Vaxobov h, mirzamahmudov o. T


Tayyor videokassetalardan foydalanish



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/145
tarix14.12.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#177488
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   145
УКУВ КУЛЛАНМА география методика

Tayyor videokassetalardan foydalanish.
Geografiya predmetlari 
mavzulari bo’yicha videokassetalar kartotekasini tashkil qilish mumkin. 
Hozirgi davrda har bir geografiya xonasida albatta videomagnitafonlar 
bo’lishi zarur. Ma’lum bir mavzuni o’rganayotganda unga mos bo’lgan 
videokassetani olib namoyish qilish mumkin. 
Televideniyadan foydalanishga qo’yiladigan talablar quyidagilardan 
iborat: 
- namoyish etiladigan telelavha dars mavzusiga mos bo’lishi shart; 
- videomagnitafon va televizor bir kun oldin tayyorlab qo’yilishi 
lozim; 
- namoyish etiladigan videolavhalar aniq va ravshan ko’rinmog’i 
lozim; 
- video lavha dars vaqtini to’la ishg’ol qilishi lozim emas. Darsni 
boshida va oxirida o’qituvchini izoxi va tushuntirishi uchun hamda 
xulosasi uchun vaqt qoldirishi lozim; 
-video darslarni ko’rish o’qituvchi nazoratida olib borilishi lozim; 
Bundan tashqari geografiya darslarida radio eshittirishlardan, 
magnitafon yozuvlaridan ham foydalanish mumkin. 
13.3. Geografiya ta’limida axborot texnologiyalaridan foydalanish. 
Umumta’lim maktablarini hamda akademik litsey va kasb-hunar 
kollejlarini axborotlashtirish zamonaviy ta’limning barcha soxalarini eng 
muhim va dolzarb vazifalardan biri bo’lib qolmoqda. Hozirgi vaqtda bilim 
olishni axborotlashtirish va axborot vositalaridan foydalanishni tashkil 
etish bo’yicha juda ko’p ishlar amalga oshirilgan. 
Umumta’lim maktablarini axborotlashtirish murakkab masalalardan 
bo’lib hisoblanadi. Chunki axborot vositalarini takomillashtirish va 
yangilarini ishlab chiqish bo’yicha muntazam ilmiy-tadqiqot va tajriba -
sinov ishlari olib boriladi. Buning natijasida axborot vositlarini yangi 
modellari vujudga keladi. Shuning uchun o’quv muassasalarini axborot-


lashtirish uchun doimo axborot vositalarini yangilab turish lozim. Buning 
uchun esa moddiy mablag’lar zarur. 
Ta’lim sohasini axborotlashtirish natijasida qator atama va tushun-
chalar vujudga keladi. Ammo maktablarda kompyuterlarni paydo bo’lishi 
bilan vujudga kelgan tushuncha va atamalar bir tekisda va mazmunda 
emas. Bunda so’z ‚Kompyuterlashtirish ‛ va ‚Axborotlashtirish‛ tushun-
chalari haqida boradi. Ba’zi hollarda ikkala atamadan u yoki bunisi 
ishlatiladi. 

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin