Bunda o’yinlardan foydalanish katta samara beradi, chunki bunday
sharoitda o’quvchilar toliqmaydi va kerakli bilim va ko’nikmalarni tez
o’zlashtiradilar.
Dars uchun o’quv vositalarini tanlash
ham muhim ishlardan
hisoblanadi. O’quv vositalarini tanlash o’qituvchi uchun uncha murakkab
bo’lmagan ish hisoblanadi, chunki dasturda har bir mavzu bo’yicha zarur
bo’lgan o’quv vositalarining turlari berilgan bo’ladi. O’qituvchini vazifasi
ulardan darsning qaysi qismida va qanday foydalanishni aniqlash
hisoblanadi. O’quv vositalari bo’yicha savollar va topshiriqlar ishlab
chiqiladi. Bu esa o’quvchilarni bilim va ko’nikmalarini egallashlarini
osonlashtiradi. O’quv vositalarini tanlaganda quyidagilarni hisobga olish
zarur:
- o’quv vositalari darsni mazmuniga mos bo’lishi lozim;
- o’quv vositalari tanlangan o’quv metodi mazmunini to’ldirishi zarur;
- o’quv vositalari o’quvchilarni yoshiga va qobiliyatlariga mos tushishi
lozim;
- o’quv vositlari amaliy va mustaqil ishlarni olib borish uchun imkon
yaratishi lozim;
-o’quv vositalari o’quvchilarni bilim va ko’nikmalarini egallashlarini
osonlashtirishi lozim.
Dostları ilə paylaş: