kompas, termometr, reyka, arqon, karta, barometr, tuproq parmasi (bur) va
h.k.
O’quv sayohatlarini quyidagi xollarda o’tkazish mumkin: yangi
mavzuni o’rganishdan oldin; qator mavzularni o’rganib bo’lgandan so’ng.
O’quv sayohatlarini muvaffaqiyatli o’tkazish sayohat o’tkaziladigan
joyni tanlashga bog’lik. Agar sayohatni
mavzusi relef shakllarini
o’rganishga bag’ishlangan bo’lsa iloji boricha relelefi xilma xil bo’lgan joy
tanlanishi lozim. Tog’ jinslariga bag’ishlangan sayohatlarni o’tkazishda
geologik ochilmalar mavjud bo’lgan joylar tanlanadi.
O’quv sayohatlari o’tkaziladigan joylarni tanlashda quyidagilarga
e’tibor berish lozim:
- tanlangan joy o’quv mavzulari va o’quv o’lkashunoslik maqsadi va
vazifalariga mos kelishi zarur. Demak, o’lkashunoslik
materiallari bilan
bevosita bog’liq bo’lgan mavzu va masalalarni o’rganishda;
- o’ziga xos o’quv sayohati ob’ektlari bo’yicha ma’lumotlar to’plash,
o’rganish, ularni tasvirlash va bevosita ko’rish imkonini yaratmog’i lozim;
- o’quv sayohatlari davomida tarbiyaviy ishlar amalga oshirilmog’i
lozim. Masalan, maktab joylashgan qishloq, tuman, shaharda noyob va
yo’qolib borayotgan o’simlik
va hayvonot dunyosining, noyob tabiat
yodgorliklarini mavjudligi va h.k;
- o’quv sayohatlarida o’quvchilarni yoshi bilan bog’lik bo’lgan
xususiyatlarni hisobga olish;
- geografiya va o’lkashunoslik ob’ektlarini o’zgarishini o’quvchilar
tomonidan qabul qilinishini xissiy-emotsional xususiyatlarini hisobga
olish;
- ma’lum bir geografiya predmetlari bo’yicha aniq mavzularning o’quv
tarbiyaviy talablarini hisobga olish;
- o’qituvchi va o’quvchilarni o’quv sayohatini o’tkazishga tayyorgarlik
darajasini hisobga olish;
- o’quv sayhatlarida ma’lumotlarni yig’ish imkonini hisobga olish.
Mazkur ma’lumotlar qayta ishlangandan so’ng ularni kitob shaklida nashr
qilish mumkin.
Dostları ilə paylaş: