yidagi qismlardan iborat: darslik 
bilan tanishish va u bilan ishlash qoidalarini o’rgatish; darslik matni bilan 
ishlash; darslikdagi kartalar bilan ishlash; matndagi chizmalar bilan 
ishlash; matndagi rasmlar bilan ishlash; matndagi jadvallar bilan ishlash; 
darslik ilovalari bilan ishlash; darslik bilan ishlashni tashkil qilish; har bir 
sinf darsligi bilan ishlashni o’ziga xos xususiyatlari. 
O’quv yilini boshida o’qituvchi o’quvchilarni darslik bilan tanishtiradi. 
Darslik bilan tanishtirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi. Dastlab 
darslikni nomi, mualliflari, qaysi nashriyotda va qachon chop etilganini 
o’quvchilarga tushuntiradi. Shundan so’ng darslikning tarkibiy tuzulishi 
ochib beriladi (kirish, necha qism, necha bob, ilovaning bor yo’qligi). 
Masalan, 7-sinf darsligini oladigan bo’lsak, darslik O’rta Osiyo va 


O’zbekiston tabiiy geografiyasi deb nomlanadi, darslikni mualliflari 
P.G’ulomov, X.Vaxobov, P.Baratov. M.Mamatqulov hisoblanadi, darslik 
‚O’qituvchi‛ nashriyotida 2003 yil chop etilgan. Darslik kirish, ikkita 
bo’lim, 9 qism va ilovadan iborat. Darslikning birinchi bo’limi O’rta Osiyo 
tabiiy geografiyasiga bag’ishlangan, ikkinchi bo’limi esa O’zbekiston tabiiy 
geografiyasi bayoniga bag’ishlangan. Darslikning ilova qismi 7 ta 
jadvaldan iborat (tog’ cho’qqilari, chuqur botiqlari, yirik daryolar, ko’llar, 
suv omborlar, qo’riqxonalar). Darslikning umumiy hajmi 174 bet. 
Darslikdagi 59 ta rasm berilgan. Rasmlar kartalardan, diagrammalardan, 
chizmalardan iborat. 
SHundan so’ng darslikdan foydalanish qoidalari tushuntiriladi (toza 
tutish, darslik sahifalariga turli xil so’zlarni yozmaslik, buzmaslik, yirt-
maslik va h.k)

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin