Vaxobov h, mirzamahmudov o. T


 Iqtisodiy geografik o’quv sayohatlari



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/145
tarix14.12.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#177488
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   145
УКУВ КУЛЛАНМА география методика

16.4. Iqtisodiy geografik o’quv sayohatlari. 
Iqtisodiy va ijtimoiy geografik o’quv sayohatlari yuqori sinflarda 
o’tkaziladi va o’quvchilarni iqtisodiy bilim va ko’nikmalarini mustah-
kamlaydi va bir vaqtni o’zida iqtisodiy geografik tadqiqotlar olib borish 
usullarini egallashadi. 
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya bo’yicha o’quv sayohatlari ham ikki 
guruhga bo’linadi: umumiy iqtisodiy geografik o’quv sayohatlari; maxsus 
iqtisodiy geografik o’quv sayohatlari.
Umumiy iqtisodiy va ijtimoiy geografik o’quv sayohatlari. 
Umumiy 
iqtisodiy va ijtimoiy geografik o’quv sayohatlari o’quv yilining oxirida 
ma’lum bir predmet to’la o’rganilib bo’lingandan so’ng olingan bilim va 
ko’nikmalarni mustahkamlash uchun o’tkaziladi. 
Iqtisodiy va ijtimoiy geografik o’quv sayohatlari quyidagi tartibda 
o’tkaziladi. 
O’quv sayohatlariga tayyorgarlik davrida o’qituvchi sayohat 
o’tkaziladigan joyni tanlaydi, mazkur joy iqtisodiy geografik sharoiti 
xaqida ma’lumotlarni to’playdi. O’quv sayohati rejasi ishlab chiqiladi. 


O’quv sayohatini o’tkazish. O’quv sayohati o’tkaziladigan kun 
belgilangan vaqtda o’quvchilar yig’ilishganda o’qituvchi yana bir marta 
suhbat o’tkazadi. O’quv sayohatining maqsadi, vazifalari, ob’ekti va 
sayohat davomida o’quvchilar amal qilishi lozim bo’lgan qoidalar 
tushuntiriladi. Shundan so’ng o’quv sayohati boshlanadi. 
Ma’lum bir joyning ijtimoiy geografik sharoitini o’rganish quyidagi 
tartibda olib boriladi. 
Ob’ektni iqtisodiy geografik o’rnini aniqlash. Iqtisodiy geografik 
ob’ektlarni geografik o’rnini asosiy davlat axamiyatiga ega bo’lgan 
avtomobil, havo va temir yo’llarga nisbatan, tuman, viloyat, markazlar 
xamda poytaxtga nisbatan, yirik daryolar va dengizlarga nisbatan 
joylanishi. 
So’ngra joyning ya’ni ob’ektning tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari 
o’rganiladi. Tabiiy resurslarni o’rganishda ularni quyidagi guruhlarga 
bo’lib o’rganish maqsadga muofiqdir: yer resurslari, suv resurslari, mineral 
resurslar, tuproq resurslari, bioligik resurslar, rekreatsion resurslar. 
Aholi va mehnat resurslari quyidagi tartibda o’rganiladi: qishloq yoki 
maktab joylashgan joy axolisining joylashishi, ularning kasbi, statistik 
ma’lumotlar asosida axolining boshqa ko’rsatgichlari xam aniqlanadi. 
Ob’ektning xo’jaligi o’rganiladi. Bunda sanoatning asosiy tarmoqlari, 
dehqonchilik va chorvachilikning qaysi tarmog’i yaxshi rivojlanganligi 
aniqlanadi va aynan shu tarmoqqa ko’proq e’tibor beriladi. 
Agar qishloq yoki maktab joylashgan joydan davlat yoki viloyat 
axamiyatiga ega bo’lgan yo’l o’tgan bo’lsa ular xaqida ma’lumotlar 
aniqlanadi. Bunday yo’llar mavjud bo’lmagan taqdirda tadqiqotlarda 
qishloqdagi yoki shahardagi yo’llarni o’rnini tavsifi beriladi. 

Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin