Vaxobov h, mirzamahmudov o. T


 Takrorlash, umumlashtirish va bilimlarni tekshrish darslari



Yüklə 2,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/145
tarix14.12.2023
ölçüsü2,49 Mb.
#177488
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   145
УКУВ КУЛЛАНМА география методика

15.5. Takrorlash, umumlashtirish va bilimlarni tekshrish darslari. 
асосан
 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
1. Kirish darsi qanday sharoitlarda o’tiladi? 
2. Kirish darsini asosiy maqsadi nimalardan iborat? 
3. Aralash dars qanday tarkibiy qismlardan iborat? 


4. Aralash darsning maqsadi nimalardan iborat? 
5. Yangi mavzuni o’rganish darsi qanday sharoitda o’tkazidadi? 
6. Darsning asosiy turlari chizmasini chizing. 
7. Geografik ko’nikmalarni shakllantirish darsi qanday tarkibiy qismlardan 
iborat? 
8. Qaysi dars turi juda kam qo’llaniladi? 
 
16-BOB. O’QUV SAYOHATLARI 
16.1. O’quv sayohatlarini maqsadi va vazifalari. 
 
O’quv sayohatlari umum ta’lim maktablari ta’limiy–tarbiyaviy 
ishlarida katta o’rin tutadi. 
O’quv sayohatlarida yil davomida olingan bilimlar mustahkamlanadi 
va tabiatda va ishlab chiqarishda mustaqil tadqiqotlar olib borish 
ko’nikmalari shakllantiriladi. 
O’quv sayohatlari maktablarda bahorda va kuzda o’tkaziladi. 
Ularning asosiy qismi tabiatga, ishlab chiqarish korxonalariga 
uyushtiriladi. 
O’quv sayohatlarining maqsadi maktabda olingan geografik bilim va 
ko’nikmalarni yanada mustahkamlash va maktabdan va sinfdan tashqari 
ishlarda kuzatishlar olib borish ko’nikmalarini shakllantirishdir. 
Mazkur maqsadlardan kelib chiqqan holda o’quv sayohatlarning 
asosiy vazifalari quydagilardan iborat: 
1. Joyda reja olish va kartalar bilan ishlash bo’yicha olingan bilimlarni 
yanada chuqurlashtirish va dala, ya’ni tabiiy sharoitda topografik va 
kartografik ishlarini olib borish ko’nikmalarini shakllantirish. 
2. Astranomik bilimlarni yanada chuqurlashtirish va osmon jismlari 
oy, sayyoralar va yulduzlarni (katta va kichik ayiq, qutb yulduzlarini) 
aniqlash va ularga qarab mo’ljal olish ko’nikmalarini shakllantirish; 
3.Joyning relefini o’rganish va relef to’g’risidagi bilimlar va ko’nik-
malarni yanada chuqurlashtirish xamda dalada mustaqil ravishda 
relefning asosiy turlarini o’rganish ko’nikmalari shakillantirilishi. Bundan 
tashqari relef hosil qiluvchi omillarni ham o’rganish usullari bilan 
tanishtiradi. 
4. Joyning geologik tuzilishini o’rganish metodikasi bilan tanishtirish. 
5. Ob-xavoni kuzatish vva suv havzalarini o’rganish ko’nikmalarini 
shakillantirish. O’quvchilar ob-havo turlarini aniqlay olishlari lozim. 


6. Joyning tuproq qoplamini o’rganish va asosiy tuproq turlarini 
aniqlash ko’nikmalarini shakillantirish 
7. Joyning o’simlik qoplamini o’rganish usuli bilan tanishtirish. O’sim-
liklarni qavatlarga (yaruslarga) bo’lib o’rganish ko’nikmasini shakillan-
tirish. 
8. Hayvonot dunyosini o’rganish ko’nikmalarini shakllantirish. 
9. Landshaftlarni ajratish ko’nikmalarini shakllantirish. 
10. Korxonani o’rganish ko’nikmasini shakllantirish. 
Demak, mazkur vazifani bajarish davomida o’quvchilarning olgan 
geografik bilimlari va ko’nikmalari yanada chuqurlashadi, ularda tabiatni 
va tabiiy geografik jarayonlarni o’rganish va kuzatish tajribalariga va 
ko’nikmalariga ega bo’ladilar. Bu esa keyingi sinflardagi geografik 
bilimlarni o’zlashtirishda juda katta zamin yaratadi. 
O’quv sayohatlari tabiiy geografiya kurslari (V-VII sinflar) bo’yicha 4-
marta uyushtiriladi, iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kursi bo’yicha 1-marta 
ishlab chiqarish korxonasiga uyushtiriladi. 
O’quv sayohatlari quyidagi turlarga bo’linadi: 
- tabiiy geografik o’quv sayohatlari; 
- iqtisodiy va ijtimoiy geografik o’quv sayohatlari; 
- o’lkashunoslik o’quv sayohatlari; 
- maxsus o’quv sayohatlari (geografik, biogeografik, meteorologik va 
h.k). 
O’quv sayohatlari turi va o’tkazilish joyini geografiya o’qituvchisi 
tanlaydi. 
Tabiiy geografik o’quv sayohatlarining asosiy maqsadi o’quvchilarni 
maktabda olgan bilim va ko’nikmalarini yanada mustahkamlashdir. 
Iqtisodiy geografik o’quv sayohatlari davomida o’quvchilar ishlab 
chiqarish jarayonini o’rganishadi va sanoat geografiyasi xaqida bilim va 
ko’nikmalari kengaytiriladi. 
O’lkashunoslik bo’yicha o’quv sayohatlari davomida o’quvchilar 
o’lkani tabiati, boyliklari, xo’jaligi, madaniy-tarixiy yodgorliklarini 
o’rganishadi va tegishli ma’lumotlar yig’iladi. 
Maxsus geografik sayohatlar o’qituvchini dasturiga binoan olib 
boriladi. Ular ko’pincha joyning geologik sharoitini va foydali qazilma-
larini, tuprog’i, o’simligi va hayvonot dunyosini yoki ko’nikmalarini 
o’rganishga bag’ishlangan bo’ladi. 



Yüklə 2,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin