Vaxobov h, mirzamahmudov o. T



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/145
tarix14.12.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#177488
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   145
УКУВ КУЛЛАНМА география методика

Uchinchi bosqichda 
geografiya xonasini keyingi faoliyati davomida 
yetmayotgan jihozlar to’ldiriladi, eskilari yangilanadi, yangi jihozlar 
chiqqan bo’lsa ular olinadi va o’rnatiladi. Kutubxona yangi adabiyotlar 
bilan boyitib boriladi. Bir vaqtning o’zida geografiya xonalaridagi barcha 
o’quv jihozlari tartibga tushiriladi va katalogi tuziladi. O’lkashunoslik 
burchagi yoki muzeyi hamda geografiya maydonchasi jihozlanadi. 
Mazkur ishlarni barchasini geografiya o’qituvchisi o’zining xo’jalik- 
tashkliy faoliyati davomida bajaradi va uning muhim pedagogik 
faoliyatiga kiradi. Geografiya xonasi jihozlanish darajasi o’quvchilarni 
bilish faoliyatini samarasini belgilab beradi. Shuning uchun geografiya 
xonasini jihozlash bo’yicha o’qituvchi aniq rejani ishlab chiqmog’i lozim.
12.3. Geografiya xonasidan o’quv va sinfdan tashqari ishlarda 
foydalanish. 
Hozirgi vaqtda geografiya xonasidan samarali foydalanish muammosi 
hamon dolzarb muammolardan bo’lib turibdi. Chunki geografiya xonasi-
dagi ayrim o’quv vositalari umuman yil davomida foydalanilmaydi, 
ayrimlaridan, masalan, geografik kartalar muntazam foydalaniladi.
Geografiya xonasida joylashgan barcha o’quv vositalaridan dars 
jarayonida samarali foydalanish uchun ularni ta’lim jarayonida bir 
nechtasidan uyg’unlikda foydalanish zarurligini geograf-metodist olimlar 
takidlab o’tishgan (Yu.G. Barinova 1983 y) 
Dars jarayonida o’quv vositalaridan uyg’unlikda foydalanish quyidagi 
samaralarni beradi: 
- geografik ob’ekt, voqea va hodisalar haqida aniq tasavvurlar hosil 
qilishga yordam beradi. Masalan, tabiiy ob’ektlar, audioviziual va ko’rgaz-
mali vositalar; 
- yangi darsni tushunishga va yangi tushunchalarni shakllantirishga 
imkon beradi. Masalan, chizmalar, kartalar, modellar va h.k; 
- olingan bilimlarni amalda qo’llashni taminlaydi. Masalan, ma’lu-
motnomalar, turli xil topshiriqlarni yechish uchun tayyorlangan tarqatma 
materiallar, yozuvsiz kartalar, test topshiriqlari, yozma topshiriqlar va h.k. 
O’quv jihozlari majmualari yoki ularning ayrim qismlari (tarkib-
lari)dan dars jarayonining turli qismlarida foydalanish mumkin (takror-
lashda, yangi mavzuni o’rganishda, olingan bilimlarni mustahkamlashda). 


Bevosita darslardan tashqari geografiya xonasida sinfdan tashqari ishlarni, 
geografiya to’garagi mashg’ulotlarini o’tkazishda, o’lkashunoslik va 
boshqa ishlarni olib borishda ham foydalanish mumkin. 
Geografiya xonasida sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilishda juda 
katta ahamiyat kasb etadi. Geografiya xonasi jihozlaridan foydalanib 
o’quvchilar darsdan tashqari vaqtlarida geografik kechalar, sayohatlar, 
ekursiyalar, tanlovlar rejalarini tuzishlari mumkin. O’quvchilar geografik 
borliq, voqea va hodisalarni modellashtirish, ularni xomaki materiallarini 
yasash ko’nikmalariga ega bo’lishadi, texnik o’quv vositalaridan 
foydalanish malakalariga ega bo’lishadi. 
Geografiya xonasidagi kutubxonadan foydalanib o’quvchilar sinfdan 
tashqari mutoala bilan ham shug’ullanishlari mumkin. Geografiya 
xonasidagi kutubxonalarda adabiyotlar quyidagi yo’nalishlarda saqlanadi: 
ilmiy-geografik, ilmiy-fantastik, ilmiy-ommabop, sarguzasht va badiiy 
adabiyotlar. Geografiya xonasiga keladigan kitoblar mavzular, bo’limlar, 
kurslar bo’yicha guruhlashtiriladi. Har bir kitobga annotatsiya yoziladi. 
Geografiya xonasida to’garak mashg’ulotlari ham o’tkaziladi. 
O’quvchilar mashg’ulot va muxokama o’tkazish uchun turli xil mavzular 
va topshiriqlar beriladi. Geografiya xonasida o’quvchilar okean tubiga va 
Yer qariga sayohat uyushtirishlari, fazoga sayohat qilishlari, tropik 
o’rmonlarda yurishlari, o’z shahri, tumani, viloyati, Pomir va Tyanshan 
tog’lariga sayohatga chiqishlari mumkin. To’garaklarning o’quv qo’llan-
malari va vositalari tayyorlash bo’limi geografiya xonasini yangi o’quv 
vositalari bilan ta’minlashi mumkin. Geografiya to’garagini mazkur 
bo’linmasining ishlariga yuqori sinf o’quvchilarini ham jalb qilish mumkin. 
Bunday sharoitda geografiya xonasida yetishmaydigan jihozlar ro’yxati 
tuziladi va ular o’quvchilar yordamida tayyorlanib joy –joyiga qo’yiladi. 
O’quvchilar tomonidan olib boriladigan o’lkashunoslik materiallari 
geografiya xonasida o’lkashunoslik burchagiga o’rnatiladi va dars jarayo-
nida foydalaniladi. O’lkashunoslik ishlari natijalari tog’ jinslari namuna-
laridan, gerbariylardan, sanoat va qishloq xo’jaligi maxsulotlari namuna-
laridan, hamda diagrammalar, chizmalar, ko’rgazmali qurollardan iborat. 
Ular darsdan va sinfdan tashqi ishlarda foydalanilishi mumkin. 
Geografiya xonasida fakultativ mashg’ulotlar ham o’tkazish mumkin. 
Fakultativ mashg’ulotlar topografiya, ekologiya, geologiya asoslari va 
boshqa fanlardan o’tkazilishi mumkin. Topografiyadan fakultativ mash-
g’ulotlar o’tkazish uchun geografiya xonasida tapografik asbob uskunalar 


(astrolyabiya, nivelir, reyka), topografik karta, kurvimetr, transportir, uglo-
mer va boshqa jihozlar bo’lmog’i lozim. Geografiya darslaridan fakultativ 
mashg’ulotlar o’tkazish uchun geografiya xonasida quyidagi jihozlar 
bo’lmog’i lozim: tog’ jinslari namunalari; toshqotgan o’simlik va hayvonlar 
namunalari; geologik kesmalar; geoxronologik jadval; turli xil geologik 
davrlarda yashagan o’simliklar va hayvonot dunyosi rasmlari va h.k. 

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin