Filmni o’quvchilar o’qituvchi kuzatuvida ko’rishadi. Agar filmni ko’rish
jarayonida nazorat bo’lmasa o’quvchilar filmga diqqat berishmaydi va
boshqa narsa bilan shug’ullana boshlaydilar yoki bir-biri bilan gaplashib
o’tirishadi. Natijada film mazmuni yuzaki o’zlashtiriladi.
Agar film qiziqarli bo’lsa o’quvchilar uni qiziqib diqqat bilan tomosha
qilishadi. Ammo ularni faoliyati shunda ham nazorat qilinsa filmni maz-
munini tahlil qila olishmaydi. Shuning uchun film boshlanishidan oldin
o’qituvchi filmni maqsadini, unda nimalar tasvirlanganini, qanday savol-
larga o’quvchilar javob topishini kirish suhbatida tushuntiradi. Bundan
tashqari o’qituvchi kirish suhbatida filmni qaerlariga e’tibor berishni,
qaerlarini alohida ajratib tahlil qilinishini tushuntradi. Masalan, O’zbekis-
ton tabiiy geografiyasi kursida ‚Qizilqum‛ mavzusini o’tishda quyida-
gilarga e’tibor berish lozim:
- asosiy relef shakllariga;
- o’simlik bilan qoplanish darajasiga;
- hayvonot dunyosiga.
Filmni ko’rish jarayonida o’quvchilar qo’yidagi savollarga javob
berishlari lozim: ‚Barxan nima‛, ‚Qum tepaliklari‛ nima; cho’lda asosiy
transport vazifasini bajaruvchi hayvonni aniqlang.
Geografiya ta’limida o’quv kinofilmlaridan foydalanishni yana bir
asosiy shartlaridan biri o’qituvchini film namoyishida faol ishtirok
etishidir. Eng yaxshi va qiziqarli film bo’lgan taqdirda ham o’qituvchi
darsni boshqarishi shart hisoblanadi. Film namoyishi jarayonida o’qituvchi
ko’rsatilayotgan kinolavhalarga izoh berib borish lozim. Kerakli joylarda
film namoishini to’xtatib bilimlarni chuqurlashtirishi mumkin. Ayrim
nazariy qonun qoidalarni kengroq tushuntirib berishi, so’ngra film
namoyishini davom ettirishi mumkin.
Filmni ko’rish davomida o’qituvchini izohlari o’quvchilarga xalaqit
bermasligi lozim. Shuning uchun faqat kerakli joylaridagina izox berish
lozim. Agar kinofilmda metodik xatolar bo’lsa o’qituvchi uni to’g’rilab
ketishi lozim. Ma’lum bir voqea xodisalarni mohiyatini o’quvchilar yax-
shirioq tushunib olishlari uchun filmni namoyishini biroz to’xtatib turish
mumkin.
Dostları ilə paylaş: