Geografiya darslari aniq tarbiyaviy maqsadga yo’naltirilgan bo’lmog’i
lozim. Bu esa o’quvchilarni vatanparvarlik, aqliy, g’oyaviy-siyosiy jihatdan
tarbiyalashga imkon beradi. Geografiya darslari olamning yaxlitligi g’oya-
sini shaklantirishga, geografik voqea va hodisalar hamda xo’jalik faoliyati
orasidagi sabab va oqibatlarni ochishga yo’naltiradi. Darsning tarbiyaviy
vazifalariga Vatanimizni mustaqillik davrida rivojlanishini o’rganish,
mustaqil mamlakatimizning erishgan yutuqlarini bo’rttirib ko’rsatish, fan,
madaniyat va sport soxasidagi yutuqlarimiz ruxida tarbiyalash katta
samara beradi.
Darsning aniq vazifalari undan oldinga va keyingi darslarni maqsad-
lari bilan bog’langan bo’lmog’i lozim. Darsni maqsadi va vazifalariga
misollar keltiramiz. ‚O’rta Osiyoning relefi va foydali qazilmalari‛ mav-
zusida (7-sinf) quyidagi vazifalarni ko’rish mumkin: yirik relef shakllarini
joylashish xususiyatlari va sabablarini ochib berish; yirik relef shakllari
haqida bilimlarni kengaytirish; cho’l relef shakllarini hosil bo’lishida
shamolni o’rni va ahamiyatini ochib berish; relefni hosil bo’lishida va
rivojlanishida ichki va tashqi kuchlarni o’zaro ta’siri g’oyasini yanada
rivojlantirish; O’rta Osiyo foydali qazilma konlarini joylashishini o’rganish
va ularni hosil bo’lishini yer po’sti tuzilishi bilan bog’liqligini ochib berish;
karta asosida relefga tavsif berish ko’nikmalarini shaklantirishni davom
ettirish (Dushina, 1985)
Dostları ilə paylaş: