- tajriba –eksperemental usuli tabiatda kuzatish qiyin bo’lgan geog-
rafik voqea va xodisalarni kuzatish uchun qo’llaniladi. Masalan, cho’kindi
jinslarni hosil bo’lishi; qirg’oqlarni to’lqin ta’sirida yemirilishi, quduqlarni
tuzilishi va shakllanishini namoyish qiladigan masalalar;
- qurish va modellashtirish. O’rganilayotgan geografik voqea va xodi-
salarni moxiyatini namoyish qiladigan modellarni turli xillarini yaratish,
priborlar, uskunalar, jihozlarni qurish va yasash. Modellar geografik
ob’ektlarni tuzilishini tadqiq etishda qo’llaniladi. Modellar o’rganilayotgan
geografik ob’ektlar xajmi xaqida tasavvurlar boradi (daryo vodiysi, tog’,
vulkon, jar, to’g’on, fabrika, domna pechi va h.k.);
- sayohat usuli. Geografik voqea va xodisalar, ob’ektlarni tabiatda,
ishlab chiqarishda ko’rgazmalarda, muzeylarda bevosita o’rganiladi;
- manbalarni o’rganish usuli. O’quvchilarni mustaqil ishlarida katta
axamiyatga ega. Mazkur usul geografik voqea va hodisalar hamda
ob’ektlarni o’rganishni turli bosqichlarida qo’llaniladi: tadqiqotni tay-
yorgarlik bosqichida; tadqiqotni o’tkazish boschiqida; tadqiqot natijalarini
umumlashtirish bosqichida;
- kartografik usul. Geografik tadqiqotlarda muhim o’rin tutadi.
Geografiya ta’limida geografik bilimlarni tasvirlashda, tadqiq qilishda va
o’rganishda qo’llaniladi.
Yuqoridagi sinflardan tashqari ishlarni o’tkazish metodlarini o’quv-
chilarni mustaqil bilim olishlarini faollashtirishni turli bosqichlarida
qo’llash mumkin.
Dostları ilə paylaş: