Vaxobov h, mirzamahmudov o. T


Geografik bilimlarni hayot bilan bog’lash



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/145
tarix14.12.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#177488
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   145
УКУВ КУЛЛАНМА география методика

Geografik bilimlarni hayot bilan bog’lash
geografiya darslariga 
qo’yiladimgan asosiy talablardan biri bo’lib hisoblanadi. Geografiya 
predmetlarida beriladigan bilimlarning deyarli barchasi xayot bilan 
bog’langan. Atrof muhitni muhofaza qilish, siyosiy, iqtisodiy soha bo’yicha 
davlat qarorlari geografik bilimlarni hayotga bog’lash uchun asos bo’lib 
hisoblanadi. 
Masalan, atmosfera mavzusini o’tishda atmosfera xavosini muxofaza 
qilish va qo’riqlash bo’yicha davlat qarorlariga suyanmoq lozim. O’zbe-
kiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasini o’rganishda mamlakatimiz 
prezidenti asarlari, davlat qarorlariga asoslanmoq zarur. Mazkur material-
lardan dars jarayonida foydalanish uchun mavzu mazmuniga mos bo’lgan 
ma’lumotlarni topmoq lozim. Shundagina o’quvchilar olgan bilim va 
ko’nikmalarni hayot bilan bog’lay oladi. 
Darsni kasbga yo’naltirilganligi.
Geografik bilim va ko’nikmalarni 
egallash jarayonida o’quvchilar juda ko’p kasblar bilan tanishadi. Masalan, 
‚Boshlang’ich tabiiy geografiya‛ kursida ‚plan va karta‛ mavzusi 
o’tilganida geodezist va topograflar kasbi haqida, litosferani o’rganishda 
geologlar kasbi haqida, gidrosferani o’rganishda gidrolog kasbi, iqtisodiy 
geografiya darslarida iqtisodchi va boshqa kasblar haqida bilimlar va 
ma’lumotlar beriladi. Bundan tashqari har bir materikni tekirilish tarixini 
o’rganganda sayyohlar va olimlar haqida ham ma’lumotlar beriladi. 
Olimlar kasbi haqidagi ma’lumotlar turli xil qonun va qonuniyatlarni 
ochgan olimlarini hayoti va faoliyatini o’rganishda berib boriladi. 
Dars tuzilishini aniqlash
ham asosiy talablardan biri bo’lib hisob-
lanadi. Dars tuzilishini aniqlashga quyidagilar kiradi: a) darsni turini 
tanlash. O’quv materialini mazmuniga ko’ra ma’lum bir dars turi 
tanlanadi. Quyi sinflarda ko’proq aralash dars turiga e’tibor beriladi, ya’ni 


o’tgan darsni takrorlash, yangi darsni o’qitish, o’rganilgan darsni mus-
tahkamlash va uyga vazifa berish; darsning alohida qismlarini asoslash va 
ular orasidagi bog’liqliklarni bo’rttirib ko’rsatish; Masalan, ‚Boshlang’ich 
tabiiy geografiya‛ kursida ‚Masshtab‛ mavzusini o’rganganda uni qu-
yidagi qismlarga bo’lish mumkin: masshtab xaqidagi umumiy tushuncha, 
sonli masshtab; chiziqli masshtab; so’zli masshtab; masshtab bilan ishlash. 
Darsning tuzilishi uning ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlari bilan xamda 
ulardan oldingi va keyingi darslar bilan bog’liqligi bilan aniqlanadi. 

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin