ishlar; b) to’garakni ilmiy yo’nalishlarini aniqlash; v) to’garakda
ilmiy
ishlarni borishini boshqarish.
Tashkiliy ishlarga quyidagilar kiradi:
-
geografiya to’garagi uchun joy tanlash. Geografiya to’garagi uchun
alohida xona sifatida geografiya kabinetini olish mumkin.
Chunki geog-
rafiya kabinetida to’garak a’zolari uchun zarur bo’lgan asbob-uskunalar,
jihozlar, priborlar, geografik xartitalar va atlaslar mavjud bo’ladi. Mabodo
geografiya kabineti bo’lmasa to’garak xonasi to’garak a’zolari
tomonidan
maktab raxbariyati yordamda jihozlanishi lozim. Geografiya xonasidagi
barcha o’quv vositalari ro’yxati bo’lmog’i lozim.
Geografiya xonasida
o’quv vositalari geografiya fanini tarmoqlari bo’yicha joylashtirilgan
bo’lmog’i lozim. Masalan,
tabiiy geografiya, iqtisodiy geografiya, o’lka-
shunoslik, qo’shimcha vositalar (qo’shimcha adabiyotlar);
- to’garakni a’zolarini ruyxatini tuzish. To’garakka
turli sinflardan
geografiya faniga qiziquvchilar a’zo bo’lishlari mumkin. Shuning uchun
to’garak a’zolaprining yoshi ham qiziquvchanlik
darajasi va bilim va
ko’nikmalari ham turlicha bo’ldi, demak to’garakni ishini loyihalashti-
rilayotganda, to’garak a’zolariga topshiriqlar berayotganda mazkur farqlar
hisobga olinmog’i lozim;
- to’garakni tashkiliy qo’mitasini tuzish. To’garakni
birnchi majlisida
uning tarkibiy qo’mitasi tuziladi. Bunda to’garakni rahbari, yo’nalishlar
bo’yicha rahbar va a’zolar aniqlanadi va tasdiqlanadi;
- to’garakni nomi va uning yo’nalishlari aniqlanadi. To’garakni nomi
‚Yosh geograf‛ bo’lishi mumkin. Uning ichida quyidagi yo’nalishlarni
tashkil qilish mumkin: ‚Yosh tabiiy geograf‛, ‚Yosh iqtisodiy geograf‛,
‚Yosh o’lkashunos‛, ‚Yosh geolog‛, ‚Yosh topogrof‛, ‚Yosh kartograf‛,
‚Yosh meteorolog‛, ‚Yosh gidrolog‛, ‚Yosh ekolog‛, va h.k;
- to’garak va uning tarmoqlarini ish rejasi tasdiqlanadi va uning ish
faoliyati boshlanadi. Ish rejasi o’quv yili va chorak uchun tuziladi. Har
o’quv yilida qilingan ishlar bo’yicha hisobot tuziladi. To’garakning ishi har
xaftada bir marta o’tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: