I-QISM. GEOGRAFIYA TA’LIMI VA UNING RIVOJLANISHI
1-BOB GEOGRAFIYA TA’LIMINING MAQSADI VA
VAZIFALARI
1.1. Geografiya ta’limi metodikasi haqida tushuncha.
Geografiya ta’limi deganda o’quvchilarga tabiiy
va iqtisodiy-ijtimoiy
komplekslarning tuzilishi va asosiy qonuniyatlari haqida bilimlar
beradigan geografiya fanlari tizimiga aytiladi.
Geografiya ta’limi metodikasi
esa maktablarda va kasb-xunar
kollejlarida
tabiiy geografiya, iqtisodiy geografiya va boshqa maxsus
geografiya fanlarini o’qitish jarayonini o’rganadigan va pedagogika fanlari
tizimiga kiradigan fandir.
Geografiya ta’limi metodikasi umumiy didaktika va tarbiya nazariyasi
bilan chambarchas bog’langan. Didaktika fani ta’lim
berish va tarbiya
jarayonini umumiy qonuniyatlarini, ta’lim
mazmunini tatqik qiladigan
nazariy fandir. Didaktika fani aniq o’quv fanlarini o’qitish metodikasi bilan
shug’ullanmaydi. Ayni vaqtda har bir o’kuv fani o’ziga xos xususiyatlarga
ega. Ularning ayrimlarini maqsadi nazariy bilim va ko’nikmalarni
shakllantirish (geografiya, biologiya, ximya), ayrimlari faqat ko’nikmalarni
(chet tillar), boshqalari esa borliqqa estetik munosabatda bo’lishni
shakillantiradi (tasviriy san’at). Shuning uchun alohida fanlarni o’kitish
metodikasi bilan hususiy didaktika fanlari shug’ullanadi. Mazkur fanlar
qatoriga «Geografiya o’qitish metodikasi» fani ham kiradi.
Geografiya
o’qitish metodikasining nazariy va amaliy jixatlari mavjud. Geografiya
o’qitish metodikasi fani quyidagi nazariy
va amaliy metodologik
muammolarni tadqiq qiladi:
a) geografiya o’kitish metodikasining predmeti,
tatqiqot usullari,
rivojlanish tarixi;
b) geografiya o’kitish metodikasining maqsad va vazifalarini umuman
va alohida predmetlar bo’yicha aniqlash;
v) ta’lim va tarbiyaning birligi;
Nazariy tatqiqotlarning natijalari amaliy tatqiqotlar uchun asos bo’lib
hisoblanadi. Mazkur tatqiqotlarda geografiya ta’limining amaliy
muammolari hal qilinadi. Geografiya o’qitish
metodikasining amaliy
jixatlari o’qituvchini o’qitish faoliyatini, o’quvchini o’qish
faoliyatini aks
ettiradigan metodlarni ishlab chiqishdan iborat.
Geografiya o’qitish metodikasi ikkita katta qismdan iborat. Umumiy
va hususiy geografiya o’qitish metodikasi.
Umumiy
geografiya
o’qitish
metodikasi,
bu
geografiyaning
didaktikasi hisoblanadi. U geografiya o’qitish jarayonini o’ziga xos
xususiyatini o’rganadi.
Dostları ilə paylaş: