Temir yo’l stantsiyalari quyidagi tartibda o’rganiladi:
1. Temir yo’l stantsyalarining geografik joylashishi. Stantsiyalar
atrofidagi yo’llar, yo’llar soni va yo’nalishni tavsifini tuzish.
2. Stantsiyadagi inshoatlar va ularning vazifalari.
3. Platformalar, ularning vazifalari va o’lchamlari.
4. Stantsya atorfidagi temir yo’llar, relslar, ularning yog’ochli yoki
betonli shpalarga yotqizilishi va ularni mustahamlanishini, relslarni
o’lchamlari.
5. Stantsiya darvozasi va uning ahamiyati.
6. Yo’lovchi va yuk tashiydigan poezdlarni shakllanishini tashkil
qilish.
7. Stantsiyalarning ish faoliyati: poezdlarni qabul qilish va jo’natish,
yuklarni saqlash va berish ishlarini tashkil qilish.
8. Yuklarni qabul qilish va jo’natish, yuklash va yuk tushirish ishlarini
tashkil qilish. Ishlarni mexanizatsiyalash darajasi.
9. Stantsiyaga kelayotgan va stantsiyadan ketayotgan asosiy yuk turi.
10. Yo’lovchi oqimi o’lchamari. Kelayotgan va ketayotganlar soni.
11. Stantsiya ishchi xodimlari. Mutaxasisliklar bo’yicha tarkibi.
Xizmatlarning umumiy soni.
12. Madaniy-oqartiruv muassalari.
13. Korxonaning rivojlanish tarixi.
16.5.Tarixiy geografik va o’lkashunoslik sayohatlari.
Tarixiy geografik o’lkashunoslik maktablarda, kasb-hunar kollejlarida
o’quvchilarni shaxs sifatida shakillanishida muhim rol o’ynaydi. O’lkashu-
noslik tadqiqotlarida o’quvchilar quyidagi faoliyatni amalga oshirishadi.
O’lkashunoslik sayohatlari davomida o’lkashunoslar o’lka to’g’risidagi
alohida tarixiy vaqealar va ma’lumotlar xaqida bilimlarga ega bo’lishadi.
Mazkur faoliyat ma’naviy yo’nalishiga ega va turli xil murakkablikka
ega bo’lgan darajalardan iborat. Masalan, o’lka haqida oddiy bilimlardan
tortib ekspeditsiyalarda olingan murakkab bilimlarga ega bo’ladilar.
O’zgartiruvchi faoliyati. Mazkur faoliyat davomida amaliy-ma’naviy
qadriyatlar barpo qilinadi (ko’rgazmalar, tarixiy o’lkashunoslik burchak-
lari, maktab muzeylari, memorial taxtalarni tashkil qilish).
Qadriyatlarga yo’naltirilgan faoliyat ham asosan ma’naviy xususiyatga
ega. mazkur faoliyat natijasida har qanday shaxs o’zi uchun va jamiyat
uchun u yoki bu tarixiy ma’lumotlarni voqealarni, kishilarni qahramonli-
gini ahamiyatini anglaydi. Qadriyatlarga yo’naltiriigan faoliyat ma’naviy
qadriyatlarini ishlab chiqaruvchi shaklida ularni iste’molchisi sifatida ham
namoyon bo’ladi. Masalan, urf-odatlarni avloddan-avlodga o’tishi. Bunda
katta avlod ma’naviy qadriyatlarni ishlab chiqaradi, yosh avlod esa uni
iste’mol qiladi.
Mazkur faoliyat o’lka tarixi haqida yangi bilimlarni olish jarayonida
juda katta axamiyatga ega bo’ladi. O’lka tarixi haqida topilgan har qanday
yangi ma’lumot o’lka haqidagi yangi bilim hisoblanadi.
Kommunikativ faoliyat o’lkashunoslikda o’zaro aloqa, munosabat,
ko’nikma va malakalarni shakilantiradi va rivojlantiradi. Hayotni xar
qanday bosqichida mustaqil ravishda shaxsiy aloqalarni o’rganishga
imkon beradi.
Yuqoridagi keltirilgan tarixiy-o’lkashunoslik faoliyatining hamma
turlari bir-biri bilan chambarchas o’zaro bog’langan va yaxlit faoliyat turi
sifatida namoyon bo’ladi. Masalan, maktabda yoki joyda o’lkashunoslik
muzeyini tashkil qilish davomida memorial taxta o’rnatish o’zgartirish
faoliyatiga kiradi, uni o’rganish uchun yangi bilimlar olish bilish faoli-
yatiga kiradi, mazkur bilimlar ichidan eng muximini tanlab olish qadriyat-
lar faoliyatiga, shaxslar bilan bo’laigan muloqatlar esa kommunikativ
faoliyatga kiradi.
O’lka tarixi o’lkashunoslikning murakkab faoliyatiga kiradi. Bunda
tarixiy materiallarning xajmi katta tarixiy davrni o’z ichiga oladi.
Tarixiy geografik o’lkashunoslikning asosiy ob’ektlari bo’lib quyida-
gilar hisoblanadi:
- o’lkaning qadimgi davrlardagi tarixiy voqealar;
- o’lkada o’rta asrlarda sodir bo’lgan tarixiy voqealar;
- o’lkani mustamlaka yillardagi tarixiy voqealari;
- o’lka arxeologik sharoiti;
- o’lkani etnografik sharoitini o’rganish.
O’lkashunoslikdagi arxeologik yo’nalish joydagi yoki o’lkadagi
arxeologik yodgorliklarini joylanishi, saqlanish sharoiti, turi aniqlanadi.
Topilgan moddiy ashyolar asosida o’lkani qadimgi tarixi tiklanadi.
Etnografik o’lkashunoslikni ob’ekti bo’lib, o’lkaning madaniy va
turmush xususiyatlari hisoblanadi.
O’lkadagi tarixiy va madaniy yodgorliklar o’lka tarixini o’rganishda
muxim moddiy dalillar bo’lib xizmat qiladi.
Ma’naviy yodgorliklar-bu ijtimoiy voqealar qatoriga kiradi va ijtimoiy
rivojlanish jarayonini aks ettiradi. Madaniy yodgoriklarda tarixiy
voqealarnig izlari saqlanib qolgan bo’ladi, ular qadimgi avlodlar xaqida
ma’lumotlar beradi.
Madaniy va tarixiy yodgorliklar davlat tomonidan qo’riqlanadi va
muxofaza qilinadi va ular quyidagi turlardan iborat.
Tarixiy yodgorliklarga inshoatlar, binolar, tarixiy joylar va predmetlar
kiradi.
Arxeologik yodgorliklarga shaxar va shaharchalar, qadimgi axoli
manzilgohlari, qal’alar, ishlab chiqarish, kanallar, yo’llar qoldiqlari,
qadimgi qabrlar, qadimgi aholi yashagan joylarni tarixiy va madaniy
qatlamlari kiradi.
Arxitektura va shaharsozlik yodgoliklarini arxitektura ansambillari va
komplekslari, tarixiy markazlar, kvartallal, maydonlar, ko’chalar xalq
san’ati qoldiqlari kiradi. Albatta ular bilan bog’liq bo’lgan monumental,
tasviriy, amaliy-dekarativ, tabiiy landshaft asarlari ham kiradi.
San’at yodgoliklariga monumental, tasviriy, amaliy-dekorativ va
boshqa sanat turlari kiradi.
Xujjatli yodgorliklarga davlat xujjatlari, yozma va chizma xujjatlar,
kino-foto jujjatlar, ovoz yozilgan tasmalar, qadimgi qo’l yozmalar, arxivlar,
musiqa va folklor, nodir kitoblar kiradi.
Kelib chiqishiga ko’ra tarixiy yodgorliklar ikki guruhga bo’linadi:
zamonaviy tarixiy yodgorliklar; tarixiy voqealarni adabiylashtirish
maqsadida yaratilgan yodgorliklar.
Zamonaviy yodgoliklarga quyidagilar kiradi:
-yozma va nashriy xujjatlar-yilnomalar, qonuniy xujjatlar, yorliqlar,
aktlar, protokollar, jinoiy qidiruv materiallari, hisobotlar, bildirgilar, sta-
tistik ma’lumotlar, yozishmalar, matbuot, varaqalar, shaxsiy xujjatlar va
h.k;
-haqiqiy fotorasmlar, xujjatli kinokadrlar, yozib olingan ovozlar;
-moddiy yodgorliklar (predmetilar-mehnat qurollari, xunarmandchilik
va sanoat buyumlari, turmush buyumlari, qurollar, kiymlar, taqinchoqlar,
tangalar, muxrlar, amaliy san’at asarlari, tarxiy voqea ishtirokchilarining
shaxsiy narsalari (ordenlar, medallar, bayroq va h.k., grajdan va harbiy
texnika predmetlari);
-tarixiy joylar (xalq ommasining chiqishi, namoishlar bo’lgan, urush
bo’lgan va mashxur kishilar ko’milgag joylar);
-turli xil inshootlar: gidrotexnik (to’g’onlar, shlyuzlar, kanallar); harbiy
injenerlik (qal’alar, bastionlar, xandaklar, okoplar, devorlar, yerto’lalar,
mudofaa chizig’i, minoralar va h.k.)
Tarixiy yodgorliklarni ikkinchi turiga quyidagilar kiradi: memorial
komplekslar, alohida yodgorliklar, monumentlar, byustlar, obelisklar,
memorial taxtalar; arxetektura inshoatlari, shon-shuhrat balandliklari.
Etnografik yodgoliklar xalqning etnik va madaniy hayoti jarayonini
aks ettiradi. Etografiya bu tarix faning tarmog’idir. Mazkur fan etnografik
yodgoliklarni tadqiq qilish asosida qabila va millatlarning kelib chiqishi,
tarqalishi, ular madaniyati va turmushuni o’ziga xos xususiyatlarini,
tarixiy va madaniy-hayotiy aloqalarini o’rganadi.
Etnografik yodgorliklar quyidagi guruhlarga bo’linadi:
-manzilgoxlar, ularni tashqi ko’rinishi, uylari, turli xil inshoatlar,
kundalik hayot predmetlari;
-mehnat qurollari va maxsulotlari;
-kiyimlar va taqinchoqlar;
-hunarmandchilik va xalq amaliy san’ati predmetlari;
-diniy marosimlar, urf-odatlarda ishlatiladigan predmetlar.
O’lka tarixini o’rganish tadqiqot maqsadi va vazifalaridan kelib chiqib
turlicha bo’lishi mumkin. O’lkashunoslik maqsadlarida ko’pincha ma’lum
bir ko’chani, mavzeni yoki qishloqni tarixi o’rganiladi. Alohida ko’chani
tarixini o’rganish quyidagi tartibda olib boriladi:
-ko’chani yoki mavzening nomi, kelib chiqish tarixi;
-mazkur ko’chada sodir bo’lgan tarixiy voqealar;
-ko’chaning qurilishi tarixi va rivojlanish istiqboli;
-ko’chada, qishloqda yoki mavzeda joylashgan sanoat korxonalari va
turli xil tashkilotlarni vujudga kelishi va rivojlanish tarixi;
-ayrim binolar va inshoatlar tarixi;
-mazkur ko’chada yashagan yoki yashayotgan mashxur va dongdor
kishilar biografiyasi;
-ko’chada joylashgan tarixiy va madaniy yodgorliklar.
Arxeologik tadqiqotlar ikkita katta guruhga bo’linadi:
- dala ishlari. Dalada asosan arxeologik qidiruv va qazish ishlari
oxirida hisobot yoziladi. Mazkur hisobot tarixiy manbaa hisoblanadi;
- tadqiqot jarayonida olingan ma’lumotlarni tahlil qilish ishlari.
Arxeologik
tadqiqotlarning
asosiy
manbai
bo’lib
arxeologik
yodgorliklar hisoblanadi.
Arxeologik yodgorliklarga quyidagilar kiradi: qadimgi odamlarni
manzillari; qadimgi odamlarni doimiy turar joylari; qadimgi shaharchar,
shaharlar, qal’alar va saqlanish joylari; shaxtalar; ustaxonalar, qadimgi
qabrlar; ibodat joylari va binolari; qoyalardagi rasmlar. Tasvirlar va
yozuvlar, qadimgi inshoatlar (ko’priklar, to’g’onlar, kanallar, quduqlar),
xazinalar (tangalar, turli xil taqinchoqlar).
Arxeologik qidiruv ishlari dalada olib boriladigan asosiy tadqiqot
ishlari hisoblanadi. Arxeologik qidiruv ishlari tugagandan so’ng arxeologik
qazish ishlari oib boriladi.
Arxeologik qidiruv ishlarining asosiy maqsadlaridan biri joydagi
barcha arxeologik yodgorliklarni aniqlashdan iborat.
Odatda bunday keng qamrovli arxeologik qidiruv ishlari joyida yirik
qurilish ishlarini boshlanish munosabati olib boriladi (GES, sanoat
korxonasi, meliroratsiya ishlari va h.k.).
O’rta Osiyoda qadimgi odamlar manzillarini qidirish qadimgi
sug’orish tizimlari tarqalgan joylarda olib boriladi. Chunki ko’pgina
qadimgi manzilgoxlar sug’orish tizimlari bo’ylab joylashadi.
Arxeologik yodgorliklar topilgan taqdirda ular quyidagi tartibda
o’rganiladi: yodgorlikning maxalliy nomi; yodgorlik topilgan joyning
nomi; yodgorlikni geografik joylanishi, (eng yaqin qishloq, daryo, ko’l,
yo’l, topografik punkt va h.k. nisbatan joylanishi). Har bir oreintirgacha
bo’lgan azimut beriladi; yodgorlikning o’lchamlari aniqlanadi; madaniy
qvatlamni tarqalish chegarasi aniqlanadi; yodgorlikning hozirgi xolati
tasvirlanadi; madaniy qatlamdan o’ra kavlanadi va unda uchragan
topilmalar har bir 20 sm qatlamdan olinadi; yodgorlik topilgan joyni ko’z
bilan chamalab plani olinadi.
Aholi manzillarini arxeologik kovlash dalada olib boriladigan asosiy
arxeologik ish hisoblanadi.
Manzillarda kovlash ishlari olib borishdan oldin aniq bir ob’ekt tanlab
olinadi. Kovlashni boshlashdan oldin tadqiq qilinadigan yodgorlik
joylashgan joyning plani tuziladi.
Katta yodgorliklar qator kuzatish ishlari natijasida tadqiq qilinadi.
Qazish 100m
2
maydonda olib boriladi. Qaziladigan joy tomonlari 2 m dan
bo’lgan kvadratga bo’linadi. Shunday qilib har bir qazish 25 ta kvadratdan
iborat bo’ladi. Kvadratlar shimoldan janub tomon raqamlanadi, g’arbdan
sharqqa tomon esa harflar bilan belgilanadi.
SHundan so’ng tadqiqot ishlari quyidagi tartibda olib boriladi:
1. Qazish joyidan chuqurlikni kovlash uchun nuqta tanlanadi mazkur
nuqtadan qazish ishlari boshlangunga qadar barcha kvadratlarning
burchaklari chuqurliklari aniqlanadi. Qazish ishlari boshlanishdan avvalgi
joy yuzasi hozirgi joy yuzasi deb ataladi.
2. Har bir qatlam uchun plan tuziladi va unda aniqlangan topilmalar
belgilanadi va inshoatning qoldiqlari chiziladi. Topilmalar raqamlanadi va
ularni ro’yxati planning yon tomoniga yozib qo’yiladi. Har bir topilma
qaysi kvadratddan va qaysi chuqurlikdan topilgani yozib qo’yiladi.
3. Har bir topilma o’raladi, etikitka yopishtiriladi, etiketkada yodgor-
likning nomi, yili, raqami, kvadrat raqami, chuqurligi yozib qo’yiladi.
Dostları ilə paylaş: |