chuqur bilimlarga ega bo’lishadi. Bu esa ularda vatanparvarlik hamda
vatan bilan fahirlanish tuyg’ularini shakllanishiga imkon beradi;
- sinfdan tashqari ishlar olingan bilimlarni hayot bilan bog’lashga,
nazariy bilimlarni O’zbekistonni buyuk davlatga
aylantirish amaliyoti
bilan bog’lashga imkon beradi;
- sinfdan tashqari ishlar o’quvchilarni kasbiy va mehnatga tayyor-
lashga imkon beradi, ularda mustaqillik xususiyatlarini shaklantiradi.
Bunday ishlar to’garak ishlarini olib borishda, muhim amaliy tadbirlarni,
tajriba va eksperimentlarni o’tkazishda amalga oshiriiladi;
- sinfdan tashqari ishlar o’quv ishlari bilan chambarchas bog’langan.
Chunki sinfdan tashqari ishlarda o’quvchilarni
geografik bilim va
ko’nikmalari yanada chuqurlashadi;
- sinfdan tashqari ishlar maktabdan tashqari ishlar bilan chambarchas
bog’langan. Mazkur bog’liqlik ushbu ishlarni olib borish shaklida, maz-
munida va metodlarida ifodalanadi. Maktabdan tashqari ishlarni sinfdan
tashqari ishlardan farqi ular maktabdan tashqari tashkilotlar tomonidan
uyushtiriladi va amalga oshiriladi (yoshlar uyi, yosh turistlar uyushmalari
va x.k).
Bilish manbalariga ko’ra sinfdan tashqari ishlarni olib borishni quyi-
dagi usullarini ajratish mumkin (Yu.A. Valishin, 1985)
- og’zaki usullar ma’ruza, suhbat, intervyu.
Ushbu usullarda bilish
manbai bo’lib o’qituvchini so’zi hisoblanadi. Suxbatlar, ma’ruzalar,
intervyularni olimlar, ekspedettsiya xodimlari, davlat muassalari xodim-
lari, xalq xo’jaligi mutaxasislari olib boradi;
- amaliy usullar ular bitta yoki o’quvilar guruhi bilan o’tkaziladigan
amaliy ishlarda qo’llaniladi. Mazkur amaliy mashg’ulotlarda o’quvchilar
geografik asbob uskunalar va jihozlardan foydalanish,
geografik kartalar
bilan ishlashni, atrof muhitni muhofaza qilishni amalda o’rganishadi;
- kuzatish usullari. Ushbu usularni tabiatni va xo’jalikni kuzatishda
qo’llash mumkin. Bu esa geografik voqea va xodisalar hamda borliqlarni
xar tomonlama o’rganishga ikon beradi. Tabiatni va xo’jalik faoliyatni
kuzatish muntazam va vaqtincha bo’lishi mumkin. Masalan, ob-havoni
daryo va ko’l satxini yer po’stini harakatlarini muntazam kuzatib boriladi.
Tabiiy geografik va iqtisodiy geografik jarayonlarni ma’lum bir vositalarda
kuzatish mumkin. Masalan,
surilmani rivojlanishi, daryo erroziyasi, yer
yuzasini cho’kishi, qishloq xo’jalik yoki sanoat maxsulotlarni ishlab
chiqarish va boshqalarni ma’lum vaqtda ko’zatish mumkin;
- tajriba –eksperemental usuli tabiatda kuzatish qiyin bo’lgan geog-
rafik voqea va xodisalarni kuzatish uchun qo’llaniladi. Masalan, cho’kindi
jinslarni hosil bo’lishi; qirg’oqlarni to’lqin ta’sirida yemirilishi, quduqlarni
tuzilishi va shakllanishini namoyish qiladigan masalalar;
- qurish va modellashtirish. O’rganilayotgan geografik voqea va xodi-
salarni moxiyatini namoyish qiladigan modellarni turli xillarini yaratish,
priborlar, uskunalar, jihozlarni qurish va yasash.
Modellar geografik
ob’ektlarni tuzilishini tadqiq etishda qo’llaniladi. Modellar o’rganilayotgan
geografik ob’ektlar xajmi xaqida tasavvurlar boradi (daryo vodiysi, tog’,
vulkon, jar, to’g’on, fabrika, domna pechi va h.k.);
- sayohat usuli. Geografik voqea va xodisalar, ob’ektlarni tabiatda,
ishlab chiqarishda ko’rgazmalarda, muzeylarda bevosita o’rganiladi;
- manbalarni o’rganish usuli. O’quvchilarni mustaqil ishlarida katta
axamiyatga ega. Mazkur usul geografik voqea va hodisalar hamda
ob’ektlarni o’rganishni turli bosqichlarida qo’llaniladi:
tadqiqotni tay-
yorgarlik bosqichida; tadqiqotni o’tkazish boschiqida; tadqiqot natijalarini
umumlashtirish bosqichida;
- kartografik usul. Geografik tadqiqotlarda muhim o’rin tutadi.
Geografiya ta’limida geografik bilimlarni tasvirlashda, tadqiq qilishda va
o’rganishda qo’llaniladi.
Yuqoridagi sinflardan tashqari ishlarni o’tkazish metodlarini o’quv-
chilarni mustaqil bilim olishlarini faollashtirishni turli bosqichlarida
qo’llash mumkin.
Dostları ilə paylaş: