So`z boshi
Ustozim Hurboy Vaxobov
xotirasiga bag’ishlayman
O’zbekistoning mustaqillikka erishishi
munosabati bilan geografiya
ta’limida ham muhim o’zgarishlar sodir bo’ldi. Maktab geografiyasining
mazmuni va tuzilishida tarkibiy o’zgarishlar amalga oshirildi. Ayrim o’quv
fanlari maktab
dasturidan olib tashlandi, ayrimlarining mazmuni o’zgar-
tirildi, ayrim fanlar yangidan yaratilib, o’quv tizimiga joriy qilindi.
O’zbekistonda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va «Ta’lim
to’g’risidagi qonun»ni qabul qilinishi munosabati bilan o’kuv qo’llanmalari
va darsliklarga bo’lgan talablar keskin o’zgardi. Barcha fanlarda bo’lga-
nidek maktab geografiyasi fanida ham tubdan o’zgarishlar sodir bo’ldi.
Geografiya predmetlarining dasturi va tuzilishi O’zbekiston maktab ta’limi
tizimida sodir bo’lgan o’zgarishlarni hisobga olgan holda qaytadan ko’rib
chiqildi.
Shu munosabat bilan geografiya o’qitish metodikasida ham muhim
o’zgarishlar sodir bo’ldi. Geografiya o’qitish
metodikasida yangi
pedagogik va axborot texnologiyalarini qo’llash munosabati bilan o’kitish
metodikasida ham qator o’zgarishlar sodir bo’ldi.
Shu munosabat bilan mazkur uslubiy qo’llama tayyorlandi. Mazkur
uslubiy ko‘rsatma kirish va besh qismdan iborat. I-qism Geografiya o’qitish
metodikasi fanining maqsadi va vazifalariga
hamda ushbu fanning
rivojlanish tarixiga bag’ishlangan. Qo’llanmaning II-qismi o’qitish metod-
lariga qaratilgan, unda yangi pedagogik va axborot texnologiyalariga katta
e’tibor berilgan. O’quv vositalariga o’quv qo’llanmaning
III-qismi
bag’ishlangan, qo’llanmaning IV-qismi geografiya darsi va uning turlariga
bag’ishlangan. Unda geografiya darsiga qo’yiladigan talablar, geografiya
darsining tuzilishi va o’lchamlari haqida bilimlar yoritilgan. Maktabdan va
sinfdan tashqari ishlar qo’llanmaning V-qismida berilgan. Unda o’quv
sayohatlari, to’garaklar, olimpiadalarni o’tkazishni ilmiy-metodik asoslari
yoritib berilgan.
Dostları ilə paylaş: