Vaxobov h, mirzamahmudov o. T


 Yangi mavzuni o’rganish darsi



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/145
tarix14.12.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#177488
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   145
УКУВ КУЛЛАНМА география методика

 15.3. Yangi mavzuni o’rganish darsi. 
Mazkur dars turi to’la yangi mavzuni o’tishga bag’ishlanadi. Shuning 
uchun unda uyga berilgan vazifani tekshirish va baholash qismi bo’lmaydi. 
Mazkur dars quyidagi hollarda qo’llaniladi: 
- darsni xajmi katta bo’lgan taqdirda; 
- dars murakkab bo’lgan taqdirda. 
Mazkur darsda bilimlar chuqur va har tomonlama ochib beriladi. 
Mazkur darslar uchun mavzuni o’qituvchi oldindan tanlab oladi va unga 
tegishli o’quv vositalarini tayyorlaydi. 
Ushbu darslarda asosiy o’qitish metodi bo’lib tushuntirish hisoblanadi. 
Bunda o’qituvchi sinf taxtasidan, kartalardan, chizmalardan, rasm va 
jadvallardan hamda qo’shimcha adabiyotlardan foydalanishi lozim. 
O’tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida o’quvchilarga qator 
topshiriqlar berish mumkin. Bunda ular olgan bilimlarni amalda qo’lla-
shadi, yoki bo’lmasa bir necha vazifalarni bajarishni topshiriq sifatida 
berish mumkin. Bu esa yangi materiallarni o’zlashtirishni osonlashtiradi. 
Masalan, dunyo siyosty kartasini o’rganayotganda tarixiy va siyosiy kar-
tadan foydalanib qo’yidagi vazifalarni o’quvchilarga topshirish mumkin: 
-XX asrning boshigicha dunyoda qanday yirik davlatlar bor edi; 
-XX asrning boshlarida Afrikada qanday mustaqil davlatlar mavjud 
edi; 
-birinchi jahon urushidan so’ng jahon siyosiy kartasidan qanday 
davlatlar davlat sifatida yo’q bo’ldi; 


-ikkinchi jahon urushidan so’ng qanday mustaqil davlatlar vujudga 
keldi; 
-XX asrning oxirida qaysi davlatlar parchalanib ketdi va qanday yangi 
davlatlar paydo bo’ldi va x.k. 
Yangi mavzuni o’rganish darsi qo’yidagi tarkibiy qismlardan iborat: 
darsni maqsadini aniqlash; yangi mavzuni tushuntirish davomida 
o’quvchilarni bilish faoliyatini tashkil qilishi lozim; mavzuni alohida 
mantiqiy qismlari bo’yicha umulashtirish va mustahkamlash; o’zlashti-
rilgan bilim va ko’nikmalarni amalda qo’llash bo’yicha o’quvchilarga 
topshiriqlar berish; uyga vazifa berish. 
Mazkur darslarda quyidagi mavzularni o’rganish mumkin; ‚Er po’s-
tining tuzulishi (V-sinf); ‚O’rta Osiyoning tabiiy geografik rayonlashtirish‛ 
‚O’zbekistonni iqtisodiy rayonlashtirish‛ (VIII-sinf); ‚Jahon siyosiy karta-
si‛, ‚Jahon tabiiy resurslari‛, ‚Jahon aholisi ‛va x.k. 

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin