Geografik klublar. Uning asosiy maqsadi o’quvchilarni darsdan bo’sh
vaqtlarini ilmiy-bilish faoliyati bilan to’ldirishdir. Geografik kulubdagi
ishlar to’garak, izostudiya, folklor ansambli, kinolektoriya va boshqalar
bilan birga olib boriladi. Geografiya jamiyatiga o’xshab geografik klub xam
o’quvchilarni kata qismini jalb qiladi. Uning o’tkazadigan marosimlarida
maktab joylashgan qishloq yoki mahallaning aholisi ham qatnashishi
mumkin. U faqat geografik bilimlarni targ’ibot qilibgina qolmasdan
o’quvchilarni maktabdagi mashg’ulotlar tugagandan so’ng bekorchilik va
boshqa keraksiz ishlar bilan shug’ullanishini oldini oladi. Chunki u maktab
joylashgan mahalla yoki qishloqning madaniy markazi bo’lib ham hisob-
lanadi. Geografik klublar hozirgi vaqda maktabdan tashqari muassa-
salarda xam tashkil qilinishi mumkin.
O’lkashunoslik muzeyi. O’lkashunoslik muzeyini jihozlash geogrfik
to’garak, geografik jamiyat yoki klub asosida olib boriladi. Sinfdan tashqari
xamda maktabdan tashqari ishlarning natijalari o’lkashunoslik muzeyini
tashkil qilish va jihozlashda katta ahamiyatga ega. Geografiya to’garagini
har bir tarmog’i bo’yicha yig’ilgan materiallar muzeyga eksponat sifatida
qo’yiladi. Masalan, ‚Yosh biolog‛ bo’limi muzeyini tuproq, o’simlik va
hayvonot dunyosi namunalari bilan jihozlashlari va muntazam to’ldirib
borishlari lozim, ‚Yosh iqtisodiy geograf‛ tarmog’i esa joydagi ishlab
chiqarish korxonalari maketlari va ularning maxsulotlari namunalari bilan
muzeyni jihozlashlari mumkin va h.k
O’lkanunoslik muzeyi sinfdan tashqari ishlarni natijalarini umumlash-
tirib ko’rsatadi. Mazkur muzey ishlarida ‚Yosh tarixchi‛ to’garagi a’zolari
xam qatnashishi mumkin. Ularni qo’llagan materiallari o’lka tarixi
bo’limining eksponatlarini to’ldiradi.