Vaxobov h, mirzamahmudov o. T


Geografik voqea va hodisalarni tasvirlaydigan o’quv vosita-



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/145
tarix14.12.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#177488
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   145
УКУВ КУЛЛАНМА география методика

 
11.4. Geografik voqea va hodisalarni tasvirlaydigan o’quv vosita-
laridan foydalanish texnologiyasi. 
O’quv vositalarini mazkur guruhi ikkiga bo’linadi: xajmli o’quv 
vositalari va geografik voqea va xodisalarni tasviri. Ushbu ikki guruh 
geografik ob’ekt voqea va hodisalarni tasvirlaydi. 
Xajmli o’qitish vositalari bilan ishlash texnologiyasi
. Geografiya 
darslarida xajmli o’qitish vositalaridan ham foydalaniladi. Ularga modellar 
va maketlar kiradi. Modellar geografik voqea va xodisalarni hamda 
ob’ektlarni uch o’qli (xajmiy) tasviri hisoblanadi. Ular ma’lum bir 
masshtabda kichraytirilgan bo’ladi yoki o’z o’lchamida tasvirlanadi. 
Ammo xajmli modellarda xatoliklarga ham yo’l qo’yiladi. 


Qurilishiga ko’ra modellar quyidagi turlarga bo’linadi: bo’linmay-
digan, bo’linadigan, kesmali, ochilmali, statistik va faoliyatdagi. 
Geografiya darslarida Yer sharining modeli ko’proq ishlatiladi. Barcha 
voqea va hodisalarni modellarini o’quv maqsadlarida yasash maqsadga 
muvofiq emas. Masalan, vulkanni, geyzelarni, tog’larni, tsunami, sel, 
tornadolarni sodir bo’lishi modelini qurish maqsadga muvofiq emas. 
Chunki ular tabiiy jarayonlarning sodir bo’lishini aniq tasvirlay olmaydi. 
Ammo harakatdagi artezian qudug’ini modelini yasab o’quv jarayonida 
bemalol ishlatish mumkin. Dars jarayonida termometr, barometr, flyunger, 
kompas va boshqa asboblarni modellaridan ham foydalanish mumkin. 
Modellar yordam o’quvchilar ularni tuzilishini va ishlashini tesh o’rganib 
olishadi. Modellar yordamida kanallar, to’g’onlar va suv omborlari 
tuzilishi va ishlashini ham ko’rsatish mumkin. 
Geografiya ta’limida maketlar ham keng qo’llaniladi. Maketlar geog-
rafik ob’ektlar, voqea va hodisalarning soddalashtirilgan nusxasi hisob-
lanadi. Ular tabiiy geografik hamda iqtisodiy va ijtimoiy geografik 
maketlarga bo’linadi. 
Tabiiy gegrafik maketlarga landshaftlar, relef, daryo vodiysi, tog’lar, 
chuqqilar, g’orlar maketlari kiradi. 
Er yuzasi shakllarini o’rganishda relef shakllari maketlari juda katta 
ahamiyatga ega. Relef bo’yicha bilimlarni o’quvchilarni o’zlashtirishi juda 
qiyin kechadi, chunki relef uchta o’lchamli hisoblanadi. Shuning uchun 
relefni o’rganishda dalada olib borilgan kuzatishlar katta ahamiyatga ega. 
Joyda relefni shakllanishini ko’ribgina qolmasdan balki o’rganilayotgan 
ob’ekt bevosita o’rganiladi, o’lchamlari aniqlanadi va aniq tasavvurlar 
hosil bo’ladi. Relef haqidagi bilimlarni o’zlashtirishni oson yo’llaridan biri 
geografiya maydonida ularning shakllarini maketlarini yasashdir. 
Maketlardan foydalanib dars o’tganda o’qituvchi maketni hamma 
tomonini ko’rsatishi lozim, shundagina mazkur maketda tasvirlangan 
geografik ob’ekt yoki voqea va xodisalar haqida o’quvchilar ongida to’la va 
aniq tasavvurlar hosil bo’ladi. 

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin