Vaxobov h, mirzamahmudov o. T


Geografiya darslarda diagramma va grafiklardan foydalanish



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/145
tarix14.12.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#177488
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   145
УКУВ КУЛЛАНМА география методика

Geografiya darslarda diagramma va grafiklardan foydalanish. 
Geografiya ta’limida diagramma va grafiklardan keng foydalaniladi. 
Diagramma va grafiklar orqali bir geografik ob’ektni boshqasiga nisbatan 
katta yoki kichkina ekanligi, bir tarmoqlarni iqtisodiy ko’rsatgichidan 
yuqori yoki pastligini ko’rsatish mumkin. 
Diagramma va chizmalarni o’qish, o’rganish va tahlil qilish 
metodikasi umumiy xususiyatlarga ega. Diagramma va chizmalar bilan 
ishlash texnologiyasi quyidagi qismlardan iborat: 
- o’quvchilarga diagramma va chizmalarni ahamiyatini tushuntirish; 
- diagramma va chizmalarni tuzishni o’rganish; 
- geografik ko’rsatkichlarni diagramma va chizmalarda tasvirlash 
bo’yicha o’quvchilarga topshiriqlar berish. Masalan, 5-sinf o’quvchilari 


havo haroratini chizmasini, bulutsiz va bulutli kunlar diagrammasini 
tuzishlari mumkin; 
- diagramma va chizmalarni o’qishga va tahlil qilishga o’rgatish. 
Avval diagramma va chizmada nima tasvirlanganligini tushuntiriladi. 
So’ngra diagramma va chizmada tasvirlangan sonlarni o’qishga va tahlil
qilishga o’rgatiladi. Diagramma yoki chizmada ko’rsatilgan geografik 
ko’rsatkichlarni yillar bo’yicha o’zgarishini tahlil qilib ma’lum bir 
ko’rsatkichni o’sish yoki o’zgarish qonuniyatlarini aniqlanadi; 
- diagramma va chizmalarni tahlil i asosida xulosalar qilishni o’rgatish. 
Masalan, havo harorati chizmasini tahlil qilganda oylik va yillik o’rtacha 
harorat, eng yuqori va eng past harorat haqida xulosalar qilinadi. Yoki 
bo’lmasa ma’lum mamlakatlarda ishlab chiqilgan yalpi miqdorni taqqoslab 
yalpi maxsulot miqdori bo’yicha mamlakatlar jadvalini tuzish mumkin. 
Statistik jadvallar bilan ishlash texnologiyasi. 
Jadvallar maktab 
geografiyasida keng qo’llaniladi, ayniqsa iqtisodiy va ijtimoiy geografiya 
kurslarida. 
SHu munosabat bilan maktab geografiya darsliklarida keltirilgan 
jadvallarni quyidagi yirik ikki guruhga bo’lishimiz mumkin: tabiiy 
geografiya kurslarida keltirilgan jadvallar; iqtisodiy va ijtimoiy geografiya 
kurslarida keltirilgan jadvallar. 
Tabiiy geografiya kurslarida jadvallar ko’proq ilova shaklida beriladi. 
Masalan. 7-sinf geografiya darsligining ilova qismida quyidagi jadvallar 
berilgan: O’rta Osiyodagi eng baland cho’qqilar; O’rta Osiyodagi eng 
chuqur botiqlar; yirik daryolar; ko’llar; suv omborlari; qo’riqxonalar; yirik 
konlar. 
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kurslarida jadvallar juda keng 
qo’llaniladi, shuning uchun ularda matnda va ilovada ham jadval berilgan. 
Statistik jadvallar bilan ishlash quyidagi tartibda olib boriladi: 
- jadvalni nomini o’qish; 
- jadvaldagi ko’rsatkichlarni o’lchov birliklarini tushuntirish; 
- jadvallarni qatorlarini va ustunlarini nomlarini o’qish; 
- qator va ustunlardagi raqamli ko’rsatgichlarni solishtirish; 
- jadvalda berilgan ma’lumot haqida xulosa qilish. 
Jadvallarni o’qishga o’rgatish quyidagi qismlardan iborat: 
- o’qituvchi ijtimoiy - iqtisodiy geografiya kurslarida jadvallarni 
ahamiyatini tushuntiradi va jadvallarni tuzish haqida ma’lumotlar beradi; 


- jadvalni o’lchov birliklari haqida ma’lumot beradi. O’lchov 
birliklarini natural va nisbiy ekanligi tushuntiriladi; 
- shundan so’ng o’qituvchi jadvalni o’qish usullari bilan tanishtiradi. 
Qaysi hollarda ustundagi, qaysi hollarda qatordagi raqamlarni o’qish 
tushuntiriladi. Jadvalni qatordagi raqamlarini unda mamlakatlarning 
maydoni berilganda o’qiladi; 
- o’quvchilarga jadvallar bilan ishlash bo’yicha mustaqil ishlar berish. 
Bundan tashqari o’qituvchilar iqtisodiy hisoblar olib borish 
ko’nikmalarini ham shakllantirish lozim. Masalan, maydon birligiga to’g’ri 
keladigan aholi soni, jon boshiga maxsulot ishlab chiqarish, o’rtacha yillik 
harorat va h.k. 

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin