Vaxobov h, mirzamahmudov o. T



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/145
tarix14.12.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#177488
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   145
УКУВ КУЛЛАНМА география методика

Yangi mavzuni o’rganish. 
Deyarli barcha darslarda yangi mavzuni 
o’tish qismi albatta bo’ladi. Yangi mavzuni o’tishda yangi bilimlar, 
ko’nikma va malakalar shakllantiriladi. Darsga ajratilgan vaqtning katta 
qism yangi mavzuni o’rganishga sarflanadi. Yangi mavzuni mazmuni va 
xajmi o’quv dasturlarida berilgan bo’ladi, darsliklarda esa ular 
aniqlashtiriladi. Dastur o’qituvchi uchun asosiy vosita bo’lib hisoblanadi. 
Yangi darsning mazmuni o’qituvchi tomonidan tanlab olinadi. Bunda 
mavzu bo’lim yoki butun kursni o’quv maqsadlaridan kelib chiqdi. 
O’qituvchi uchun dasturda yangi materialni o’tish uchun asosiy va 
qo’shimcha materiallar tizimi beriladi. Qo’shimcha materiallarga turli xil 
daliliy ma’lumotlar kiradi. Ular mavzuni asosiy mazmunini ochib berishga 
xizmat qiladi. Yangi mavzuni o’rganish natijasida o’quvchilarni bilimi 
kengayadi va chuqurlashadi, o’rganilayotgan voqea va hoisalarni moxiyati 
ochib beriladi. Geografik bilimlar va ko’nikmalarni amaliy tomonlari 
ko’rsatiladi. Yangi mavzuni o’rganish ilgari olingan bilimlarga tayangan 
holda amalga oshiriladi. Demak, xar bir mavzuni o’rganayotganda 
predmetlararo va ichki predmetlararo aloqalar ochib beriladi. Masalan, VI 
va VII sinflarda har bir materikni va yirik o’lkalarni relefini o’rganishda V-
sinfda litosfera mavzusida o’tilgan bilimlarga suyanadi. 
Olingan bilim va ko’nikmalarni mustahkamlash
geografiya darsla-
rini asosiy qismlaridan biri hisoblanadi. O’quvchilar bilimini mustah-
kamlash ikki usulda olib boriladi: bosqichli, yakuniy. 
Geografiya darslarida ko’proq bosqichma - bosqich bilim va 
ko’nikmalarni mustahkamlash keng tarqalgan. Bunda o’rganiladigan yangi 
mavzu bir necha mantiqiy qismlarga bo’linali. Har bir qismni o’tib 
bo’lingandan so’ng olingan bilimlar mustahkamlanadi. Masalan, V-sinfda 
masshtab mavzusini; o’rganishda uni quyidagi mantiqiy qismlarga 
bo’lishimiz mumkin: masshtab nima; sonli masshtab; chiziqli masshtab; 
so’zli masshtab. Demak, ushbu mavzuni o’rganishda o’qituvchi masshtab 
haqida tushuncha beradi va uni mustahkamlaydi. So’ngra sonli, chiziqli va 
so’zli masshtablarni tushuntirib olingan bilimlarni yangi misollarni 
o’quvchilarga yechtirish orqali mustahkamlaydi. 
Olingan bilimlarni bir necha usullar yordamida mustahkamlash 
mumkin: test topshiriqlari; amaliy ishlar; mustaqil ishlar va h.k 


O’quvchilar bilim va ko’nikmalarini bosqichma-bosqich mustahkam-
lash bilan birga yakuniy mustahkamlash xam mumkmn. Bunda o’quv-
chilarga tarqama material berish, yoki bo’lmasa 3-4 ta o’quvchidan og’zaki 
so’rash orqali xam bilimlarni yakuniy mustahkamlash mumkin. Shundan 
so’ng o’quvchilar bilimlariga qo’yilgan baholar e’lon qilinadi, ularning 
kamchiliklar to’g’rilaniladi va dars yakundanadi. 

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin