Vaxobov h, mirzamahmudov o. T



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/145
tarix14.12.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#177488
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   145
УКУВ КУЛЛАНМА география методика

Tarbiyaviy maqsadlari: 
- O’zbekistoning kelajagi buyuk davlat ekanligini asoslab berish
o’quvchilarda Vatanimiz qudrati va ravnaqidan faxrlanish tuyg’ularini 
shakillantirish; 
- o’quvchilarda tabiatdagi va tabiat va jamiyat o’rtasidagi o’zaro 
ta’sirlarga didaktik nuqtai nazardan qarashga o’rgatish; 
- o’quvchilarni ahloqiy jihatdan to’g’ri tarbiyalash, ularga Vatanga 
muhabbat ruhida, Vatanni himoya qilish har fuqoroning oliy burchi 
ekanligini o’qtirish; 
- o’qtuvchilarni mehnat tarbiyasiga va kasb tanlashiga yordam berish, 
hozirgi zamonda o’z o’rnini topishga ko’maklashish. 
O’quvchilarni qiziquvchanlik qobiliyatini rivojlantirishga yo’naltiril-
gan maqsadlar: 
- geografik bilimlar va muammolarga qiziqishni uyg’otish; 


- o’quvchilarga kuzatuvchanlik, eslab qolish, tafakkur, tasavvur va 
nutq qobiliyatlarini rivojlanishiga imkon yaratish: 
- o’quvchilarni ular imkoniyati doirasidagi geografik muammolarni
yechishga o’rgatish, ularda hodisa va jarayonlarga kompleks va sintetik 
yondashishni shakllantirish. 
Maktab geografiyasining vazifalari uning maqsadlaridan kelib chiqadi:
 
- maktab geografiyasining umumiy va har bir sinf bo’yicha maksadi, 
mazmunini aniqlash va ularni yanada takomillashtirish; 
- o’quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda geografik 
bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirishiga imkon beradigan ta’lim usullarni 
aniqlash; 
- o’quvchilarga amaliy geografik ko’nikma va malakalarni singdirish 
imkoniyatlarini aniqlash; 
- ta’lim jarayonida o’quvchilar faoliyatini oshiradigan va mustaqilligini 
ta’minlaydigan samarali usullarni aniqlash; 
- umumiy va kasb-hunar ta’limi tizimidagi o’quvchilarni mexnatga 
o’rgatish, ularga axloqiy , estetik tarbiya berish vazifalarini ochib berish; 
- ta’limni tashkil etish turlarini ishlab chiqish va takomillashtirish; 
-o’qitish metodikasini yanada takomillashtirish, sinalgan o’quv 
metodlarini yanada rivojlantirish; 
-yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llashni ilmiy-metodik asoslarini 
ishlab chiqish; 
-geografiya ta’limida axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan 
foydalanib dars o’tish usullarini ishlab chiqish; 
-darslik, o’quv qo’llanmalari va vositalariga qo’yiladigan talablarni 
ishlab chiqish va ulardan foydalanish hamda ular bilan ishlash usullarini 
ishlab chiqish. 

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin