Vaxobov h, mirzamahmudov o. T


Transport korxonalarini o’rganish



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/145
tarix14.12.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#177488
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   145
УКУВ КУЛЛАНМА география методика

Transport korxonalarini o’rganish. 
Transport korxonalarini o’rganish 
o’lkashunoslik tadqiqotlarida muhim ahamiyatga ega. chunki turistik 
sayohatlarda tadqiqot ishlarining muvaffaqiyatli chiqishi transport 


yo’llarini joylanishi va ulardan ekspeditsiya a’zolarini qanday foydalanish 
darajasiga bog’liq.
 
Transport korxonalari quruqlik, suv, havo, quvur turlariga bo’linadi. 
Quruqlik transporti o’z navbatida quyidagi guruhlarga bo’linadi: 
temir yo’l, avtomobil. 
Transport korxonalari o’rganilganda quyidagi holatlarga e’tibor 
beriladi. 
1. Tabiiy sharoitni transportni turli xillariga ta’siri. Tekislik, tog’lar, 
qumlar, daryolar. Botqoqlar, o’rmonlar va boshqa tabiiy sharoitlar 
transport korxonalarini rivojlanishiga turlicha ta’sir ko’rsatadi. 
2. Transport korxanalariga tarixiy-geografik tavsif berish. Bunda quyi-
dagilarga e’tibor beriladi: 
-transport korxonalarining qurilish tarixi va ularning sabablari; 
-transport korxonalarini iqtisodiy vazifalari. Mazkur vazifalar xalq 
xo’jaligini turli tarmoqlari orasida aloqalarni amalga oshirishda namoyon 
bo’ladi. Masalan, yuklarni tashish, yo’lovchilarni tashish; 
-transport korxonalarini tashish vazifalari, yuklarni bir transport 
turidan ikkinchi transport turiga ortishdan iborat. Masalan, kemalardan 
poezdlarga, poezdlardan avtomobillarga va h.k.; 
-transport korxonalarining texnik vazifalari harakatdagi transport 
vositalarini texnik ta’minotini amalga oshirishdan iborat: 
Transport korxonalarini o’rganishni temir yo’l stantsiyalari misolida 
ko’rib chiqamiz. 
Bajaradigan vazifalariga ko’ra temir yo’l stantsiyalari va tugunlari 
quyidagi turlarga bo’linadi: 
1. Murakkab tugunlar. Ularning vazifalari turlicha bo’ladi. Har bir 
tugun alohida vazifani bajaradigan stantsiyalarga bo’linib ketadi. 
2. Iqtisodiy vazifalarni bajaruvchi stantsiyalar va tugunlar. Ular 
quyidagi guruhlarga bo’linadi:
-sanoat markazining tugunlari va stantsiyalari; 
-tog’-kon sanoatiga xizmat qiluvchi stantsiyalar; 
-sanoat va qishloq xo’jaligi bilan bog’langan stantsiyalar; 
-asosan qishloq xo’jaligi bilan bog’liq bo’lgan stantsiyalar. 
3. Texnik vazifalarni bajaradigan stantsiyalar. Bunga lokomativ va 
vagonlar depolari bor stantsiya va tugunlar kiradi. 
4. Kurortga xizmat qiluvchi stantsiyalar. 
5. Xalqaro savdo va madaniy aloqalarga xizmat qiluvchi stantsiyalar. 


6. Shahar atrofida yo’lovchilar tashuvchi stantsiyalar. 

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin