Vaxobov h, mirzamahmudov o. T


 Statik proektsiya vositalaridan foydalanish



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/145
tarix14.12.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#177488
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   145
УКУВ КУЛЛАНМА география методика

3.2.2. Statik proektsiya vositalaridan foydalanish. 
Statistik proektsiya vositalariga diafilmlar, diapozitivlar, kodoskoplar 
kiradi. Ulardan dars jarayonida foydalanish o’quvchilarni bevosita 
bilimlarni qabul qilishini kuchaytiradi, tasavvurlarni shakllanishiga imkon 
beradi, geografik voqea va hodisalar orasidagi aloqa va qonunyatlarni 
chuqur tushinishga imkon beradi. 
Maktab geografiyasining deyarli barcha mavzulari ayniqsa tabiiy 
geografiya predmetlarida diafilm yoki diapozitivlarda aks etgan. Diafilm-
larni yuqori darajadagi ko’rgazmaliligi quyidagilarda namoyon bo’ladi: 
- darslikning mavzulariga mos kelishi; 
- xujjat (dalil) asosida ekanligi (fotorasmlar, chizmalari va boshqalar); 
- tasvirni aniqligi va yorqinligi; 
- ko’rsatilayotgan geografik voqea va hodisalarni kerakli o’lchamda 
kattaytirish yoki kichraytirish imkonini mavjudligi; 


- tasvirni qancha vaqt kerak bo’lsa shuncha namoyish qilish imkoni 
borligi.
Geografiya ta’limi sohasida ishlab chiqarilgan diafilmlar va diapo-
zitivlar ko’pincha rangli qilib chiqariladi, bu esa o’quvchilarni bilim 
faoliyatini jadallashtiradi. 
Diafilmlardan foydalanib dars o’tishda o’qituvchi quyidagi talablarga 
javob berish lozim: 
- statistik proektsiya vositalarini dars rejasiga kiritish; 
- darsni maqsadini ishlab chiqish ya’ni diafilm bilan o’tkaziladigan 
darsni maqsadini ishlab chiqish; 
- mavzu bo’yicha kadrlarni tanlash. Tanlangan kadrlar (lavhalar) 
o’quvchilar tomonidan bilimlarini o’zlashtirishiga yoki ularni mustahkam-
lashga imkon yaratishi lozim; 
- kadr (lavha)da namoyish etilayotgan bilimlar o’quvchilar tomonidan 
o’zlashtirilishi uchun o’qituvchi kirish so’zini amalga oshirishi lozim. Agar 
namoyish etilayotgan lavhada beriladigan bilimlar sodda va oson bo’lsa 
kirish so’zi qisqa, murakkab bo’ladigan bo’lsa kirish so’zi kengroq 
bo’lmog’i lozim; 
- o’quv vositasidan foydalanishdan ko’zlangan maqsadga erishish 
uchun o’qituvchi quyidagi ishlarni amalga oshirishi lozim; diafilm yoki 
diapozitivda namoyish etiladigan lavhalarni chuqur o’rganishi lozim; 
lavhalarni dars jarayonida namoyish qilish rejasini ishlab chiqmog’i zarur; 
har bir namoyish qilinadigan kadrlar uchun izohlar va savollar tizimini 
ishlab chiqishi lozim; lavhadagi tushunarsiz va notanish so’zlarni tanlab 
olib ularga izoh berish lozim; 
- o’quvchilarni fikrlash faoliyatini faollashtirish uchun namoyish 
qilinadigan lavhaga quyidagicha topshiriqlar tuziladi: savollarga javob 
bering; chizmani tuzing; reja tuzing va x.k.; 
- namoyish etiladigan lavha mavzuni eng muhim qirralarini ochib 
bermog’i lozim. Ikkinchi darajali qismlarga kamroq e’tibor berilishi zarur; 
- lavhani tagidagi yozuvlar o’qituvchini so’zlarini eshitishga xalaqit 
berishi mumkin. Shuning uchun iloji boricha ular ko’rsatilmasdan pastga 
tushirib qo’yilishi mumkin: 
- sinf bilan aloqani uzmaslik uchun lavhaning boshi va oxiri 
ko’rsatilmaydi. 



Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin