Vaxobov h, mirzamahmudov o. T


 Sinfdan tashqari ishlarning maqsadi va vazifalari



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/145
tarix14.12.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#177488
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   145
УКУВ КУЛЛАНМА география методика

17.1 Sinfdan tashqari ishlarning maqsadi va vazifalari. 
Sinfdan tashqai ishlarning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat: 
o’quvchilarni tabiatni tushunish va tabiatni sevishga o’rgatish; o’z yashab 
turgan joyi xaqida bilimlarini chuqurlashtirish; o’quvchilarni tabiiy muxit 
xaqidagi tasavvurlarini rivojlantirish; o’quvchilarga geografiya faniga 
qiziqish uyg’otish; o’quvchilarni geografik tadqiqot usullari bilan 
tanishtirish va h.k. 
O’quvchilarni tabiatni tushunish va tabiatni sevishga o’rgatish
geografik to’garaklarda, geografik kechalar, geografik haftalar va boshqa 
sinfdan tashqari ishlarda olib boriladi. Unda o’quvchilar o’qituvchini 
topshirig’iga binoan tabiat haqida turli ilmiy ommabop va badiy 
adabiyotlar bilan tanishadi. Mazkur adabiyotlar bilan tanishish va berilgan 
topshiriqlarni bajarish davomida ularda tabiatning asosiy tarkibiy qismlari, 
tabiatni qo’riqlash haqida bilimlar shakllanadi. 
Tabiat va tabiatni sevish bo’yicha berilgan topshiriqlarda qo’riqxona-
lar, milliy bog’lar, buyurtmalar, yo’qolib ketgan va yo’qolish arafasida 
turgan hamda himoya qilinadigan o’simlik va hayvonlar dunyosi, noyob 
tabiat yodgorliklari xaqida ma’lumotlar muxim o’rin tutadi. 
O’zi yashab turgan joy haqida bilimlarni chuqurlashtirish.
O’zi 
yashab turgan joy haqida bilimlarni chuqurlashtirish sinfdan tashqari 


ishlarni bajarishda o’tkazilishi mumkin. Buning uchun o’qituvchi quyidagi 
yo’nalishlar bo’yicha ma’lumotlar to’plashni o’quvchilarga topshirmog’i 
lozim: 
-joyni tabiiy geografik sharoiti xaqida: geografik joylanishi, geologik 
tuzilishi; foydali qazilmalari; relefi; iqlimi; ichki suvlari; tuprog’i, hayvonot 
dunyosi; 
- joyning iqtisodiy geografik sharoiti xaqida: iqtisodiy geografik o’rni; 
tabiiy resurslari; aholisi; xo’jaligi (sanoati, qishloq xo’jaligi), transporti va 
tashqi iqtisodiy aloqalari; 
-rekratsion va turistik ob’ektlari. 
Mazkur yo’nalish bo’yicha o’quvchilarga alohida – alohida topshi-
riqlar berlishi mumkin. Joyning tuprog’i, o’simligi va hayvonot dunyosi 
haqida ma’lumotlar bo’lmasa o’quv sayohatlari davomida yig’ilgan 
ma’lumoitlardan foydalanish mumkin. 
Mazkur maqsadni bajarish davomida o’quvchilar o’z yashayotgan 
joylari xaqida bilimlarni yanada chuqurlatirishadi. 

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin