Vaxobov h, mirzamahmudov o. T



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/145
tarix14.12.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#177488
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   145
УКУВ КУЛЛАНМА география методика

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
1. Geografiya xonasini jihozlariga qanday talablar qo’yiladi? 
2. Geografiya xonasida o’quvchilarni ish joyi qayerda joylashadi? 
3 Geografiya xonasida o’qituvchining ish joyini aniqlang. 
4. Geografiya xonasida o’quvchining ish joyi qanday talablarga javob berishi 
lozim? 
5. Sinf taxtasidan qanday maqsadlarda foydalaniladi? 
6. Geografiya xonasidagi kartotekalar qanday guruhlarga bo’linadi? 
7. O’qituvchini geografiya xonasida olib boradigan tashkiliy-xo’jalik ishlari 
qanday bosqichlarga bo’linadi? 
8.Geografiya xonasidan qanday maqsadlarda foydalaniladi? 
 
13-BOB. O’QITISHNING TEXNIK VOSITALARI 
13.1. O’qitishning texnik vositalari haqida tushuncha. 
Fan va texnikaning rivojlanishi bilan maktab geografiyasining oldiga 
qo’yiladigan talablar ham ortib boradi. Mazkur talablarni bajarish uchun 
o’qitish shakllari va metodlarini takomillashtirish lozim bo’ladi. Bu esa 
o’quvchilar bilish faoliyatini jadallashtiradi, ularni fikrlashga va ilmiy 
mushoxada qilishga undaydi hamda o’rganayotgan geografik voqea va 
xodisalar bilan hayot o’rtasidagi aloqalarni tushunishga yordam beradi. 
Yangi o’quv vositalarini qo’llash o’quvchilarni dunyoqarashini shakllan-
tirishga, shaxs sifatida rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. O’qitishning 
texnik vositalari o’qituvchi yordamida qo’yilgan maqsadga erishishga
o’tkazilayotgan mashg’ulotlarni samaradorligini keskin oshirishga imkon 
beradi. 
Texnik vositalarni qo’llashni quyidagi afzalliklari mavjud: 
- qiziqarliligi, o’quvchilar birinchidan texnika vositalarini o’ziga qi-
ziqsa, ikkinchi tomondan uni ishlatishga va unda ko’rsatilgan ma’lumot-
larga qiziqishadi; 


- voqealarni tez rivojlanishi va aniq ko’rsatilishi o’quv materiallarini 
tez o’zlashtirishga yordam beradi. Masalan, tabiiy geografik jarayonlarni 
sodir bo’lishi, tekislik va tog’ relefining turlari va ularning o’ziga xos 
xususiyatlari, tropik o’rmonlarning sharoiti, ishlab chiqarish jarayoni va 
h.k; 
- texnik vositalar orqali murakkab o’quv materialini oson tushuntirish 
mumkin. Masalan, havo massalarini vujudga kelishi, imkoni va antitsik-
lonlarni shakllanishi, tornado, tsunami va boshqa tabiiy geografik jarayon-
larni hosil bo’lishi va ularning oqibatlari; 
- o’quvchilar qabul qilishi murakkab bo’lgan geografik ob’ektlarni 
texnik vositalar orqali osongina bajarish mumkin. Masalan, temir yo’l 
paromi, dengizdagi neft qazib oladigan moslamalar va h.k. 
O’qitishning texnik vositalarini qo’llashda quyidagi qoidalarga amal 
qilinishi lozim: 
- texnik vositalarda ko’rsatiladigan geografik voqea va hodisalar dars 
mavzusiga mos bo’lishi lozim; 
- texnik vositalarni qo’llash oldidan uning ishlash tamoili, mazkur 
darsda nima ko’rsatilishi haqida o’qituvchi axborot bermog’i lozim; 
- o’qitishni texnik vositalari avvaldan ishga tayyorlab qo’yilishi lozim. 
Uni dars jarayonida sozlash o’quv soatini ancha qismini olib qo’yishi 
mumkin; 
- texnik vositalar orqali ma’lum bir mavzuni o’rganishda uni alohida 
qismlarga bo’lish lozim; 
- har bir qismda ko’zda tutilgan material tugallangandan so’ng 
o’qituvchi izoh berishi, namoish qilingan geografik voqea va hodisalarni 
o’quvchilar qanday qabul qilganini tekshirib ko’rishi mumkin. Ko’zda 
tutilgan materiallar namoyish qilib bo’lingandan so’ng o’qituvchi darsni 
yakunlashi lozim; 
- namoish etilgan material aniq va ravshan ko’rinishi lozim. 
Geografiya darslarida foydalaniladigan o’qitishning texnik vositalarini 
quyidagi guruhga bo’lishimiz mumkin: 
- o’qitishni audiovizual vositalari; 
- o’qitishda videotexnika vositalaridan foydalanish; 
- o’qitishda axborot vositalaridan foydalanish. 
O’qitishni audiovizual vositalariga o’quv kinosi, teleeshittirishlar, 
diafilmlar, diopozitivlar, transparantlar kiradi. 


Video texnika vositalariga turli xil videomagnitafonlar kiradi. O’qi-
tishni axborot vositalariga kompyuterlar, internet imkoniyatlari, masofaviy 
o’qitish vositalari kiradi. 
O’qituvchi o’quv yilini boshida texnika vositalardan foydalanish reja-
sini tuzmog’i lozim. Mazkur reja asosida texnika vositalari hafta boshida 
tayyorlab qo’yilmog’i zarur. 

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin