- mazkur kurs uchun nashr qilingan metodik qo’llanmalarda xar bir
mavzu yoki bo’limni o’qitish metodikasi bo’yicha tavsiyalar berilgan.
Demak, darslik bilan birga metodik qo’llanma ham dars mazmunini ishlab
chiqishda asosiy manba bo’lishi mumkin;
- qo’shimcha adabiyotlar dars mavzusi mazmunini ishlab chiqishda
muxim manba bo’lib hisoblanadi. Masalan, O’zbekiston iqtisodiy rayon-
larini o’rganayotganda har bir viloyat bo’yicha chiqarilgan kitob va
risolalardan foydalanish mumkin. Materiklar va okeanlar kursini o’rga-
nayotganda har bir materik yoki okean tabiiy sharoitiga bag’ishlangan
kitoblardan foydalanish mumkin;
- kundalik matbuot. Radio va tilevideniya ma’lumotlaridan ham dars
mazmunini ishlab chiqishda foydalanish mumkin;
- dars yanada qiziqarliroq o’tishini ta’minlash uchun sayyoxlar va
olimlarning esdaliklari, turli xil xalqlarning urf-odatlari haqidagi
ma’lumotlardan foydalanish ham katta natija beradi.
Dastlab darsni ta’limiy va g’oyaviy mazmuni ishlab chiqiladi. Dars
nixoyatda murakkablashib, materiallar ko’payib ketmasligi uchun o’quv
mavzusi mazmuni ishlab chiqilayotganda asosiy, ikkinchi darajali va
qo’shimcha materiallar ajratiladi. Ikkinchi darajali va qo’shimcha mate-
riallar darsni asosiy mazmunini oydinlashtirish va chuqurlashtirish
maqsadida ishlatiladi. Ayrim xollarda darsda ko’zlangan materiallarni
o’rganib bo’lmaydi, bunday xollarda qolgan material uyga vazifa sifatida
beriladi va uni o’quvchilar mustaqil o’rganishadi.
Dars mazmuni ishlab chiqilagandan so’ng o’qituvchi uni bayon qilish
rejasini ishlab chiqadi.
Dostları ilə paylaş: