Vaxobov h, mirzamahmudov o. T


 Maxsus tabiiy geografik o’quv sayohatlari



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/145
tarix14.12.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#177488
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   145
УКУВ КУЛЛАНМА география методика

16.3.2. Maxsus tabiiy geografik o’quv sayohatlari. 
Maxsus tabiiy geografik sayohatlari ayrim mavzularni o’tib bo’lgan-
dan so’ng amaliy ko’nikmalarni shakillantirish maqsadida o’tkaziladi. 


Masalan, litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosfera mavzularini o’tib 
bo’lgandan so’ng uyushtirish mumkin. 
Maxsus tabiiy geografik o’quv sayohatlarini o’tkazish quyidagi 
tartibda amalga oshiriladi: o’quv sayohatining maqsadi va vazifalari 
hamda o’tkazish joyi, vaqti o’qituvchi tomonidan ishlab chiqiladi. O’quv 
sayohati xaqida va sayohat o’tkazish tartibi qoidalari xaqida o’quvchilar 
bilan suhbat o’tkaziladi. 
Maxsus o’quv sayohatlari quyidagi mavzularda olib borilishi mumkin: 
joyning geologik tuzilishni o’rganish; joyning relefini o’rganish; joynining 
ichki suvlarini o’rganish; joyning tuprog’ini, o’simlik va hayvonot 
dunyosini o’rganish; joyning landshaftlarini o’rganish; 
Umumiy tabiiy geografik o’quv sayohatlaridan farq qilib maxsus 
tabiiy geografik sayohatlarda tabiatni ayrim tarkibiy qitsmlarini juda 
chuqur va har tomaonlama o’rganiladi. Masalan, joyning geologik tuzilishi 
ochilma mavjud bo’lgan sharoitda quyidagicha o’rganiladi (B. A. Chernov, 
1985) 
1. Kundalikda ochilmaning tartib raqami va ochilmani o’rganish vaqti 
yoziladi, ochilmani geografik o’rni aniqlanadi va kundalikka yozib 
qo’yiladi. 
2. Ochilmani qatlamlarini joylanishini aniqlash. Har bir qatlamning 
qalinligi va tog’ jinslarining xolatini o’rganish. 
3. Ochilmani kundalikda chizmasini chizish. Har bir qatlamni chizish 
davomida undagi tog’ jinslarini tarkibiga e’tibor berish. Tarkibi nimalardan 
iborat, qo’shilmalar bormi, bor bo’lsa ularning o’lchamlarini aniqlash. 
Qatlamlar chizmasida pastdan yuqoriga qarab harflar bilan belgilanadi. 
4. Qatlamlardagi tog’ jinslarining rangi, tarkibi, qo’shilmalari, xolati 
tavsifi tuziladi. Masalan, qizil rangli gil, tarkibida mayda shag’al toshlar 
mavjud, gilning namligi o’rtacha. Gillar plastik xolatda. Qatlamlarni yotish 
xolati aniqlanadi: gorizantal yoki qiya yotish. Qatlam qiya yotgan bo’lsa 
uning qiyaligi aniqlanadi. Agar fotoapparat bo’lsa ochilmani rasmga olish 
mumkin.
5. Tog’ jinslarini namunalari olinadi. Namunalar qopchalarga olinishi 
mumkin. Agar uning tarkibiy xolati o’zgarmagan holda olish lozim bo’lsa 
o’lchami 10x10x10sm li monolitlar olinib ular parafinlanadi. Buning uchun 
parafin (sham) eritilib, dokacha o’ralgan monolit unga botiriladi. So’ngra 
monolitga etiketka yopishtiriladi. Unda quyidagi ma’lumotlar yozilgan 
bo’lishi lozim. Monolit olingan ochilmani tartib raqami, tog’ jinslarining 


nomi, olingan chuqurlik, monolit olingan yil, oy, kun. O’quvchilar ochil-
malarni o’rganish ko’nikmasiga ega bo’lganlaridan so’ng bunday ishlarni 
mustaqil ravishda bajarishlari mumkin. 
Xuddi shunday taxlitda tabiat tarkiblarini boshqa qimslarini alohida 
o’rganish mumkin. Masalan, joydagi tuproq qoplamini o’simlik va 
hayvonot dunyosini va landshaftlarni o’rganish. 
Joydagi landshaftlar quyidagi tartibda o’rganish mumkin: 
-tabiiy va antropogen landshaftlar ajratib olinadi va ular kartaga 
tushiriladi; 
-tabiiy landshaftlarning asosiy turlari aniqlanadi (o’rmonlar, buta-
zorlar, qumloqlar va x.k.) 
-antropogen landshaftlarning asosiy turlari aniqlanadi (seliteb, 
agrogen, gidrogen, yo’l, sa’noat va h.k) 
Maktab geografiyasida landshaft bo’yicha faqat juda umumiy va 
sodda bilimlar beriladi. Shuning uchun o’quv sayohatlari davomida xam 
landshaftlar to’g’risida sodda va umumiy bilimlar berilmog’i lozim. 
Maktab tabiiy geografiya kurslarida landshaft, joy, urochishe va 
fatsiyalarga bo’lib o’rganilmaydi,shuning uchun sayohat davomida ular 
mazkur birliklarga ajratilmaydi. 

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin